deb atala boshlandi. O'zbekcha siyoh, o'q so'zlarining
ma’nosidagi o'zgarish ham shu usulda yuz bergan. Ilgari xat
qora suyuqlik bilan yozilar va bu modda siyoh deb atalgan.
Hozir esa qizil, ko'k va boshqa rangdagi siyohlar ma’nosida
qo'llanadi. Ilgari o'q so'zi yoyning o'qi ma’nosida ishlatilgan.
Hozir esa miltiq o‘qi, pulemyot o‘qi, avtomat o‘qi, to'p o‘qi
ma’nolarida qo‘llanadi.
So'z ma’nolarining kengayishi yoki torayishi ham so'zlar-
ning semantik taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Masalan,
o'zbek tilidagi yasatmoq fe’li odamni, ko'chani, binoni, uyni,
xonani yasatmoq kabi keng ma’nolarda ishlatiladi. Yurak so‘zi
kishi a’zosining biri ma’nosidan tashqari — keng ma’no —
Do'stlaringiz bilan baham: |