9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana03.02.2020
Hajmi1,76 Mb.
#38584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
9-sinf-OZBEKISTON-TARIXI


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
7-Turkiston General-gubernatorligining tashkil etilishi (35) 
Testlar 
1. Turkiston viloyati qachon tashkil qilingan? 
A) 1867-yil 
B) 1865-yil 
C) 1864-yil 
D) 1866-yil 
2. Rossiyaning O’rta Osiyodagi harbiy harakatlarni olib borishda markaz sifatidagi rolni bajargan 
viloyat qaysi? 
A) To’rtko’l 
B) Verniy 
C) Sirdaryo 
D) Turkiston 
3. Nima sababdan Chor Rossiyasi O’rta Osiyoda alohida general-gubernatorlik tashkil qilishga 
kirishdi? 
A) A va B 
B) kelgusida bosib olinadigan yerlarni birlashtirish 
C) O’rta Osiyoning Orenburg general-gubernatorligidan uzoqda joylashganligi 
D) Orenburg bilan kelishmovchilik 
4. Turkiston general-gubernatorligi qachon tashkil qilingan? 
A) 1866-yil 
B) 1867-yil 
C) 1865-yil 
D) 1864-yil 
5. Turkiston general-gubernatorligi bilan birga Turkiston harbiy okrugi ham tuzildi.Uning tarkibiga 
kimlar kiritildi? 
A) 1866- yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha harbiy qismlar 
B) 1865- yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha harbiy qismlar 
C) 1864- yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha harbiy qismlar 
D) 1847-yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha harbiy qismlar 
6. Turkiston harbiy okrugi tuzilganda undagi harbiylar soni qancha edi? 
A) 60 ming 
B) 30 ming 
C) 40 ming 
D) 50 ming 
7. Turkiston general-gubernatorligi markazi qayer edi? 
A) Qo’qon 
B) Turkiston 
C) Buxoro 
D) Toshkent 
8. Turkiston general-gubernatori vakolatlari xato berilgan javobni toping. 
A) Yettisuv kazaklari qismi qo’mandoni 
B) Turkiston harbiy okrugi qo’mandonining o’rinbosari 
C) o’lkada joylashgan harbiy qismlar qo’mondoni 
D) bosh sudya 
9. I-Turkiston-general gubernatori kim? 
A) Romanovskiy 
B) Veryovkin 
C) Kuropotkin 

 
D) Kaufman 
10. Fon Kaufman qaysi yillari Turkiston general-gubernatori bo’lgan? 
A) 1867-1881 
B) 1869-1883 
C) 1868-1882 
D) 1866-1880 
11. Turkiston general-gubernatorligi qaysi hududlarni o’z ichiga olgan? 
A) Turkiston viloyati va Semipalatinsk viloyati 
B) Turkiston viloyati va Semipalatinsk viloyatining janubiy qismi 
C) Turkiston viloyati va Semipalatinsk viloyatining shimoliy qismi 
D) Turkiston viloyatining janubiy qismi va Semipalatinsk viloyati 
12. Dastlab Turkiston general-gubernatorligi ma’muriy jihatdan qaysi viloyatlarga bo’lingan? 
A) Orolbo’yi, Turkiston 
B) Turkiston, To’rtko’l 
C) Amudaryo, Qarshi 
D) Sirdaryo, Yettisuv 
13. Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirgan Sirdaryo viloyatining markazi qayer edi? 
A) Oqmachit 
B) Yettisuv 
C) Toshkent 
D) Avliyoota 
14. Sirdaryo viloyatining hududi asosan….dan iborat bo’lgan. 
A) 1865-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyatining shimoliy hududlari va Qo’qon xonligi 
B) 1865-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyatiga tegishli bo’lgan yerlar va Qo’qon xonligining 
bosib olingan janubiy hududlari 
C) 1864-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyatiga tegishli bo’lgan yerlar va Qo’qon xonligining 
bosib olingan shimoliy hududlari 
D) 1865-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyatiga tegishli bo’lgan yerlar va Qo’qon xonligining 
bosib olingan shimoliy hududlari 
15. Yettisuv viloyatiga Semipalatinsk viloyatining qaysi okruglari kirgan? 
A) Aleksandrovsk, Kopal, Verniy, Sergiopol 
B) Verniy, Avliyoota, Turkiston, O’ratepa 
C) Sergiopol, Kopal, Olatovsk, sobiq Turkiston viloyatining bir qismi 
D) Krasnavodsk, Qarag’anda, Darg’anata, Chimkent 
16. Zarafshon okrugi qachon tashkil qilingan? 
A) 1881-yil 
B) 1868-yil 
C) 1878-yil 
D) 1873-yil 
17. Amudaryo bo’limi qachon tuzilgan? 
A) 1873-yil 
B) 1881-yil 
C) 1868-yil 
D) 1878-yil 
18. Farg’ona viloyati qachon tuzilgan? 
A) 1873-yil 
B) 1868-yil 
C) 1881-yil 
D) 1876-yil 
19. Kaspiyorti viloyati qachon tuzilgan? 
A) 1873-yil 
B) 1868-yil 

 
C) 1881-yil 
D) 1878-yil 
20. Quyidagi tashkil qilingan hududlarning qaysi biri sanasida xatolik mavjud? 
A) Farg’ona viloyati-1876-yil 
B) Kaspiyorti viloyati-1882-yil 
C) Zarafshon okrugi-1868-yil 
D) Amudaryo bo’limi-1873-yil 
21. Zarafshon okrugining markazi qaysi shahar? 
A) Samarqand 
B) Ashxabad 
C) Yangi Marg’ilon 
D) Petro-Aleksandrovsk 
22. Amudaryo bo’limining markazi qaysi shahar? 
A) Samarqand 
B) Ashxabad 
C) Petro-Aleksandrovsk 
D) Yangi Marg’ilon 
23. Farg’ona viloyatining markazi qaysi shahar? 
A) Samarqand 
B) Ashxabad 
C) Yangi Marg’ilon 
D) Petro-Aleksandrovsk 
24. Kaspiyorti viloyatining markazi qaysi shahar? 
A) Yangi Marg’ilon 
B) Petro-Aleksandrovsk 
C) Ashxabad 
D) Samarqand 
25. Xiva xonligiga qarashli hududlarda tashkil qilingan Amudaryo bo’limining markazi Petro-
Aleksandrovsk hozirgi qaysi shahar? 
A) Almati 
B) To’rtko’l 
C) Taroz 
D) Yangi Marg’ilon 
26. Farg’ona viloyatining yangi Marg’ilondan keyingi poytaxti qayer? 
A) Samarqand 
B) Ashxabad 
C) Skobelev 
D) Petro-Aleksandrovsk 
27. Skobelev bu hozirgi qaysi shahar? 
A) Farg’ona 
B) Almati 
C) To’rtko’l 
D) Yangi Marg’ilon 
28. 1 verst qancha maydonga teng? 
A) 1,66 kv.km 
B) 0,66 kv.km 
C) 1,60 kv.km 
D) 1,066 kv.km 
29. Rossiyaning O’rta Osiyoda tashkil qilgan viloyatlarning hududiy jihatdan eng kichigi qaysi? 
A) Farg’ona 
B) Samarqand 
C) Turkiston 

 
D) Sirdaryo 
30. Sirdaryo viloyatining hududi Rossiyadagi qaysi guberniyadan katta bo’lgan? 
A) Saratov 
B) Moskva 
C) Suzdal 
D) Novgorod 
31. Samarqand viloyatining hududi Rossiyadagi qaysi guberniyadan katta bo’lgan? 
A) Suzdal 
B) Moskva 
C) Novgorod 
D) Saratov 
32. Samarqand viloyatining hududi qancha bo’lgan? 
A) 2000 kv.verst 
B) 3000 kv.verst 
C) 3500 kv.verst 
D) 2500 kv.verst 
33. Turkiston general-gubernatorligi qachon “Nizom” loyihasini qabul qildi? 
A) 1866-yil 
B) 1865-yil 
C) 1868-yil 
D) 1867-yil 
34. Kim xalq orasida “yarim podsho” nomini olgan? 
A) Kuropotkin 
B) Chernyayev 
C) Veryovkin 
D) Kaufman 
35. Turkiston general-gubernatorligi boshqaruv bo’g’inini ketma-ketlikda joylashtiring? 
A) Turkiston general-gubernatori- general-gubernator kengashi- maxfiy siyosiy politsiya- general-
gubernator mahkamasi 
B) Turkiston general-gubernatori- maxfiy siyosiy politsiya- general-gubernator kengashi- general-
gubernator mahkamasi 
C) Turkiston general-gubernatori-general-gubernator kengashi-general-gubernator mahkamasi-
maxfiy siyosiy politsiya 
D) Turkiston general-gubernatori-general-gubernator mahkamasi- general-gubernator kengashi- 
maxfiy siyosiy politsiya
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
8-Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlarining boshlanishi (28) 
Testlar 
1. Podsho hukumati O’rta Osiyodan Chernyayevni chaqirib olib, kimni Yurkiston viloyatining 
gubernatori qilib tayinladi? 
A) Kaufman 
B) Veryovkin 
C) Romanovskiy 
D) Kuropotkin 
2. Rossiyaning Buxoro amirligiga qarshi I-jangi qachon va qayerda bo’lib o’tgan? 
A) 1866-yil 8-may-Erjar 
B) 1866-yil-12-18-oktyabr-Jizzax 
C) 1866-yil 17-24-may-Xo’jand 
D) 1866-yil kuzi-O’ratepa 
3. Romanovskiy Buxoro amirligiga qarshi qachon yurish boshladi? 
A) 1868-yil 
B) 1866-yil 
C) 1865-yil 
D) 1867-yil 
4. Romanovskiy qanday bahona ostida Buxoro amirligiga qarshi yurish qilishga imperatordan 
ruxsat so’radi? 
A) Buxoro va Xivaning chegara yerlaridagi rus aholisiga o’tkazgan zulmini 
B) Buxoro amirligi Rossiyaga qarshi urushga tayyorlanayotgani 
C) Buxoroning Rossiyaga qarshi urush e’lon qilishini 
D) Buxoro va Angliya o’rtasida tuzilgan harbiy ittifoqni 
5. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang? 
A) Erjar jangi 1866-yil 8-mayda bo’lib o’tdi 
B) Erjardagi g’alabadan so’ng Romanovskiy Qo’qon xonligi va Buxoro amirligi o’rtasida 
joylashgan-Toshkent, Qo’qon, Balx, Buxoro bilan bog’lovchi O’ratepaga qarab harakat boshladi 
C) Erjar yaqinidagi jangda kuchlar teng bo’lmaganidan amir qo’shinlari yengildi 
D) Erjardagi g’alabadan so’ng Romanovskiy Buxoro qo’shinlarini taqib qilishni to’xtatdi 
6. Rossiya qo’shinlari qachon Xo’jandni qamal qilishga kirishdilar? 
A) 1866-yil 8-may 
B) 1866-yil 17-may 
C) 1866-yilning kuzi 
D) 1866-yil 24-may 
7. Rossiya Xo’jandni nechta to’pdan o’qqa tutdi? 
A) 15ta 
B) 20 ta 
C) 30 ta 
D) 25 ta 
8. Rossiya tomonidan Xo’jandni qamal qilish va o’qqa tutish necha kun davom etdi? 
A) 5 kun 
B) 3 kun 
C) 4 kun 
D) 2 kun 
9. Rossiya askarlari tomonidan Xo’jand mudofaasi qachon yorib o’tildi? 
A) 1866-yilning kuzi 
B) 1866-yil 18-may 
C) 1866-yil 24-may 

 
D) 1866-yil 8-may 
10. Toshkent, Qo’qon, Balx, Buxoro shaharlarini bir-biri bilan bog’lovchi qal’ani ko’rsating? 
A) Jizzax 
B) O’ratepa 
C) Erjar 
D) Xo’jand 
11. Krijanovskiy kim? 
A) Orenburg general-gubernatori 
B) Turkiston viloyati gubernatori 
C) Sirdaryo viloyati gubernatori 
D) Turkiston general-gubernatori 
12. Romanovskiy kim? 
A) Turkiston viloyati gubernatori 
B) Turkiston general-gubernatori 
C) Sirdaryo viloyati gubernatori 
D) Orenburg general-gubernatori 
13. Turkiston viloyati gubernatori Romanovskiyga kim tomonidan harbiy harakatlarni Qo’qon 
xonligiga qarshi qaratish to’g’risida ko’rsatma berdi? 
A) Veryovkin 
B) Kaufman 
C) Krijanovskiy 
D) Chernyayev 
14. Qo’qon xonligining taqdiri qaysi yili Rossiya tomonidan hal qilingan edi? 
A) 1874-yil 
B) 1866-yil 
C) 1876-yil 
D) 1873-yil 
15. Rossiya tomonidan….da Qo’qonga qarshi hamma narsa tayyor holatga keltirilgan edi? 
A) Erjar 
B) Jizzax 
C) O’ratepa 
D) Xo’jand 
16. Qo’qonga qarshi harbiy harakatga bosh bo’lish uchun Orenburgdan kim keldi? 
A) Krijanovskiy 
B) Kaufman 
C) Veryovkin 
D) Chernyayev 
17. Krijanovskiy Buxoro amirligi vakiliga qanday shart qo’ygan? 
A) 10 kun ichida 200 ming rubl tovon to’lashni 
B) 10 kun ichida 10 ming rubl tovon to’lashni 
C) 10 kun ichida 100 ming rubl tovon to’lashni 
D) 20 kun ichida 100 ming rubl tovon to’lashni 
18. Rossiya qo’shinlari qachon O’ratepaga qarab harakat boshladi? 
A) 1866-yilning kuzi 
B) 1866-yil 18-may 
C) 1866-yil 24-may 
D) 1866-yil 8-may 
19. Rossiyaning O’ratepaga qarshi yurish qilgan qo’shini tarkibi xato berilgan javobni toping? 
A) 6 ming piyoda 
B) 29 to’p 
C) 500 kazak 
D) 600 arava va 800 tuya 

 
20. Ruslar O’ratepani necha kun to’pdan o’qqa tutdilar? 
A) 4 kun 
B) 3 kun 
C) 2 kun 
D) 1-kun 
21. Rossiya qayerni qamal qilganida 2 ming nafardan ziyod qal’a aholisi halok bo’ldi? 
A) Xo’jand 
B) Jizzax 
C) O’ratepa 
D) Erjar 
22. Rossiya imperiyasi harbiy qo’shinlari O’ratepani egallagandan so’ng qayerga yurish boshladi? 
A) Xo’jand 
B) O’ratepa 
C) Jizzax 
D) Erjar 
23. Jizzax qachon rus podsho hukumati qo’liga o’tdi? 
A) 1866-yil 8-may 
B) 1866-yil 17-may 
C) 1866-yil 18-oktyabr 
D) 1866-yil 12-oktyabr 
24. Rossiya imperiyasining qayer uchun bo’lgan jangida har tomondan 6 mingdan ortiq kishi halok 
bo’ldi? 
A) Jizzax 
B) Xo’jand 
C) Erjar 
D) O’ratepa 
25. Rus podsho hukumati Jizzaxni bosib olib, u yerda qoldirgan harbiy kuchlari xato berilgan 
javobni toping. 
A) 12 ta to’p 
B) 600 arava 
C) 300 kazak 
D) 3 ming askar 
26. Rossiya tomonidan 1864-1866-yillarda bosib olingan hududlarda qanday viloyat tashkil qilindi? 
A) Turkiston 
B) Farg’ona 
C) Amudaryo 
D) Sirdaryo 
27. Rossiya tomonidan qaysi yillari bosib olingan hududlarda Sirdaryo viloyati tashkil qilindi? 
A) 1864-1866 
B) 1866-1868 
C) 1863-1865 
D) 1865-1867 
28. Rus davlatida o’rta asrlarda krepastnoy dehqonlar orasidan chekka hududlarga qochib borib, 
erkinlikka chiqqan kishilardan tuzilgan qo’shin qanday nom bilan ataladi? 
A) rekrut 
B) tiyul 
C) kazak 
D) qozoq
 
 
 
 
 

 
9-Buxoro amirligi ustidan Rossiya protektorati o'rnatilishi (54) 
Testlar 
1. Rus bosqini arafasida Buxoro amirligining harbiy kuchini zaiflashtirgan omillar xato berilgan 
javobni aniqlang? 
A) aholining askarlikka borishdan bosh tortishi 
B) Qo’qon xonligi bilan olib borilgan uzluksiz urushlar 
C) ichki nizolar 
D) zamonaviy harbiy texnikada ortda qolish 
2. Qaysi rus generali Amir Muzaffarga chegaraning Rossiya mulki foydasiga o’zgartirilgan yangi 
loyihasini tasdiqlashni taklif etdi? 
A) Lessar 
B) Chernyayev 
C) Veryovkin 
D) Kaufman 
3. Quyidagi xato javobni toping. 
A) Kaufman 4 mingdan ziyod qo’shindan iborat harbiy otryad to’plab, Samarqandni bosib olishga 
kirishdi 
B) Kaufmanning Amir Muzaffar qo’shinini Samarqandga to’plagan degan taxmini o’z tasdig’ini 
topdi 
C) Kaufman 1868-yil aprelda Samarqandni bosib olishga kirishdi 
D) Kaufman Amir Muzaffarni Turkiston general-gubernatorlik yerlariga bostirib kirishda aybladi 
4. Kaufman Cho’ponota tepaligiga qachon hujum boshladi? 
A) 1868-yil 2-iyun 
B) 1868-yil 1-may 
C) 1868-yil 28-iyun 
D) 1868-yil aprel 
5. Kaufman qachon Samarqandni bosib olishga kirishdi? 
A) 1868-yil 2-iyun 
B) 1868-yil 28-iyun 
C) 1868-yil aprel 
D) 1868-yil 1-may 
6. Qaysi jangda ruslar tomonidan amir qo’shining ilg’or jangovar qismi tor-mor keltirildi? 
A) Kattaqo’rg’on 
B) Cho’ponota 
C) Zirabuloq 
D) Urgut 
7. Kaufman qancha qo’shin to’plab Samarqandni bosib olishga kirishdi? 
A) 3 mingdan ziyod 
B) 4 mingga yaqin 
C) 5 ming 
D) 4 mingdan ziyod 
8. Amir qo’shini va Kaufman o’rtasidagi II-jang qayerda bo’lib o’tgan? 
A) Kattaqo’rg’on 
B) Zirabuloq 
C) Cho’ponota 
D) Urgut 
9. Qaysi jangdan keyin Rossiya qo’shinlari Samarqandga jangsiz kirib borishdi? 
A) Urgut 
B) Cho’ponota 
C) Kattaqo’rg’on 

 
D) Zirabuloq 
10. Kaufman Samarqandga jangsiz kirib borib, Amir Muzaffarga yo’llagan maktubi mazmuni xato 
berilgan javobni toping. 
A) Shaxrisabz bekligini vaqtincha Rossiyaga ijaraga berish 
B) 1865-yildan buyon Turkiston o’lkasida qo’lga kiritilgan barcha narsalarni Rossiya mulki deb 
e’tirof etilishi 
C) Samarqand bekligini Rossiyaga berish 
D) “harbiy harajat”larni to’lash 
11. Buxoro amirligining qaysi hududi mahalliy aholisi podsho hukumati qo’shinlariga qarshi kurash 
olib bordi? 
A) Cho’ponota 
B) Urgut 
C) Kattaqo’rg’on 
D) Zirabuloq 
12. Kaufman qaysi generalni Urgutga yubordi? 
A) Veryovkin 
B) Golavachyov 
C) Abramov 
D) Chernyayev 
13. Rossiya qo’shinlari Urgutdan keyin qayerni bosib olishga kirishdi? 
A) Kitob 
B) Xo’jand 
C) Shaxrisabz 
D) Kattaqo’rg’on 
14. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqanda ozodlik kurashi olib borgan 
Bobobek qayerning hokimi edi? 
A) Kattaqo’rg’on 
B) Xo’jand 
C) Kitob 
D) Shaxrisabz 
15. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqanda ozodlik kurashi olib borgan 
Jo’rabek qayerning hokimi edi? 
A) Xo’jand 
B) Shaxrisabz 
C) Kattaqo’rg’on 
D) Kitob 
16. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqanda ozodlik kurashi olib borgan 
Shaxrisabz hokimi kim edi? 
A) Jo’rabek 
B) Abdulahad 
C) M.Devonbegi 
D) Bobobek 
17. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqanda ozodlik kurashi olib borgan 
Kitob hokimi kim edi? 
A) Jo’rabek 
B) Bobobek 
C) M.Devonbegi 
D) Abdulahad 
18. Jo’rabek va Bobobek qachon samarqandlik qo’zg’alonchilar bilan birga Rossiya imperiyasi 
qo’shinlari garnizoni joylashgan qal’asiga hujum qildi? 
A) 1868-yil aprel 
B) 1868-yil 28-iyun 

 
C) 1868-yil 2-iyun 
D) 1868-yil 1-may 
19. Quyidagi xato javobni toping. 
A) Jo’rabek va Bobobek tomonidan qamal qilingan rus garnizonini egallash uchun 4-7 iyungacha 
shiddatli janglar davom etdi 
B) Jo’rabek va Bobobek tomonidan qamal qilingan rus garnizoni askarlariga 1868-yil 8-iyunda 
yordamchi kuchlar yetib keldi 
C) Jo’rabek va Bobobek tomonidan qamal qilingan rus garnizoniga 1868-yil 6-iyunda yordamchi 
kuchlar yuborildi 
D) Jo’rabek va Bobobek tomonidan qamal qilingan rus garnizoni 1868-yil 2-iyunda yordam so’rab 
Abramovga murojaat qilishdi 
20. Podsho hukumati tomonidan bosib olingan hududlarda …..dan iborat Zarafshon okrugi tuzildi. 
A) Urgut va Kattaqo’g’on bo’limi 
B) Samarqand va Urgut bo’limi 
C) Samarqand va Kattaqo’rg’on bo’limi 
D) Samarqand va Kattaqo’rg’on viloyati 
21. Zarafshon okrugiga boshliq qilib kim tayinlandi. 
A) Kaufman 
B) Chernyayev 
C) Abramov 
D) Veryovkin 
22. Qaysi jangdan keyin Amir Muzaffar o’z mag’lubiyatini tan olib, Kaufmanning Turkiston 
general-gubernatorligi yangi chegaralar haqidagi taklifini qabul qildi? 
A) Cho’ponota 
B) Kattaqo’rg’on 
C) Zirabuloq 
D) Urgut 
23. Qaysi voqeadan keyin Rossiya imperiyasi istilochilik yurishlarining II-bosqichi yakunlandi? 
A) Kattaqo’rg’on bosib olinishi bilan 
B) Urgut bosib olinishi bilan 
C) Jo’rabek va Bobobeklarning chekinishi bilan 
D) Amir Muzaffar , Kaufmanning Turkiston general-gubernatorligi yangi chegaralar haqidagi 
taklifini qabul qilishi bilan 
24. Kaufman qachon va qayerda Amir Muzaffar bilan Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining 
protektoratiga aylantirgan shartnomani imzoladi? 
A) 1868-yil 28-iyun-Samarqand 
B) 1866-yil 8-may -Erjar 
C) 1868-yil 12-oktyabr-Jizzax 
D) 1868-yil 2-iyun-Zirabuloq 
25. 1868-yil 28-iyunda imzolagan Amir Muzaffar imzolagan shartnoma bandlari xato berilgan 
javobi aniqlang. 
A) Amir o’z ixtiyorida qolgan hududlarni boshqarishda Turkiston general-gubernatorining 
ko’rsatmalariga rioya etish majburiyatini oldi 
B) Toshkentdan Samarqandgacha bo’lgan barcha hududlar Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o’tdi 
C) Buxoro amiri urush boshlanishida aybdor ekanligi 
D) Buxoro amiri abadiy do’stlik belgisi sifatida Rossiya qo’shinlarining harbiy harajatlari uchun 
600 ming rubl to’lanishi e’tirof etildi 
26. 1868-yil 28-iyunda imzolagan Amir Muzaffar imzolagan shartnoma bandlari xato berilgan 
javobi aniqlang. 
A) Rus savdogarlari amirlik hududidan boshqa davlatlarga erkin o’tish huquqini qo’lga kiritdi 
B) Rossiya savdogarlariga savdo agentliklari ta’sis etishga ruxsat berildi 
C) Rossiya savdogarlari tovarlaridan olinadigan boj miqdori 3 % dan oshmasligi belgilandi 

 
D) Buxoro amiri Rossiya savdogarlariga amirlikda erkin savdo qilishga sharoit yaratib berish va 
ularni himoya qilishni o’z zimmasiga oldi 
27. 1868-yil 28-iyunda imzolagan Amir Muzaffar imzolagan shartnomaga Toshkentdan 
Samarqandgacha bo’lgan hududlarning barchasi Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o’tdi.Bu hududlar 
xato berilgan javobni aniqlang. 
A) Samarqand, Kattaqo’rg’on 
B) O’sh, Rishton 
C) Xo’jand, O’ratepa 
D) Panjikent, Jizzax 
28. Amir Muzaffar Rossiyaga taslim bo’lgach, Samarqandni ozod qilish uchun kurash boshlagan 
vatanparvarlar nomi xato berilgan javobni toping. 
A) Abdumalik to’ra 
B) Abdulahad 
C) Jo’rabek 
D) Bobobek 
29. Jo’rabek va Bobobek Amir Muzaffarni taxtdan tushirilgan deb e’lon qilib, kimni amir deb e’lon 
qilishdi? 
A) Abdumalik 
B) Abdulahad 
C) Olimxon 
D) Abdurahmon Oftobachi 
30. Abdumalik to’ra, Jo’rabek va Bobobek o’z qo’llariga olgan shaharlarni tartib bilan 
joylashtiring. 
A) Qarshi, Shaxrisabz, Karmana 
B) Shaxrisabz, Qarshi, Karmana 
C) Karmana, Qarshi, Shaxrisabz 
D) Qarshi, Karmana, Shaxrisabz 
31. Abdumalik to’ra, Jo’rabek va Bobobek qo’zg’alonini bostirish uchun Kaufman kimni yuboradi? 
A) Veryovkin 
B) Lessar 
C) Abramov 
D) Chernyayev 
32. Nima sababdan Abdumalik to’ra, Jo’rabek va Bobobek egallagan hududlaridan surib chiqarila 
boshlandi? 
A) qo’zg’alonchilar zamonaviy qurollar bilan qurollanmaganligi 
B) qo’zg’alon boshliqlarining bir-biri bilan kelishmovchiligi 
C) Amir Muzaffarning Kaufmandan yordam so’rashi 
D) Rus askarlarining haddan tashqari ko’pligi 
33. Ruslardan yengilgan Abdumalik to’ra dastlab qaysi hududga ketadi? 
A) Xiva xonligi 
B) Hindiston 
C) Afg’oniston 
D) Peshovar 
34. Ruslardan yengilgan Abdumalik to’ra Xiva xonligidan qayerga o’tib ketadi? 
A) Afg’oniston 
B) Hindiston 
C) Xiva xonligi 
D) Peshovar 
35. Abdumalik to’ra qaysi afg’on amiridan yordam so’radi? 
A) Omonulloxon 
B) Habibulloxon 
C) Sheralixon 

 
D) Do’stmuhammad 
36. Abdumalik to’ra qachon va qayerda vafot etdi? 
A) 1910-Nishopur 
B) 1909-Peshovar 
C) 1910-Hamadon 
D) 1909-Ray 
37. Nima sababdan afg’on amiri Sheralixon Abdumalik to’raga yordam bermadi? 
A) Abdumalik to’raning afg’on amiri Sheralixon bilan kelishmovchiligi uchun 
B) Afg’on amiri Sheralixon Angliya bilan yaqinlashib kelayotgan urushda Rossiyaga tayanishni 
rejalashtirgani uchun 
C) Rossiyaning Afg’onistonga hujum qilishidan Sheralixonning xavfsiragani 
D) Buxoro va Afg’oniston o’rtasidagi azaldan davom etib kelayotgan adovat 
38. Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi istilochilik yurishlarining II-bosqichi qaysi voqeadan 
keyin yakunlandi? 
A) Buxoro amirligining Rossiya protektoratiga aylantirilishi bilan 
B) Samarqandning egallanishi 
C) A va B 
D) Cho’ponota egallanishi bilan 
39. Buxoro bilan Rossiya imperiyasi qachom amirlikka o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi 
yangi shartnomani imzoladi? 
A) 1868-yil 
B) 1876-yil 
C) 1871-yil 
D) 1873-yil 
40. Rossiya 1873-yilda amirlikka o’z vakilini tayinladi.Bu vakilning roziligisiz amirlik... 
A) to’g’ri javob yo’q 
B) ichki masalalarni hal qila olmaydigan bo’ldi 
C) tashqi masalalarni hal qila olmaydigan bo’ldi 
D) biron bir ichki va tashqi siyosiy masalalarni hal qila olmaydigan bo’ldi 
41. Rossiyaning Buxoro amirligiga o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnomaning 
14-moddasida …..deyilgan. 
A) “Rossiya hukumatidan ijozat bo’lmagan Buxoro fuqarolari bo’lmagan har xil kimsalarni Buxoro 
hukumati qabul qilmaydi” 
B) “Buxoro hukumatidan ijozat bo’lmagan kim bo’lishidan qat’iy nazar, har xil kimsalarni Buxoro 
hukumati qabul qilmaydi” 
C) “Rossiya hukumatidan ijozat bo’lmagan yonida maxsus hujjati bo’lmagan har xil kimsalarni 
Buxoro hukumati qabul qilmaydi” 
D) “Rossiya hukumatidan ijozat bo’lmagan kim bo’lishidan qat’iy nazar har xil kimsalarni Buxoro 
hukumati qabul qilmaydi” 
42. Rossiyaning Buxoro amirligiga o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnomaga 
ko’ra har kun ertalab vakildan ko’rsatmalarni olib amirga topshirgan mansab egasi? 
A) otaliq 
B) mehtar 
C) qo’shbegi 
D) devonbegi 
43. Kim Rossiya imperiyasining Buxorodagi I-vakili etib tayinlandi? 
A) Romanovskiy 
B) Abramov 
C) Lessar 
D) Skobelev 
44. Rus bosqinidan keyin Buxoroning amaldagi norasmiy gubernatori kim bo’lgan? 
A) Skobelev 

 
B) Abramov 
C) Romanovskiy 
D) Lessar 
45. Buxorodagi ruslar tomonidan tayinlangan maxsus vakil qayerni o’ziga qarorgoh qilib olgan? 
A) Buxorodan 15 km uzoqda joylashgan Kogon shahrini 
B) Buxorodan 150 km uzoqda joylashgan Kogon shahrini 
C) Buxoro shahrini 
D) Buxorodan 1,5 km uzoqda joylashgan Kogon shahrini 
46. Qaysi yillari Rossiya imperiyasi tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan muzokaralar olib brogan? 
A) 1868-1870 
B) 1866-1870 
C) 1869-1870 
D) 1867-1870 
47. 1869-1870-yillari Rossiya imperiyasi Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan qaysi chegaralarni 
belgilash to’g’risida muzokaralar olib bordi? 
A) Buxoro amirligi va Eron 
B) Buxoro amirligi va Afg’oniston C) Qozoq yerlari va Afg’oniston 
C) Afg’oniston va O’rta Osiyo 
48. 1869-1870-yillari Rossiya imperiyasi Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan Afg’oniston va O’rta 
Osiyodagi chegaralarni belgilash to’g’risidagi shartnomaga muvofiq chegara qaysi tumandan 
o’tkazildi? 
A) Hirot 
B) Panj 
C) Vaxsh 
D) Balx 
49. 1881-yil 10 dekabrida Eron shohi bilan Rossiya elchisi imzolagan maxfiy shartnomada qaysi 
chegaralar belgilandi? 
A) Qozoq yerlari va Afg’oniston 
B) Afg’oniston va O’rta Osiyo 
C) Buxoro amirligi va Afg’oniston 
D) Buxoro amirligi va Eron 
50. 1885-1887-yillardagi ingliz-rus komissiyasi qaysi hududlar chegara chizig’ini belgilashni 
nihoyasiga yetkazdi? 
A) Buxoro amirligi va Eron 
B) Qozoq yerlari va Afg’oniston 
C) Afg’oniston va O’rta Osiyo 
D) Buxoro amirligi va Afg’oniston 
51. Quyidagi xato javobni belgilang. 
A) 1869-1870-yillarda Rossiya imperiyasi tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan Afg’oniston va O’rta 
Osiyodagi chegaralarini belgilash to’g’risida muzokaralar olib bordi 
B) Afg’oniston va O’rta Osiyodagi chegara Amudaryo bo’ylab Vaxsh tumanidan o’tkazildi 
C) Buxoro amirligi va Eron o’rtasidagi chegara 1881-yil 10-dekabrda Eron shohi bilan Tehrondagi 
Rossiya elchisi imzolagan shartnomada imzolandi 
D) 1885-1887-yildagi muzokarada chegaralarni belgilash to’g’risida ingliz-rus komissiyasi Rossiya 
imperiyasining O’rta Osiyodagi Buxoro amirligi yerlari bilan Afg’oniston o’rtasidagi chegara 
chizig’ini belgilashni nihoyasiga yetkazdi 
52. Qaysi yili Buxoro amirligi Rossiya protektoratiga aylandi? 
A) 1869-yil 
B) 1866-yil 
C) 1867-yil 
D) 1868-yil 
53. Protektorat so’zining ma’nosi nima? 

 
A) ispancha-chegara viloyati 
B) lotincha-homiy 
C) inglizcha-vassal 
D) fransuzcha-qaram yer 
54. Yuqori tabaqaga mansub kishi.Xiva xonligida xon qarindoshlari va yaqinlariga beriladigan 
unvon? 
A) inoq 
B) bek 
C) to’ra 
D) noib
Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish