19-son 1
–to’plam dekabr 2021
pedagoglar.uz
385
boshqa ko’rsatmali qurollarga nisbatan shubhasiz kuchlidir. Kinofilmni
o’quvchilarga ko’rsatishdan oldin, o’qituvchining o’zi uni sinchiklab ko’rib
chiqishi va o’rganishi lozim.
Hozirgi davrda barcha sohani qamrab olayotgan kompyuterdan tarix
darslarida foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi. Masalan,
o’quvchilarning olgan bilimlarini aniq baholashda kompyuterdan
foydalanish mumkin. Bunda o’tilgan bob buyicha test savolllari tuzib
kompyuterga kiritiladi. O’quvchilar testni yechib, o’sha vaqtning o’zida
natijalarini ko’rishadi va xatolarini tahlil qilishadi. Bu o’qituvchilar uchun
ham samarali bo’ladi, bir vaqtning o’zida bir qancha o’quvchilar
baholanadi, baholash real bo’ladi, e’tirozlar bo’lmaydi. Kompyuter
vositalaridan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjud.
19-son 1
–to’plam dekabr 2021
pedagoglar.uz
386
INNOVATSION METODLAR ASOSIDA BOSHLANG’ICH
SINFLARDA MATEMATIKA DARSLARINING TO’G’RI
TASHKILLANISHI
Xalilova Muharramxon
Farg’ona viloyati Oltiariq tumani 31-IDUMning
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Matematika hayotiy fan. Biroq undagi turli formulalar va yechimlarni
o’rganish boshlang’ich sinf o’quvchilarida biroz qiyinlik tug’diradi. Lekin
darslarning to’g’ri va mazmunli tashkillanishi bunday muammolarga yo’l
qo’ymaydi. Bunda didaktik o’yinlarning ahamiyati juda katta. Shuning uchun
o’quvchilarga berilayotgan bilimlar ularning yosh xususiyatlariga muvofiq o’yin
tariqasida uyishtiriladi. Bunday o’yinlar jarayonida o’quvchilar matematika
fanidan darslikda berilgan, o’zlashtirilishi murakkab bo’lgan materiallarni oson
o’zlashtiradi. Shu bilan birga atrof-muhit, voqealarni kuzatishga solishtirib
ko’rish, ular to’g’risida fikrlash, ulardan to’g’ri xulosalar chiqarish va
xulosalarini asoslashga o’rganadilar. O’quvchilarni matematika faniga
qiziqtirish va bilim, ko’nikma, malakalarini to’g’ri egallashlariga erishishni
didaktik o’yinlar orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Didaktik
o’yinlar asosan ta’lim jarayonini bolalarning yosh xususiyatlari va
tayyorgarliklariga qarab samarali tashkil qilishga, ularga bilim va ma’lumot
berishni yengillashtirishga, ta’limda ko’rgazmalilikni ta’millashga qaratilgan
bo’lib o’quvchilarni o’quv materiallari bilan ortiqcha band qilib qo’ymaslik,
toliqtirmaslik va zeriktirmaslik imkoniyatini yaratadi. Darslikni o’zlashtirishda
qulaylik tug’diradi. Didaktik materiallar o’qituvchi tomonidan har bir darsga
alohida tayyorlangan bo’lib, u dars mazmunini to’la ifodalashi kerak. Bularga
har turli ko’rgazmali qurollar, turli muammoli vaziyatlarni yaratuvchi o’yinlar
kiradi. Didaktik materiallar ham didaktik tamoyillarga mos ravishda yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |