BILET
Sparta shahar-davlati haqida ma‟lumot bering.
Milloddan avvalgi XII asrda Janubiy Yunoniston (Lakonika) hududiga doriylar qabilasi bostirib kirdi. Ular mahalliy qabilalarni bo‘ysundirib, Sparta davlatiga asos soldilar. Sparta engyirik Yunon davlatlaridan biriga aylandi. Spartaliklar qulga aylantirilga mahalliy aholi – ilotlarham aslida yunonlar bo‘lib, ular bilan bir tilda so‘zlashgan. Mil. avv. VIII - VII asrlarda qullarsoni uncha ko‘p bo‘lmagan Afinadan farqli o‘laroq Spartada qullarga aylantirilgan aholiko‘pchilikni tashkil etar, ular ham spartaliklardan qattiq nafratlanar edi. Chet elliklar Spartagakiritilmagan. Savdo-sotiq sust rivojlangan, san‘at asarlari, chiroyli ibodatxonalar hambo‘lmagan. Hamma uylar bir biriga o‘xshatib qurilgan. Spartada haykaltaroshlar ham, rassomlarham, olimlar ham bo‘lmagan.
Ismoil Somoniy haqida ma‟lumot bering
Ismoil Somoniy o‗rta asrlarning qobiliyatli, serg‗ayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirib, mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli sharqiy hududlarga yurish qiladi. 893-yilda Taroz shahrini zabt etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi.Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi, shubhasiz, Arab xalifalariga yoqmas edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to‗qnashtirishga va ularning har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o‗z ta‘sirini qayta tiklashga harakat qiladi. Xalifa Mu‘tazid (892–902)safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan
birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gij-gijlaydi.Natijada 900-yilda ular o‗rtasida urush boshlanadi. Urush Ismoilning g‗alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo‗l ostiga o‗tadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig‗ini yuborishga majbur bo‗ladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o‗z qo‗l ostida birlashtirdi. Buxoro shahri bu ikki davlatning poytaxtiga aylandi.
“Gildiya” atamasiga izoh bering.
Lotin so'zidan kelib chiqqan atama gremĭum.Shuningdek, siz bir xil ijtimoiy mavqega ega bo'lgan yoki umumiy xususiyatlarga ega bo'lgan boshqa odamlar guruhiga murojaat qilishingiz mumkin.
Bir turdagi kabi uyushma , gildiya O'rta asrlarda Evropa shaharlarida savdo-sotiq bilan shug'ullanadigan hunarmandlarni birlashtirish uchun paydo bo'lgan.
Birlashish orqali hunarmandlar faollikni oshirishi, talabni tashkil qilishi va barcha sheriklar uchun ishlashni kafolatlashi mumkin edi. Boshqa tomondan, ular o'z ishlarini o'qitishga bag'ishlangan edilar. Ushbu muammolar gildiyani boshlang'ich nuqtasi sifatida ko'rib chiqishga majbur qiladi zamonaviy kasaba uyushmalari , ierarxiyasiz bo'lsa ham.
Do'stlaringiz bilan baham: |