BILET
Shosh haqida ma‟lumot bering.
Shosh (Choch, Binkat) tarixiy viloyatining markaziy shaqri (9 — 12- asrlar). Harobasi hozirgi Toshkentiiit eski shahar qismidagi binolar ostida saqlangan. 10-asr tarixiy maʼdumotlariga koʻra, B.ning uzunligi ham, kengligi ham 1 farsaxdan boʻlib, koʻhandiz (ark), shahriston (madina), ichki (rabodi doxil) va tashqi (rabodi xorij) rabodlardan tashkil topgan. Arkning mudofaa devori, 2 darvozasi boʻlib, ulardan biri shahristonga, ikkinchisi ichki rabodga olib chiqqan. Arkda oʻrda, zindon va jome masjidi joylashgan. Shahristonning ham alohida devori va 3 darvozasi boʻlgan. Bu yerda hunarmandlar ustaxonalari va savdo doʻkonlari joylashgan. Ichki rabodning ayrim maʼlumotlarga koʻra 8 ta, yana boshqa maʼlumotlarga qaraganda, 10 ta darvozasi boʻlib, unda asosan bozorlar joylashgan. Tashqi rabodda 7 ta darvoza boʻlib, paxsa, guvala va xom gʻishtdan qurilgan uy-joylar joylashgan. B. obodonligi va bahavoligi bilan sharkda shuxrat qozongan. Shahardan koʻplab suv tarmoklari oʻtgan, koʻchalariga tosh yotqizilgan. Tashqi rabodda bogʻ va tokzorlar koʻp boʻlgan.
Chingizxonning harbiy yurishlari haqida fikr bildiring.
Mo‗g‗ul qabilalari orasidagi o‗zaro urushlarda, XIII asrning boshlarida Temuchin(1155-1227) g‘olib chiqadi. 1206-yilda Onon daryosi bo‘yidagi qurultoyda u ulug‘ xon debe‘lon qilinadi. Bosh shomon butun xalq oldida Temuchinga Chingizxon unvonini beradi.Chingizxon so‘zi ―kuchli‖, ―qudratli‖,
―toza‖ ma‘nolarini bildiradi. Mamlakatni
markazlashtirish maqsadida Chiungizxon Qoraqurum qal‘asini o‘z davlatining poytaxtigaaylantiradi. Chingizxon tez orada janubiy Sibirda yashagan ko‘pgina xalqlarni bo‘ysundiradi.Ular qatorida buryatlar, yoqutlar, qirg‘izlar va boshqalar bor edi. Chiungizxon 1211-yildaShimoliy Xitoyga qarshi urush boshlaydi. Mamlakatni batammom istilo qilinishi ining vorislaridavrida tugaydi. Yettisuv va Sharqiy Turkistonga qarshi 1218-yili boshlangan bosqinlar,xorazmshohlar davlatiga 1219-1221-yillarda yoyildi. Afg‘oniston, Sharqiy Eron egallanib,Kavkaz orqali 1223-yilda Dashti Qipchoqqa chiqadi. Kalka daryosi bo‘yida qipchoqlarningittifoqchisi sifatida ularga yordamga kelgan ruslar qo‘shini mag‘lub etiladi. 1224-yildaChingizxon zabt etilgan hududlarni o‘z o‘g‘illari: Jo‘ji, Chig‘atoy, O‘qtoy va Tuliga uluslargabo‘lib, taqsimlab beradi.
O‘qtoyni taxt vorisi etib tayinlaydi.
“Karavella” atamasiga izoh bering.
Karavella - yelkanli kema turi, Evropada, ayniqsa Portugaliya va Ispaniyada, XV asrning ikkinchi yarmi - XVII asr boshlarida keng tarqalgan. Katta geografik kashfiyotlar davri boshlangan birinchi va eng mashhur kemalardan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |