A. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va menejmenti


 Tijorat banklarida aktivlarni boshqarish



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/130
Sana25.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#509364
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   130
Bog'liq
3675-Текст статьи-9373-1-10-20201126

6.3. Tijorat banklarida aktivlarni boshqarish 
 
Tijorat banklari aktivlari birinchi navbatda qisqa muddatli kelajakni nazarda 
tutadi va har kungi bank balansini boshqarish ishi bilan bog‘liqdir. U bank 
faoliyatida daromadni oshirish va risklarni chegaralashga yo‘naltirilgan. Shuning
uchun aktivlarni boshqarishning moliyaviy jixatdan asosiy maqsadi, daromadlarni 
oshirish va bank faoliyatidagi risklarni pasaytirishdan iborat. 
Bankning aktiv operatsiyalari tahlili daromadlilik, risk darajasi, likvidlilik 
nuqtai nazaridan amalga oshirilishi kerak. 
 
 
23-rasm. Bankning aktiv operatsiyalari tahlili omillari 
Shuningdek, uzoq muddatli strategik rejalashtirishda ham muhim rol 
o‘ynaydi. Tijorat banklari aktivlarini tahlil qilish uchun muammoli kreditlarni 
tasniflash asosida berilgan ssudalar va boshqa aktivlarni baholash zarur. Aktivlarni 
andozaviy, shubhali va zarar keltiradigan turlariga tasniflash tizimi barcha aktivlar 
reytingini miqdor jihatdan aniqlash, shuningdek, kreditlardan zarar ko‘rish 
hollarida mo‘ljallangan zaxiralar yetarliligini baholash imkonini beradi. Asosan 
uzoq muddatli kreditlar, nakd pullar va vakillik hisobvaraqlari, ssuda va boshqa 
aktivlar holatiga e’tibor qaratiladi. 
Bankning aktiv operatsiyalari tahlili daromadlilik, risk darajasi, likvidlilik 
nuqtai nazaridan amalga oshirilishi kerak. Bank taraqqiyoti manbalaridan 
ma’lumki, bank aktivlari daromadliligi va likvidliligi bir-biriga qarama-qarshi. 
Bank likvidliligi va uning daromadliligi o‘rtasidagi aloqadorlik tahlili likvidlilik 
ahamiyatining ustunligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon beradi. Bu 
mezonning ustunligini hisobga olish natijasi ko‘rsatilgan qarama-qarshilikni 


87 
muvofiqlashtirishga va bank faoliyatining asosiy maqsadi bo‘lgan foyda olishga 
erishishga olib keladi. 
Bankning faoliyatida aktivlarning tutgan rolini yana ham mukammalrok 
o‘rganish uchun quyidagi ko‘rsatgichlarni hisoblash muhimdir: 

tashkilotlar, korxonalar, jismoniy shaxslar va banklarga berilgan kreditlar 
bo‘yicha umumiy kredit summasini hisoblash; 

berilgan kreditlarni ularning muddatlari, tarmoqlarga berilishi va ularning 
umumiy karzdagi salmog‘ini aniqlash; 

ssudalarning o‘rtacha foiz stavkalarini hisoblash va kredit bahosining 
o‘rtacha darajasini aniqlash; 

umumiy ssudalarning ichida muddati o‘tgan qarzlarning salmog‘ini 
hisoblash. 

bank tamonidan berilgan yirik kreditlarning hajmini aniqlash; 

berilgan turli darajadagi kreditlarning Markaziy bank yo‘riqnomalariga 
javob berishini hisoblash; 
Bulardan tashqari yana ham quyidagi koeffisientlar borki, bularni ham 
hisoblash foydadan holi bo‘lmaydi: 
1. Aktivlardan foydalanish samaradorligi. Buni quyidagicha aniqlaymiz. 
Aktivlardan 
foydalanish 
samaradorligi 
H

Daromad keltiruvchi aktivlarning o‘rtacha miqdori 
Brutto aktivlar 
Bu koeffisent aktivlarning qancha qismi ishlashini va daromad keltirishini 
ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich 70-80 foiz atrofida bo‘lishi tavsiya etiladi. Chunki 
ushbu ko‘rsatkichning juda yuqori bo‘lishi banklar faoliyatida risk darajasining 
oshishiga olib keladi. 
2. Kredit berishda depozit mablag‘laridan foydalanish koeffisenti. 
Kredit 
berishda 
depozit 
mablag‘laridan 
foydalanish 
koeffisenti 

Kreditlarning o‘rtacha qoldig‘i 
Brutto depozitlar
Tijorat bankining jalb qilingan depozitlaridan foydalanish samaradorligini 
ko‘rsatadi. Mazkur ko‘rsatkich qancha yuqori natijaga ega bo‘lsa, bank jalb 
qilingan depozitlaridan samarali foydalanayotganligini ko‘rsatadi.
3. Tijorat banklari kreditlarining bank jami aktivlaridagi ulushi. 
Tijorat 
banklari 
kreditlarining 
bank 
jami 
aktivlaridagi ulushi 

Kreditlarning o‘rtacha qoldig‘i 
Brutto aktivlar 
Ushbu ko‘rsatkich tijorat bank aktivlarining qancha qismi kreditlardan iborat 
ekanligini ko‘rsatadi va xalqaro amaliyot tavsiyasiga ko‘ra 60 foizdan yuqori 
bo‘lishi lozim. Bu esa bankning asosiy daromadlari kreditlardan olinishi bilan 
izohlanadi.


88 
Ushbu ko‘rsatkichlar bankning kredit siyosati samaradorligini, bankning 
aktivlarining maqsadga muvofiq tuzilishini ko‘rsatadi, ularning risklilik darajasini 
va bankning likvidligiga, daromadliligiga, rentabelligiga ta’sirini ko‘rsatadi. 
Bank aktivlarini boshqarish ko‘p jihatdan moliyaviy risklarni nazorat qilish va 
kamaytirishga bog‘liq. Har qanday bankka tegishli majburiy maqsadga muvofiq 
xujjatlar to‘plami mavjud emas. Lekin banklar o‘z aktivlarini shakllantirishda 
quyidagi hujjatlari bo‘lishi aqsadga muvofiq: 
1. Foiz stavkalari o‘zgarishiga bog‘liq balans o‘zgarishi hisoboti. 
2. Foiz stavkalari o‘zgarishiga bog‘liq aktivlarni qaytarish grafigi; 
3. Likvidlikni boshqarish bo‘yicha hisobotlar: 
• jamg‘arish holati bo‘yicha hisobot; 
• aktivlarni undirish grafigi; 
• mablag‘ manbalari va yo‘nalishi bo‘yicha ma’lumotlar; 
• likvidli aktivlar tarkibi va mablag‘lar manbalarining beqarorlik darajasi 
tahlili; 
4. Muammoli aktivlar bo‘yicha hisobot: 
• umidsiz kreditlar va boshqa ishlamayotgan aktivlar bo‘yicha hisobot; 
• hisobdan chiqarish uchun muddati o‘tgan kreditlarga tashkil etilgan zaxiralar 
bo‘yicha ma’lumot; 
• kreditlar va boshqa aktivlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha hisobot; 
5. Iqtisodiy hisobotlar: 
• inflyatsiya tahlili; 
6. Foiz stavkalari bo‘yicha hisobot: 
• fondlar qiymati tahlili; 
• joriy bank foiz stavkalari dinamikasi; 
• asosiy rakobatchilar foiz stavkalari to‘g‘risida ma’lumot va boshqalar. 
Tijorat 
banklarining 
aktivlarini 
boshqarishda 
rivojlangan 
xorijiy 
mamlakatlarning bank amaliyotida, tijorat ssudalari nazariyasidan hamda 
kutilayotgan daromad nazariyasi ham keng ko‘lamda foydalaniladi. 
Tijorat ssudalari nazariyasiga ko‘ra, bankning kreditlash jarayonini tovarning 
ishlab chiqaruvchidan iste’molchga tomon harakatlanish bosqichlariga bog‘liq 
ravishda tashkil qilish lozim. Ushbu nazariya mualliflarining fikriga ko‘ra, tijorat 
banki resurslarining asosiy qismini qisqa muddatli ssudalarga joylashtirishi lozim, 
resurslarni qo‘zg‘almas mulk ob’ektlariga va qimmatli qog‘ozlarga joylashtirish 
banklarning likvidliliigga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Kutilayotgan daromad nazariyasiga ko‘ra, tijorat banklari mijozlarining pul 
tushumlarining kelib tushish davriga mos ravishda kreditlarning qoplash muddatini 
belgilash zarur. Ushbu nazariyaga ko‘ra, mijozlarning yangi kreditlarga bo‘lgan 
ehtiyojini boshqa banklardan kredit olish yo‘li bilan yoki bankning portfelidagi 
qimmatli qog‘ozlarni sotish yo‘li bilan qoplash lozim. 

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish