T A V S I F N O M A
Amaliyotchi talaba Orifboyev Davlatbek Samarqand shahri XTMFMT va TEBga qarashli 63-umumta’lim maktabida 18-noyabrdan 21-yanvargacha bo’lgan vaqtda pedagogik amaliyot ishlarini olib bordi.
Orifboyev Davlatbek matematika fani o’qituvchisi Ibragimova Guljaxon rahbarligida ishladi. Talaba o’z fanini yaxshi o’zlashtirgani va o’quvchilarga ilm berish ko’nikmasi avvaldan borligi uchun o’quvchilarga darsni qiziqarli va sodda qilib tushuntirdi.
Talaba Orifboyev Davlatbek amaliyot jarayonida o’quvchilarni o’zining xulq-atvori yaxshiligi bilan qolaversa, o’quvchilarning ruhiyatini to’g’ri anglagan holda dars o’tdi. Dars o’tish mobaynida o’quvchilarni o’ziga jalb qila oldi va darslarga qiziqib ishtirok etishlariga erishdi. Amaliy darslarni o’tkazishda yangi pedagogik ta’lim texnologiyalaridan foydalandi. Bular “Klastr”, “Insert” texnikasi, Blits-so’rov. Bu texnologiyalar amaliyotchi talabaning sinov darslarini o’tkazishda ancha samara berdi.
Orifboyev Davlatbek o’z ishini shu tariqa davom ettirsa, o’z kasbining ustasi, kelajakda jamoat ishlarida undan yetuk kadr chiqishiga ishonaman. U qisqa vaqt ichida o’z bilimi va xulqi, sinfdan tashqrai ishlari, jamoadagi faolligi bilan o’quvchilarning sevimli ustoziga aylandi va ularda yaxshi taassurot qoldirdi.
Amaliyotchi talaba Orifboyev Davlatbekning hayptoy va ijodiy faoliyatiga ulkan yutuqlar, kelajakda avlodlarni bilimli, aqlli va yetuk insonlar qilib yetishishida o’z hissasini qo’shishini tilab qolaman.
Orifboyev Davlatbekning pedagogik amaliy faoliyati “____” ballga loyiq deb hisoblaymiz.
Maktab direktori: _________ Qo’chqorova S.
Amaliyotchi talaba: Orifboyev Davlatbek
Sinf sardori: Usmonova Sevara
Yordamchi: O’ktamjonov Azimbek
O’quvchilar: 34 ta
Qizlar: 15 ta
O’g’illar: 19- ta
1-masala yuzasidan sinf rahbari Tangirova so’zga chiqib, u kishi yilning qish fasli bo’lishiga qaramasdan har bir o’quvchi maktab formasida kelishi lozimligini aytdilar. Sinf faollari shunday o’quvchi bo’lishi kerakki, boshqalarga namuna bo’lsin. Doimo o’quvchilarni o’ziga jalb qila olishini ta’kidladilar.
2-masalada ortda qolayotgan o’quvchilarni darsdan keyin o’qituvchilar bilan shug’ullanishlari kerakligi o’rtaga qo’yildi. Jumladan quyidagi o’quvchilar o’z ustida ko’proq ishlashi kerakligi aytihb o’tildi: Asatullayev Anvar, Mamananiyozv Temur, Toyirov Asadbek.
Sinf rahbari o’quvchilarni sinf xonalarni toza saqlashga, har bir fanni yaxshi o’zlashtirishga, faollikni oshirishga, darsda tartibli intizomli bo’lishga chaqirdilar.
Sinf sardori Usmonova Sevara so’zga chiqib, 9-sinf o’quvchilari barcha aytgan so’zlaringizga bergan maslahatlaringizga amal qilamiz deya, o’quvchilar nomidan so’z berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |