107
- amaldagi qonunchilikka muvofiq lavozim o‘zgarishlariga cheklovlar
belgilanishi;
- bankni rivojlanishi rejalari (filiallar ochish, yangi xizmatlarni joriy qilish,
yangi operatsiyalarni kirishi va boshqalari)
- bankning bir bo‘limidan boshqa bo‘limiga xodimlarni tavsiya qilish.
Olingan arizalar xodimlar bo‘limi tomonidan umumlashtirilib, ish o‘rinlarini
tugatish yoki yaratish bo‘yicha grafik tuziladi.
O‘zbekiston bank amaliyotida xodimlarni rejalashtirish markazlashgan
tartibda amalga oshiriladi. Buning mohiyati shundaki, kadrlar masalasi bo‘yicha
boshqaruv bankning kadrlar bo‘limi va bank boshqaruv organi tomonidan hal
qilinadi. Bankning bo‘linmalari, departamentlari xodimlar bo‘limiga murojaat qilib
o‘zining takliflarini, ya’ni zarur bo‘lgan xodimlarni berishadi. Xodimlar bo‘limi
o‘rganib zarur mutaxassislarni jalb qilishadi. Banklar faoliyatida xodimlarni
rejalashtirishning divizion tamoyiliga muvofiq, xodimlar bo‘limi strategik
rejalashtirishni va uslubiy ta’minotni amalga oshiradi, xodimlarni jalb qilish bank
bo‘limlarini zimmasida qoldiriladi.
Xodimlarni ishdan bo‘shatish bank rahbariyati tomonidan hal qilinib, uning
sabablari o‘rganiladi. (o‘z hoxishi bilan ketishi, majburiy tarzda, kasbiy mahorati
talablarga javob bermasa) Ishdan ketgan va yangi ishga qabul qilingan xodimlarni
tahlil qilish orqali kadrlar qo‘nimsizligi tahlil qilinadi. Bu ham bank faoliyati
haqida kadrlarga bo‘lgan munosabatni va boshqa xulosalarni shakllantirishda asos
bo‘ladi.
Bankning boshqaruv organi va kadrlar bo‘limi tomonidan bankdagi vakant
lavozimlarga nomzodlar tanlab olinadi. Bank xodimlarini tanlab olishda bank
xodimlarini turli kategoriyalari va lavozimlariga qo‘yiladigan talablarga javob
berishi hisobga olinadi. Tashkiliy jihatdan xodimlarni tanlash 2 bosqichda amalga
oshiriladi.
1. Vakant lavozimlarga mutaxassislar qidiriladi;
2. Ushbu lavozimga mos va boshqa jihatlari ma’qul bo‘lgan nomzod
tanlanadi.
Ishga qabul qilish bo‘yicha qaror bank boshqaruvining birinchi o‘rinbosari,
kadrlar masalai bo‘yicha mas’ul shaxs tomonidan yoki kadrlar bo‘limining majlisi
(tarkibida boshqaruvchi, o‘rinbosarlari, kasaba uyushmasi bo‘lishi mumkin.)
asosda qabul qilinadi. Xodimlar ishga qabul qilingandan so‘ng bank faoliyatining
xavfsizligini ta’minlash majburiyati yuklatiladi.
Xodimlarni tanlash va ishga qabul qilishda bank tomonidan qabul qilish
tartibini (test o‘tkazish, so‘rovlar o‘tkazish yoki boshqa metodikalarni qo‘llash
orqali) ishlab chiqish yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning oldini olishga
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: