19-son 1
–to’plam dekabr 2021
pedagoglar.uz
678
shoshma-
shosharlik va o‘zboshimchalik bilan qaror qabul qilishadi. Natijada
nosog‘lom
farzandlar dunyoga keladi, oilalar
o‘rtasida sovuqchilik paydo bo‘ladi,
yosh kelin-
kuyov ruhiy tushkunlikka tushib qoladi. Kimningdir o‘ylamay qilgan
xatosi tufayli yosh oilalar buzilib ketadi, kelin-kuyovlarning hayoti izdan chiqadi.
Ana shunday salbiy illatlarning oldini olish maqsadida viloyat xotin-
qizlar qo‘mitasi
tomonidan sog‘liqni saqlash boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan
hamkorlikda joylarda “Sog‘lom oila”, “Sog‘lom turmush”, “Reproduktiv
salomatlik”, “Bola parvarishi” kabi mavzularda davra suhbatlari va uchrashuvlar
o‘tkazilmoqda. Umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun “Sog‘lom avlod asoslari”,
“Salomatlik darslari” kabi fan mashg‘ulotlari tashkil etilayotir. Kollejlarda
“Reproduktiv salomatlik va sog‘lom oilani shakllantirish”, “Oila va nikoh”,
“Sog‘lom turmush tarzi va oila” darslari yo‘lga qo‘yilgan.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari qoshida tashkil etilgan “Oila
dorilfununi” mashg‘ulotlari sog‘lom oilani shakllantirish jarayonida muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu mashg‘ulotlarda shifokorlar, huqu
qshunoslar,
xotin-
qizlar qo‘mitalari faollari, Respublika salomatlik va tibbiy statistika instituti
viloyat filiali vakillari yoshlarga nikohgacha tibbiy ko‘rikdan o‘tishning ahamiyati,
qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohning salbiy oqibatlari, sog‘lom
turmush tarzi
bo‘yicha zarur ma’lumotlarni bermoqdalar. O‘n olti yoshli qiz hali oilaviy hayotga,
ona bo‘lishga ham jismonan, ham ruhan tayyor bo‘lmaydi. Oila kodeksida
qizlarning 17 yoshdan nikohdan o‘tish huquqi belgilab qo‘yilgan. Biroq hali qizi 15
-
16 yoshda ekaniga qaramay, uni tezroq turmushga berishga oshiqadigan ota-
onalar ham uchrab turadi. Qizlarning barvaqt turmush qurishi ko‘pincha ota
-
onalarning xohish-
istagiga ko‘ra bo‘layo
tganini hisobga olib, bu masalada
mahallalar rolini kuchaytirishga e’tibor qaratilayotir. Shu o‘rinda savol tug‘iladi:
oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, qizlarni erta turmushga berishning
oldini olish maqsadida xotin-
qizlar qo‘mitalari raislari, qis
hloq va mahalla
fuqarolar yig‘inlari faollari, diniy ma’rifat va ma’naviy
-axloqiy tarbiya masalalari
bo‘yicha maslahatchilari tomonidan joylarda olib borilayotgan keng
ko‘lamli
ishlarga qaramay, nega yuqoridagi kabi holatlar hamon davom etmoqda?
Bizning fikrimizcha xalqimiz orasida qizlarning kattalar, ayniqsa, ota-
ona ra’yiga
qarshi bormasligi odatga aylangan. Ko‘pincha erta va qarindoshlar o‘rtasidagi
n
ikohlarning qayd etilishiga ana shu holat sabab bo‘lmoqdadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |