18-Toshkentda vabo isyoni (31)
Testlar
1. Qachon Afg’onistonda vabo kasalligi tarqaldi?
A) 1892-yil martida
B) mayi
C) 1892-yil apreli
D) 1892-yil fevralda
2. 1892-yil bahor faslining oxirlarida qayerda vabo kasalligi qayd qilingan?
A) Samarqand viloyatining Jizzax uyezdida
B) Samarqand viloyatining Urgut uyezdida
C) Toshkentda
D) Afg’oniston
3. 1892-yilning 7-iyunida qayerda vabo kasalligi tarqaldi?
A) Samarqand viloyatining Urgut uyezdida
B) Samarqand viloyatining Jizzax uyezdida
C) Afg’oniston
D) Toshkentda
4. Toshkent shahar ma’muriyati vabo kasalligiga qarshi tadbirlar qatorida shahardagi necha
qabristonni yopib qo’ydi?
A) 13 ta
B) 11 ta
C) 10 ta
D) 12 ta
5. Toshkentning Eski shahridagi xalqparvar, mustamlakachilarga yoqmaydigan oqsoqolni aniqlang.
A) Yusufxoji
B) Rahmonqulixoji
C) Inog’omxo’ja Umriyoxo’jayev
D) Mirkarimboy To’raxo’ja o’g’li
6. Toshkentda ko’tarilgan «Vabo isyoni »ga sabablar xato berilgan javobni aniqlang.
A) aholi o’rtasida mustamlakachi ma’murlar suvni, shifokorlar esa bemorlarni qasddan
zaharlayotgani, murdalarning qabrdan chiqarib tashlanayotgani to’g’risidagi mish-mishlar
B) Toshkent oqsoqolining vabo kasali bilan og’rib vafot etgan odamni vabo uchun ochilgan shahar
chekkasidagi qabristonga ko’mishni buyurgani
C) sanitariya tadbirlari xalqqa ishonarli qilib tushuntirilmadi
D) shifokor-feldsherlar yetishmasligi sababli bemorlarni tekshirish ko’pincha 3 yo 4-kuni o’tkazilar
edi
7. 1892-yildagi Turkistondagi norozilik harakatlarini keltirib chiqargan asosiy sabab, birinchidan....
A) amaldorlarning o’z mansablarini suiistemol qilishi, poraxo’rligi
B) xalq ommasining og’ir ahvoli, hunarmand kosiblar va mardikorlarning ayovsiz ishlatilishi
C) mahalliy aholiga nisbatan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustamlakachilik jabr-zulmining
tobora kuchayib borayotganligi
D) istemol mahsulotlari narxlarining to’xtovsiz oshib borishi
8. 1892-yildagi Turkistondagi norozilik harakatlarini keltirib chiqargan asosiy sabab, ikkinchidan....
A) amaldorlarning o’z mansablarini suiistemol qilishi, poraxo’rligi
B) istemol mahsulotlari narxlarining to’xtovsiz oshib borishi
C) xalq ommasining og’ir ahvoli, hunarmand kosiblar va mardikorlarning ayovsiz ishlatilishi
D) mahalliy aholiga nisbatan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustamlakachilik jabr-zulmining
tobora kuchayib borayotganligi
9. 1892-yildagi Turkistondagi norozilik harakatlarini keltirib chiqargan asosiy sabab,
uchinchidan....
A) istemol mahsulotlari narxlarining to’xtovsiz oshib borishi
B) amaldorlarning o’z mansablarini suiistemol qilishi, poraxo’rligi
C) mahalliy aholiga nisbatan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustamlakachilik jabr-zulmining
tobora kuchayib borayotganligi
D) xalq ommasining og’ir ahvoli, hunarmand kosiblar va mardikorlarning ayovsiz ishlatilishi
10. 1892-yildagi Turkistondagi norozilik harakatlarini keltirib chiqargan asosiy sabab,
to’rtinchidan....
A) mahalliy aholiga nisbatan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustamlakachilik jabr-zulmining
tobora kuchayib borayotganligi
B) xalq ommasining og’ir ahvoli, hunarmand kosiblar va mardikorlarning ayovsiz ishlatilishi
C) amaldorlarning o’z mansablarini suiistemol qilishi, poraxo’rligi
D) istemol mahsulotlari narxlarining to’xtovsiz oshib borishi
11. « Vabo isyoni» qachon va qayerda bo’lib o’tdi ?
A) 1878-yil-Mingtepa
B) 1898-yil-Andijon
C) 1885-yil-Andijon
D) 1892-yil-Toshkent
12. “Vabo isyoni”ning yana bir nomi qanday ataladi?
A) “sapyorlar voqeasi”
B) “sharq fojeasi”
C) “uzun pichoqlar tuni”
D) “toshotar voqeasi”
13. “Vabo isyoni” nomini olgan qo’zg’alon Toshkentda qachon boshlandi?
A) 1892-yil 24-iyul
B) 1892-yil 24-iyun
C) 1892-yil 24-sentyabr
D) 1892-yil 24-avgust
14. “Vabo isyoni” qo’zg’alonchilari asosan kimlardan iborat edi?
A) dehqonlar va savdogarlar
B) dehqonlar va hunarmandlar
C) hunarmandlar va chorvadorlar
D) mardikorlar va hunarmand kosiblar
15. “Vabo isyoni” qo’zg’aloni qaysi voqeadan keyin boshlandi?
A) mahalliy aholining noinsof, poraxo’r va so’dxo’rlarga, hokimiyatni suiistemol qilish bilan
tanilgan Toshkent shahri bosh oqsoqoliga noroziligi bilan boshlandi
B) Toshkent aholisining to’g’ridan to’g’ri rus askarlariga hujumidan
C) Toshkent aholisining o’lgan odamlarni dafn qilinishi uchun yana bir qabriston ochilishini so’rab
murojatidan
D) vabo kasalidan norozi bo’lgan aholining rus hukumatiga yo’llagan maktubining e’lon
qilinishidan
16. “Vabo isyoni” ni o’z ko’zi bilan ko’rgan zamondoshi bu voqea haqida aytgan gaplari xato
berilgan javobni toping.
A) “olomon taxminan 500 kishi atrofida edi”
B) “olomonda o’qotar yoki zamonaviy qurollar yo’q edi”
C) “olomon Putinsev huzuriga chora ko’rish to’g’risidagi talab bilan yo’lga tushdi”
D) “qo’zg’alonchilarning maqsadi bo’layotgan kamsitilishlarni to’xtatishga erishish edi”
17. “Vabo isyoni” boshlanishi davrida Toshkentning Eski shahrida oqsoqol kim edi?
A) Mirkarimboy
B) Putinsev
C) Muhammad Yoqub
D) Inog’omxo’ja Umriyoxo’jayev
18. Orenburgdan Toshkentga qadar temiryo’l qachon qurib bitkazildi?
A) 1888-yil
B) 1890-yil
C) 1905-yil
D) 1889-yil
19. 1888-yil dastlabki poyezd Turkistonning qayeriga keldi?
A) Buxoro
B) Samarqand
C) Toshkent
D) Andijon
20. Raim qal’asi qachon qurildi?
A) 1845-yil
B) 1831-yil
C) 1847-yil
D) 1840-yil
21. Raim qal’asining yana bir nomi?
A) Qizilo’rda
B) Gorgan
C) Kaspiy
D) Orol
22. Xivada Muhammad Aminxon madrasasi qachon qurildi?
A) 1852-1858-yillar
B) 1851-1855-yillar
C) 1850-1855-yillar
D) 1851-1856-yillar
23. 1853-yil.......
A) Qo’qonda Xudoyorxon saroyining qurilishi boshlandi
B) Ernazarbiy boshchiligida qoraqalpoqlar qo’zg’aloni bo’lib o’tdi
C) Rus imperatori Aleksandr II Qo’qon xonligini bosib olish to’g’risida qaror qabul qildi
D) Orenburg general-gubernatori Perovskiy tomonidan Oqmachit qal’asi egallandi
24. “Vabo isyoni” boshlanishi davrida Toshkent shahar boshlig’i kim edi?
A) Putinsev
B) Muhammad Yoqub
C) Inog’omxo’ja Umriyoxo’jayev
D) Mirkarimboy
25. Olomondan qo’rqib ketgan Eski shahar oqsoqoli Muhammad Yaqub yordam so’rab kimning
huzurida bekinishga majbur bo’ladi?
A) Rozenbax
B) Putinsev
C) Duxovskoy
D) Korolkov
26. “Vabo isyoni” davrida Toshkent xalqi kimni do’pposlab, mahkamani ostin-ustun qilib
tashlashadi?
A) Putinsev
B) Rozenbax
C) Korolkov
D) Duxovskoy
27. Toshkentdagi “Vabo isyoni”ni bostirish uchun qanday harbiy qismlar chaqirildi?
A) kazaklar polki va 1 vzvod askar
B) kazaklar polki va 11 eshelon askar
C) kazaklar polki va 1 rota askar
D) dashnoqlar va 11 eshelon askar
28. Turkistonda kuchga kirgan “Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida” qachon
joriy etildi?
A) 1892-yil mart
B) 1892-yil 7-iyun
C) 1892-yil 17 iyun
D) 1892-yil 18-iyun
29. Turkistonda kuchga kirgan “Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida” joriy
etilgach Turkiston general-gubernatori ega bo’lgan vakolatlarni ko’rsating. 1.majlis-yig’inlarni
tarqatish 2.savdo-sanoat korxonalarini yopish 3.matbuot organlarini taqiqlash 4.istalgan odamni
surgun qilish 5.jarima solish 6.chet el bilan aloqa qilish 7.askar to’plash 8.savdo bojini ko’paytirish
9.aholini sud qilish
A) 5,6,7,8,9
B) 1,3,5,7,9
C) 1,2,4,6,8
D) 1,2,3,4,5
30. Turkistonda “favqulodda muhofazada” deb e’lon qilingan joylarda butun hokimiyat kimning
qo’liga o’tdi?
A) general-gubernator
B) A va C
C) imperator
D) bosh noib
31. Qachon Ernazarbiy boshchiligida qoraqalpoqlar qo’zg’aloni bo’lib o’tdi?
A) 1854-1855-yillar
B) 1857-1858-yillar
C) 1856-1857-yillar
D) 1855-1856-yillar
19-Andijon qo'zg'oloni (47)
Testlar
1. Rus hukumatining qaysi hujjatining asosiy maqsadi Turkiston o’lkasida yer masalasini rus
mustamlakachilik manfaatlariga moslashtirish bo’lgan?
A) 1886 yilgi “Nizom”
B) 1865 yilgi “Nizom”
C) “Yer to’g’risida Dekret”
D) 1867 yilgi “Nizom”
2. Podsho ma’murlari mahalliy xalqqa tegishli yerlarning katta qismini tortib olib, Rossiyadan
ko’chib kelganlar uchun yer fondi tashkil etdi.Bunday siyosat ayniqsa qaysi hududda aholining
ahvolini yomonlashtirib yubordi?
A) Farg’ona
B) Xiva
C) Toshkent
D) Buxoro
3. Turkistonda aholi zich joylashgan, sug’orma ekin maydonlari kam bo’lgan hududni aniqlang.
A) Toshkent viloyati
B) Farg’ona vodiysi
C) Qashqadaryo vohasi
D) Zarafshon vodiysi
4. Qachon Rossiyadan Farg’onaga ko’plab aholi ko’chirib kelindi?
A) 1892-yil
B) 1893-yil
C) 1891-yil
D) 1890-yil
5. XIX asr oxirida Turkistonda din peshvolarining keskin noroziligini keltirib chiqargan rus
hukumatining siyosatini aniqlang.
A) vaqf yerlarining tugatilishi
B) vaqf yerlari katta qismining davlat yerlariga aylantirilishi
C) A va B
D) vaqf mulklarining qisqartirilishi
6. Andijon qo’zg’aloni qachon bo’lib o’tdi?
A) 1885-yil
B) 1898-yil
C) 1878-yil
D) 1892-yil
7. 1898-yilgi Andijon qo’zg’aloni haqida xato ma’lumotni toping.
A) Dukchi Eshon mutaasib dindorlardan edi
B) Dukchi Eshon 1845-1898-yillarda yashab o’tgan
C) Dukchi Eshonning haqiqiy ismi Muhammad Ali edi
D) qo’zg’alonga Dukchi Eshon rahbarlik qildi
8. XIX asrda Turkistonda rus ma’murlariga qarshi ko’tarilgan qo’zg’alon rahbarlaridan qaysi biri
oddiy fizikaviy holatlardan foydalanib, sodda xalq o’rtasida mo’jizalar ko’rsatgan?
A) Yetimxon
B) Darvishxon
C) Dukchi Eshon
D) Mirkarimboy
9. Qachon Farg’ona vodiysining turli joylarida Muhammad Ali boshchiligida qo’zg’alon bo’lishi
haqida gaplar tarqaldi?
A) 1898-yilning yozi
B) 1898-yilning kuzi
C) 1898-yilning bahori
D) 1898-yilning qishi
10. Andijonda mahalliy aholining mustamlakachilik jabr-zulmiga qarshi norozilik harakatlarining
oshkora qo’zg’alon ko’rinishida boshlanib ketishiga nima sabab bo’ldi?
A) 1898-yil 19-may kuni Muhammad Ali o’z odamlari orqali atrofidagi qishloqlarga xabar tarqatib,
qo’zg’alon ko’tarish vaqti kelganligini e’lon qilishi sabab bo’ldi
B) 1898-yil 17-may kuni Muhammad Ali o’z odamlari orqali atrofidagi qishloqlarga xabar tarqatib,
qo’zg’alon ko’tarish vaqti kelganligini e’lon qilishi sabab bo’ldi
C) 1898-yil 19-may kuni Muhammad Ali va talabalarning ustiga madrasa minorasining ruslar
tomonidan qulatilishi sabab bo’lgan
D) 1898-yilning 27-may kuni Muhammad Alining rus askarlari tomonidan asir olinishidan keyin
11. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qaysi qishloqdagi telegraf simlarni qirqib
tashlashdi?
A) Asaka
B) Tojikqishloq
C) Qo’yli
D) Qutchi
12. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qayerning pristavini o’ldirdilar?
A) Asaka
B) Qo’yli
C) Qutchi
D) Tojikqishloq
13. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar ikkiga bo’linib, ularning biriga kim rahbarlik
qiladi?
A) Yetimxon
B) mingboshi G’oyibnazar
C) Ziyovuddin mahsum
D) Muhammad Yoqub
14. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qaysi qishloqqa borganlarida ularning
saflariga yana 200 kishi qo’shildi?
A) Asaka
B) Tojikqishloq
C) Qo’yli
D) Qutchi
15. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qaysi qishloqqa borganlarida ularning
saflariga mingboshi G’oyibnazar o’z odamlari bilan qo’shildi?
A) Asaka
B) Qo’yli
C) Qutchi
D) Tojikqishloq
16. Qachon Muhammad Ali o’z odamlari orqali atrofidagi qishloqlarga xabar tarqatib, qo’zg’alon
ko’tarish vaqti kelganligini e’lon qildi?
A) 1898-yil 18-may
B) 1898-yil 20-may
C) 1898-yil 19-may
D) 1898-yil 17-may
17. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar Qutchi qishlog’iga borganlarida ularning
saflariga qancha kishi qo’shildi?
A) 300 kishi
B) 200 kishi
C) 400 kishi
D) 100 kishi
18. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar Qo’yli qishlog’iga borganlarida ularning
saflariga kim o’z odamlari bilan qo’shildi?
A) Ziyovuddin mahsum
B) Yetimxon
C) mingboshi G’oyibnazar
D) Muhammad Yoqub
19. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qayerdagi rus harbiy kazarmasiga hujum
qilishdi?
A) Tojikqishloq
B) Andijon
C) Qutchi
D) Qo’yli
20. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilarning Andijondagi rus harbiy kazarmasiga
hujumi tafsilotlari xato berilgan javobni toping.
A) qo’zg’alonchilarning 9 tasi yarador qilindi
B) kazarma jangchilarining 22 tasi o’ldirildi
C) qo’zg’alonchilarning 11 tasi halok bo’ldi
D) kazarma jangchilarining 22 tasi yarador bo’ldi
21. Muhammad Ali qo’zg’aloni Andijonning qaysi qismida ayniqsa vahima uyg’otdi?
A) Yangi shahar
B) Eski shahar
C) zardo’zlar mahallasida
D) Pichoqchilar mahallasida
22. Muhammad Ali qo’zg’alonidan qo’rqib, ko’chaga chiqmay o’z uyidan telefon orqali harbiy
kuchlarni chaqirgan tumanboshi kim?
A) Putinsev
B) Konshevskiy
C) Korolkov
D) Vrevskiy
23. Muhammad Ali qo’zg’alonini bostirish uchun rus harbiy qismlari necha soat ichida Andijonga
yetib kelishdi?
A) 3 soat
B) 5 soat
C) 2 soat
D) 4 soat
24. Muhammad Ali qo’zg’aloni boshlangan paytda Turkiston general-gubernatori kim edi?
A) Korolkov
B) Kaufman
C) Duxovskoy
D) Vrevskiy
25. Andijondagi 1898-yil qo’zg’alonidan keyin Nikolay II Turkiston general-gubernatori general-
leytenant …….ni lavozimidan chetlatdi?
A) Kaufman
B) Duxovskoy
C) Korolkov
D) Vrevskiy
26. Andijondagi 1898-yil qo’zg’alonidan keyin Nikolay II Turkiston general-gubernatori general-
leytenant Vrevskiyni lavozimidan chetlatib, bu vazifani vaqtinchalik kimning zimmasiga yukladi?
A) Duxovskoy
B) Vrevskiy
C) Korolkov
D) Kaufman
27. Quyidagi xato javobni toping.
A) 1898-yilgi qo’zg’alondan keyin Nikolay II Turkiston general-gubernatori Vrevskiyni o’z
lavozimidan chetlatdi
B) Korolkov zimmasiga qo’zg’alonchilarni batamom yo’q qilishga qaratilgan jazo ekspeditsiyasiga
shaxsan rahbarlik qilish topshirildi
C) 1898-yilgacha Korolkov Samarqand viloyatining harbiy gubernatori edi
D) 1898-yilgi qo’zg’alondan keyin Nikolay II Turkiston general-gubernatori vazifasini vaqtinchalik
Korolkovga topshirdi
28. Korolkov 1898-yil 20-may kuni qo’zg’alon ko’tarilishining oldini ololmagani uchun qaysi
viloyat harbiy gubernatori va bir qancha amaldorlarini lavozimidan bo’shatdi?
A) Turkiston
B) Sirdaryo
C) Samarqand
D) Farg’ona
29. Korolkov qachon qo’zg’alon ko’tarilishining oldini ololmagani uchun Farg’ona viloyat harbiy
gubernatori va bir qancha amaldorlarini lavozimidan bo’shatdi?
A) 1898-yil 17-may
B) 1898-yil 22-may
C) 1898-yil 25-may
D) 1898-yil 20-may
30. Muhammad Ali qo’zg’alonini bostirilgach qancha kishi hibsga olindi?
A) 2000 kishi
B) 3000 kishi
C) 4000 kishi
D) 1000 kishi
31. Muhammad Ali qo’zg’alonini bostirilgach qo’zg’alonchilardan qancha kishi o’lim jazosiga
hukm qilindi?
A) 480 kishi
B) 580 kishi
C) 380 kishi
D) 280 kishi
32. Qaysi harbiy vazir Turkiston general-gubernatori Duxovskoyga qo’zg’alonchilarni o’ldirish
ko’paymasligi to’g’risida telegramma jo’natdi?
A) Konshevskiy
B) Vrevskiy
C) Korolkov
D) Kuropotkin
33. 1898-yilda vaqtinchalik Turkiston general-gubernatorlik vazifasi topshirilgan Korolkov kim
edi?
A) Turkiston viloyati harbiy gubernatori
B) Samarqand viloyati harbiy gubernatori
C) Amudaryo bo’limi harbiy gubernatori
D) Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori
34. Dukchi Eshon qo’zg’alonchilar safida qancha kishiga o’lim jazosi berildi?
A) 21 kishiga
B) 23 kishiga
C) 22 kishiga
D) 20 kishiga
35. Duxovskoyga Andijon qo’zg’alonchilariga berilgan o’lim jazosini katorga va qamoq jazosiga
almashtirish haqida ko’rsatmani kim bergan?
A) Saratov gubernatori
B) Orenburg general-gubernator
C) harbiy vazir
D) imperator
36. Quyidagi xato javobni toping.
A) Andijon qo’zg’alonchilaridan 3 ming kishi hibsga olindi
B) Andijon qo’zg’alonchilaridan 380 kishi o’lim jazosiga hukm qilindi
C) Andijon qo’zg’alonchilariga berilgan o’lim jazosi katorga va qamoq jazosi bilan
almashtirildi.Ammo 22 kishiga berilgan o’lim jazosi o’z kuchida qoldi
D) Dukchi Eshon va uning safdoshlari sudsiz osib o'ldirildi
37. Muhammad Ali qo’zga’lonidan keyin yana qachon Farg’ona vodiysida yangi qo’zg’alon bo’lib
o’tdi?
A) 1899-yil 10-iyun
B) 1899-yil 20-iyul
C) 1899-yil 10-iyul
D) 1899-yil 20-iyun
38. Rossiya imperiyasi uchun eng notinch, to’xtovsiz norozilik harakatlari va qo’zg’alon bo’lib
turgan hududni aniqlang.
A) Sibir
B) Xiva
C) Kavkaz
D) Turkiston
39. Dukchi Eshon qo’zg’aloni yengilish sabablari xato berilgan javobni aniqlang.
A) qo’zg’alonchilar yaxshi qurollanmagan edilar
B) qo’zg’alon o’lka bo’ylab keng tarqalmadi
C) zamonaviy qurollar bo’la turib, undan foydalana bilishmadi
D) qo’zg’alonda mahalliy aholining barcha tabaqalari ishtirok etmadi
40. Chibil bo’lis qayerdagi qo’zg’alonchilarga boshchilik qildi?
A) Ketmontepa va Urgut
B) Ko’gart va Urgut
C) Ajinatepa va Ko’gart
D) Ketmontepa va Ko’gart
41. Dukchi Eshon qo’zg’aloni yengilish sabablari xato berilgan javobni aniqlang.
A) qo’zg’alonda barcha tabaqa ishtirok etsa ham , ba’zi tabaqalarning ruslar tomoniga o’tib ketishi
B) qo’zg’alonda qat’iy tartib va intizomning yo’qligi
C) qo’zg’alonning tarqoqligi, aniq reja ishlab chiqilmaganligi
D) Chibil bo’lisning ayricha faoliyati
42. Dindorlar orasida obro’ qozongan diniy rahnamo unvoni bu.....
A) dukchi
B) mutavalli
C) kustar
D) eshon
43. Forscha yig, dug ma’nolarini anglatadigan so’z bu….
A) mutavalli
B) dukchi
C) kustar
D) eshon
44. Kazarma so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
A) lotincha-harbiy ish
B) italyancha-uycha
C) inglizcha-bino
D) fransuzcha-askarlar to’planadigan joy
45. Jinoyatlar uchun og’ir mehnat sharoitida jazoni o’tash joyi bu….
A) qamoq
B) turma
C) surgun
D) katorga
46. Harbiy qism joylashtirilgan maxsus bino bu….
A) posad
B) kazarma
C) qal’a
D) rekrut
47. Charxning yigirilayotgan ,ip o’rab boriladigan qismi.Duk yasovchi hunarmand …..deyilgan.
A) dukchi
B) arqonchi
C) g’alvirchi
D) ipchi
20-21-Milliy-ozodlik harakati ahamiyati va Qoraqalpoqlar XIX asr o'rtalarida
(29)
Testlar
1. XIX asrning II-yarmida Turkistonda bo’lib o’tgan milliy-ozodlik harakatlarida qatnashgan
qatlamlarini aniqlang.
A) qishloq oqsoqollari, mingboshilar, qozilar
B) barcha javoblar to’g’ri
C) katta mulk egalari, savdogarlar
D) dehqonlar, hunarmandlar, din ulamolari
2. XIX asrning II-yarmida vatanimiz tarixida milliy-ozodlik harakatlariga bosh bo’lgan yetakchilar
nomlari xato berilgan javobni aniqlang.
A) Muhammad Yaqub
B) Po’latxon, Qurbonjon Dodxox
C) Muhammad Ali
D) Yetimxon, Darvishxon
3. Tarixan qoraqalpoqlarning yashagan hududlari ketma-ketlikda berilgan javobni aniqlang.
A) Orol atrofi-Volgabo’yi-Ural-Sirdaryoning quyi oqimi
B) Sirdaryoning quyi oqimi-Ural-Volgabo’yi-Orol atrofi
C) Ural-Volgabo’yi-Orol atrofi-Sirdaryoning quyi oqimi
D) Volgabo’yi-Ural-Orol atrofi-Sirdaryoning quyi oqimi
4. Qoraqalpoqlar qachondan muqim hayot raziga o’ta boshladilar?
A) XX asr boshlari
B) XIX asr oxirlari
C) XIX asr boshlari
D) XIX asr o’rtalari
5. Qoraqalpoqlar nima sababdan Xiva xonligi fuqaroligiga o’tdilar?
A) goh tojiklar, goh qirg’izlar hujumlariga uchrab
B) goh afg’onlar, goh qirg’izlar hujumlariga uchrab
C) goh qozoqlar, goh ruslar hujumlariga uchrab
D) goh qozoqlar, goh turkmanlar hujumlariga uchrab
6. XIX asr boshlarida qoraqalpoqlar qayerda muqim hayot tarziga o’ta boshladi?
A) Sirdaryo havzasi, Orolning janub va janubi-g’arb tomonlarida
B) Amudaryo havzasi, Orolning shimol va shimoli-g’arb tomonlarida
C) Amudaryo havzasi, Orolning janub va janubi-sharq tomonlarida
D) Amudaryo havzasi, Orolning janub va janubi-g’arb tomonlarida
7. Qoraqalpoqlar o’troq hayot tarziga o’ta boshlagach, qaysi soha qoraqalpoqlar hayotida asosiy
o’rinni egallay boshladi?
A) hunarmandchilik
B) baliqchilik
C) dehqonchilik
D) chorvachilik
8. Qoraqalpoqlar hayotida yetakchi sohalardan biri bo’lib qolgan sohani aniqlang.
A) dehqonchilik
B) baliqchilik
C) hunarmandchilik
D) chorvachilik
9. XIX asr o’rtalarida qoraqalpoqlar soni qancha edi?
A) 300 ming
B) 200 ming
C) 400 ming
D) 100 ming
10. Qoraqalpoqlar haqida xato ma’lumotni aniqlang.
A) Qoraqalpoqlarda chorva xususiy mulk bo’lmagan, unga urug’ tamg’asi urilgan
B) Qoraqalpoqlar urug’larga bo’lingan
C) Qoraqalpoqlarda yerdan foydalanish jamoa shaklida kechar edi
D) Qoraqalpoqlarda urug’lar sug’orish kanallari qurilishi uchun mas’ul bo’lishgan
11. “Qoraqalpoq ulusi”ni shakllantirgan Xiva xonini aniqlang.
A) Rahimqulixon
B) Olloqulixon
C) Muhammad Aminxon
D) Muhammad Rahimxon I
12. Qoraqalpoqlarda urug’lar va qabilalar ancha yirik guruhlarga birlashtirilib, ularni boshqarish
uchun xon saroyining oliy amaldorlari-…..tayinlangan.
A) oqsoqol va beklarbegi
B) otaliq va biy
C) otaliq va beklarbegi
D) beklarbegi va biy
13. Qoraqalpoqlarda Xiva xonlarining alohida homiyligida bo’lgan mansab egalari xato berilgan
javobni aniqlang.
A) ulusbegi
B) qoraqalpoq eshonlari
C) qoraqalpoq ruhoniylari
D) aholining nufuzli kishilari
14. Qoraqalpoqlarda qozilar kimlarning nazorati ostida bo’lishgan?
A) oqsoqollar
B) ruhoniylar
C) biylar
D) eshonlar
15. Qoraqalpoqlar orasida sudlar turini aniqlang.
A) oqsoqollar sudi, biylar sudi
B) qozilar sudi, biylar sudi
C) qozilar sudi, dala sudi
D) qozilar sudi, oqsoqollar sudi
16. Qoraqalpoqlar qachondan o’troqlashib, dehqonchilik ular hayotida asosiy o’rin egallay
boshladi?
A) XIX asr oxiri
B) XIX asrning II-yarmi
C) XIX asrning I-yarmi
D) XIX asr boshlarida
17. Qoraqalpoqlarda dehqonchilik va chorvachilikdan tashqari muhim o’rin egallagan sohalarni
aniqlang.
A) baliqchilik va ovchilik
B) savdo va hunarmandchilik
C) baliqchilik va hunarmandchilik
D) ovchilik va hunarmandchilik
18. Qaysi hududlarda baliqlar serob bo’lib, Qoraqalpoqlar oilalari va urug’lari uchun asosiy
tirikchilik manbai edi?
A) Amudaryo bo’ylari va Orol dengizi atrofidagi ko’llar
B) Sirdaryo bo’ylari va Orol dengizi atrofidagi ko’llar
C) Sirdaryo bo’ylari va Qora dengizi atrofidagi ko’llar
D) Amudaryo bo’ylari va Kaspiy dengizi atrofidagi ko’llar
19. Qoraqalpoqlarda guldor namatlar nimadan to’qilgan?
A) qo’y junidan
B) ipakdan
C) tuya junidan
D) kanopdan
20. Qoraqalpoqlar qaysi sohada qo’li gul usta bo’lishgan?
A) kashtachilik va suyakka ishlov berish
B) yog’och va suyakka ishlov berish
C) me’morchilik va ganchkorlik
D) yog’och va ipak matolar to’qish
21. “O’n to’rt urug’”ni tashkil qilgan qoraqalpoq qabilalari xato berilgan javobni toping.
A) mang’it
B) shulluk
C) xitoy-qipchoq
D) kenegas
22. Qoraqalpoqlarda Aris qo’ng’irotlar qaysi qabilalarni birlashtirgan?
A) xitoy-qipchoq
B) yuz-mo’yten
C) shulluk va joungur
D) qiyot-qo’ng’irot
23. Qoraqalpoqlarda harbiy kuch borasida II-o’rinda turgan urug’ni aniqlang.
A) yuz-mo’yten
B) shulluk va joungur
C) qiyot-qo’ng’irot
D) xitoy-qipchoq
24. Qoraqalpoqlarda yer-suv mulki va chorva mahsulotlarining katta ulushini tasarrufiga olgan
tabaqalar xato berilgan javobni aniqlang.
A) eshonlar
B) biylar
C) ruhoniylar
D) urug’ oqsoqollari
25. Qoraqalpoqlarda qachon tabaqalanish jarayoni kuchaydi?
A) XIX asrning I- yarmi
B) XIX asr oxiri
C) XIX asr boshlari
D) XIX asrning II-yarmi
26. Qoraqalpoqlarda urug’larni boshqarish kimlarning qo’lida bo’lgan?
A) otaliq va oqsoqollar
B) otaliq va beklarbegilar
C) biy va beklarbegilar
D) biy va oqsoqollar
27. Beklarbegi lavozimi qachon ta’sis etilgan?
A) XIX asr boshlari
B) XIX asr oxiri
C) XIX asrning I- yarmi
D) XIX asrning II-yarmi
28. XIX asrning II-yarmida qoraqalpoqlarda tabaqalanish jarayonining kuchayishini yanada
tezlashtirgan sababni aniqlang.
A) yer-suv mulkining xalq qo’lida bo’lishi
B) qoraqalpoq yer-suv mulki , chorva mahsulotlarining katta ulushi urug’ oqsoqollari, ruhoniylari
va biylarning qo’lida to’planishi
C) qoraqalpoqlarda dehqonchilikning rivojlanishi
D) qoraqalpoqlarning Xiva xonligi fuqaroligiga o’tishi
29. XIX asrning II-yarmida butun qoraqalpoq urug’larini boshqarish, soliqlarni undirish, harbiy
xizmatni o’tash majburiyatlariga doir ishlarni tartibga solish maqsadida qanday lavozim tayin
etilgan?
A) beklarbegi
B) inoq
C) biy
D) yoshulli
Do'stlaringiz bilan baham: |