9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana03.02.2020
Hajmi1,76 Mb.
#38584
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
9-sinf-OZBEKISTON-TARIXI


 
 
 
 
9-sinf O’zbekiston tarixi 
fanidan mavzulashtirilgan 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mazkur 9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan tuzilgan 
mavzulashtirilgan test savollari to’plamini 
www.Shuhratbek.uz 
sayti muallifining  yozma 
ruxsatisiz chop etishingiz, to’plamdan nusxa 
kо’chirishingiz, to’plamdagi ma’lumotlarni 
boshqa saytlarda chop etishingiz, yoki to’plamni 
uchinchi shaxslarga berishingiz ta’qiqlanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
HURMATLI  FOYDALANUVCHI! 

 
 
 
 
 
 
1-XIX asr o'rtalarida O'rta Osiyo davlatlarining hududi va aholisi (48) 
2-XIX asr o'rtalarida o'zbek xonliklarining ma'muriy boshqaruv tizimi (38) 
3-XIX asr o'rtalarida o'zbek xonliklarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti (29) 
4-5-XIX asr o'rtalarida O'rta Osiyo aholisining madaniy hayot (43) 
6-Rossiya imperiyasining O'rta Osiyoni istilo qilishining boshlanishi (84) 
7-Turkiston General-gubernatorligining tashkil etilishi (35) 
8-Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlarining boshlanishi (28) 
9-Buxoro amirligi ustidan Rossiya protektorati o'rnatilishi (54) 
10-Xiva xonligi ustidan Rossiya imperiyasi protektorati o'rnatilishi (26) 
11-Qo'qon xonligining bosib olinishi (57) 
12-Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-ma'muriy boshqaruvi (43) 
13-Turkiston o'lkasida Rossiya imperiyasining yer-suv siyosati (15) 
14-Turkistonda sud tizimining tashkil etilishi (32) 
15-Turkistonda harbiy-politsiya tartibotining o'rnatilishi ( 
16-XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda iqtisodiy-ijtimoiy hayot (18) 
17-Turkistonda milliy ozodlik harakatlarining boshlanishi va sabablari (17) 
18-Toshkentda vabo isyoni (31) 
19-Andijon qo'zg'oloni (47) 
20-21-Milliy-ozodlik harakati ahamiyati va Qoraqalpoqlar XIX asr o'rtalarida (29) 
22-Soliq va majburiyatlar_Xalq qo'zg'olonlari (23) 
23-Qoraqalpoqlar Turkiston general-gubernatorligi tarkibida (25) 
24-XIX asr oxiri XX asr boshlarida qoraqalpoqlar madaniyati (35) 
25-Jadidchilik harakatining vujudga kelishi (42) 
26-Jadidlarning dasturiy maqsad va vazifalari (23) 
27-Jadidchilik harakati namoyandalari va ularning faoliyati (29) 
28-Jadidchilik harakatining Turkiston ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga ta'siri (18) 
29-Birinchi jahon urushi va uning Turkistonga ta'siri (8) 
30-Turkistonda 1916-yilgi qo'zg'olonni boshlanishi (17) 
31-32-Jizzax qo'zg'oloni va uning ahamiyati (30) 
33-Buxoro amirligining davlat tuzumi va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli (40) 
34-Yosh Buxoroliklar faoliyati va Buxoro amirligining tugatilishi (34) 
35-XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xiva xonligining davlat tuzumi va ijtimoiy-siyosiy ahvoli (32) 
36-Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi (35) 
37-Xiva xonligining tugatilishi (39) 
38-Ta’lim tizimi_Matbuot (48) 
39-Turkistonda ilm-fan taraqqiyoti (49) 
40-Teatr va musiqa san’ati (38) 
41-Me’morchilik va tasviriy san’at (27) 
42-Xronologik jadval (43) 
 

 
 
 
 
 
1-XIX asr o'rtalarida O'rta Osiyo davlatlarining hududi va aholisi (48) 
Testlar 
1. ”Biz tariximizdan bir sahifani ham olib tashlamaymiz.Bu tarix bizniki, uni unutishga hech 
kimning haqqi yo’q” so’zlari kimga tegishli? 
A) A.Fitrat 
B) U.Xo’jayev 
C) B.Ahmedov 
D) I.Karimov 
2. O’rta Osiyoda qaysi davlat poytaxti islom dini markazlaridan biri hisoblangan? 
A) Afg’oniston davlati 
B) Buxoro amirligi 
C) Qo’qon xonligi 
D) Xiva xonligi 
3. XIX asrda Buxoro amirligining hududi qancha edi? 
A) 130 ming kv.km 
B) 200 ming kv.km 
C) 448 ming kv.km 
D) 267 ming kv.km 
4. Buxoro amirligining hududini ko’rsating. 
A) Janubda Kichik Juz yerlaridan Amudaryogacha, sharqda Qo’qon xonligidan g’arbda Xiva 
xonligi hududlarigacha cho’zilgan. 
B) Janubda Afg’onistondan, sharqda Xiva xonligidan g’arbda Qo’qon xonligi hududlarigacha 
cho’zilgan. 
C) Janubda Afg’onistondan Sirdaryogacha, sharqda Qo’qon xonligidan g’arbda Mang’ishloq 
yarimoroligacha cho’zilgan. 
D) Janubda Amudaryoning qirg’og’idan boshlanib, Sirdaryogacha, sharqda Pomir tog’laridan 
g’arbda Xiva xonligi yerlarigacha cho’zilgan. 
5. XIX asrda Buxoro amirligi hududi janubda qayerdan boshlangan? 
A) Pomir tog’lari 
B) Amudaryoning chap qirg’ogi 
C) Xiva xonligi 
D) Sirdaryo 
6. XIX asrda Buxoro amirligi hududi sharqda qayerdan boshlangan? 
A) Xiva xonligi 
B) Amudaryoning chap qirg’ogi 
C) Pomir tog’lari 
D) Sirdaryo 
7. XIX asrda Buxoro amirligi hududi g’arbda qayergacha borgan? 
A) Pomir tog’lari 
B) Amudaryoning chap qirg’ogi 
C) Xiva xonligi 
D) Sirdaryo 
8. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligi bilan chegaradosh davlatlar xato berilgan javobni aniqlang? 
A) Eron, Afg’oniston 
B) Sharqiy Turkiston va Xitoy 

 
C) qozoq juz yerlari 
D) Qo’qon va Xiva xonliklari 
9. Buxoro amirligining markaziy qismini aniqlang. 
A) Sirdaryo vodiysi 
B) Qarshi vohasi 
C) Zarafshon vodiysi 
D) Jizzax vohasi 
10. Buxoro amirligining markaziy qismi hisoblangan Zarafshon vodiysida qanday shaharlar 
joylashgan? 
A) Buxoro, Samarqand 
B) Kitob, G’uzor 
C) Termiz, Sherobod 
D) Shaxrisabz, Qarshi 
11. Buxoro amirligining yirik savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniy markazlari xato berilgan 
javobni toping. 
A) Kitob, G’uzor 
B) Chorjo’y, Marv 
C) Shaxrisabz, Qarshi 
D) Buxoro, Samarqand 
12. Buxoro amirligining yirik savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniy markazlari xato berilgan 
javobni toping. 
A) Oqmachit, Turkiston 
B) Hisor, Ko’lob 
C) Termiz, Sherobod 
D) Termiz, Ko’lob 
13. Buxoro amirligiga qarashli bo’lgan Tojikistondagi hududlar xato berilgan javobni toping. 
A) Vaxsh vodiysi 
B) Murg’ob vohasi 
C) Panj vodiysi 
D) Kofirnihon vodiysi 
14. Buxoro amirligiga qarashli bo’lgan Turkmanistondagi hudud to’g’ri berilgan javobni toping. 
A) Kofirnihon vodiysi 
B) Murg’ob vohasi 
C) Panj vodiysi 
D) Vaxsh vodiysi 
15. Buxoro amirligi qanday boshqarilgan? 
A) Amirlik beklik va tumanlarga bo’linib, ularni devonbegi boshqargan. 
B) Amirlik beklik va tumanlarga bo’linib, ularni amir tayinlagan beklar boshqargan. 
C) Amirlik beklik va noiblikka bo’linib, ularni amir tomonidan tayinlangan noib boshqargan. 
D) Amirlik viloyatlarga bo’linib, viloyatlarni qushbegi boshqargan. 
16. Buxoro amirligi necha beklikka bo’lingan? 
A) 27ta 
B) 18ta 
C) 40ta 
D) 23ta 
17. Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmidagi hududi qancha edi? 
A) 200 ming kv.km 
B) 448 ming kv.km 
C) 267 ming kv.km 
D) 130 ming kv.km 
18. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi janubda qayer bilan chegaradosh edi? 
A) Eron 

 
B) Kaspiy dengizi 
C) qozoq juzlari 
D) Buxoro amirligi 
19. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi sharqda qayer bilan chegaradosh edi? 
A) Buxoro amirligi 
B) qozoq juzlari 
C) Eron 
D) Kaspiy dengizi 
20. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi g’arbda qayer bilan chegaradosh edi? 
A) qozoq juzlari 
B) Eron 
C) Buxoro amirligi 
D) Kaspiy dengizi 
21. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi shimolda qayer bilan chegaradosh edi? 
A) Kaspiy dengizi 
B) qozoq juzlari 
C) Eron 
D) Buxoro amirligi 
22. Xiva xonligining ma’muriy markazini aniqlang. 
A) Vazir 
B) Qo’ng’irot 
C) Xiva 
D) Urganch 
23. XIX asr o'rtalarida Xiva xonligining yirik shaharlari xato berilgan javobni aniqlang. 
A) Xiva, Kat 
B) Vazir, Mang’it 
C) Yangi Urganch, Hazorasp 
D) Qo’ng’irot, Xo’jayli 
24. Xiva xonligi Buxoro amirligi kabi bekliklarga bo’lingan bo’lib, ularni xon tomonidan 
tayinlangan…… boshqargan. 
A) beklar va to’ralar 
B) noiblar 
C) biy va beklar 
D) beklar 
25. Xiva xonligida qancha beklik bo’lgan? 
A) 40ta 
B) 27ta 
C) 23ta 
D) 18ta 
26. XVIII asrning boshlarida qaysi hududlar Buxoro amirligidan ajralib chiqib, mustaqil davlat-
Qo’qon xonligi tashkil topdi? 
A) Farg’ona vodiysi va Amudaryoning quyi oqimigacha bo’lgan hududlar 
B) Farg’ona vodiysi va Norin daryosigacha bo’lgan hududlar 
C) Farg’ona vodiysi va Irtish radyosining quyi oqimigacha bo’lgan hududlar 
D) Farg’ona vodiysi va Sirdaryoning quyi oqimigacha bo’lgan hududlar 
27. Qo’qon xonligi g’arbda qayerlar bilan chegaradosh edi? 
A) Buxoro amirligi 
B) B va C 
C) Sharqiy Turkiston 
D) Xiva xonligi 
28. Qo’qon xonligining qaysi tog’li o’lkalarni o’z ichiga olgan? 
A) Darvoz, Kitob, O’ratepa, Erjar 

 
B) Qorategin, Kitob, Xo’jand, O’ratepa 
C) Erjar, Oqmachit, Turkiston, Toshkent 
D) Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non 
29. Qo’qon xonligining qaysi hududlar borasida Buxoro amirligi bilan tez-tez to’qnashuvlari ro’y 
bergan? 
A) Qorategin, Kitob, Xo’jand, O’ratepa 
B) Darvoz, Kitob, O’ratepa, Erjar 
C) Erjar, Oqmachit, Turkiston, Toshkent 
D) Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non 
30. Qo’qon xonligining ma’muriy, savdo-sotiq va madaniy markazga aylangan shaharlari xato 
berilgan javobni aniqlang? 
A) Marg’ilon, Namangan, O’zgan 
B) Chimkent, Qorategin, Darvoz 
C) O’sh, Pishpak, Turkiston 
D) Qo’qon, Toshkent, Andijon 
31. O’rta Osiyoda qaysi davlat boshqa xonliklardan farqli o’laroq, sersuv daryolar, so’lim vodiylar, 
serhosil yerlarga boy bo’lgan? 
A) Afg’oniston 
B) Qo’qon xonligi 
C) Xiva xonligi 
D) Buxoro amirligi 
32. O’rta Osiyoda qaysi xonlik bekliklarga bo’linib, ularni asosan xon tomonidan o’z qarindoshlari 
va yaqinlaridab tayinlangan kishilar boshqargan? 
A) Xiva xonligi 
B) Afg’oniston 
C) Qo’qon xonligi 
D) Buxoro amirligi 
33. XIX asrning o’rtalarida Buxoro amirligining aholisi qancha kishi edi? 
A) 2 mln.atrofida 
B) 800 ming 
C) 3 mln.dan ortiq 
D) 3 mln.ga yaqin 
34. Buxoro amirligining etnik tarkibi asosan kimlardan iborat edi? 1.o’zbek 2.tojik 3.qoraqalpoq 
4.turkman 5.qozoq 6.qirg’iz 
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 
B) 1,3,4,5 
C) 1, 2, 3, 4, 5 
D) 1, 2, 5, 6 
35. XIX asr o’rtalariga kelib Xiva xonligida aholi soni qancha edi? 
A) 3 mln.ga yaqin 
B) 800 ming 
C) 3 mln.dan ortiq 
D) 2 mln.atrofida 
36. Xiva xonligi aholisi asosan kimlardan tashkil topgan? 
A) tojiklar 
B) o’zbeklar 
C) turkmanlar 
D) qozoqlar 
37. Xiva xonligining etnik tarkibi kimlardan iborat edi? 1.o’zbek 2.tojik 3.qoraqalpoq 4.turkman 
5.qozoq 6.qirg’iz 
A) 1, 2, 5, 6 
B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 

 
C) 1, 2, 3, 4, 5 
D) 1,3,4,5 
38. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligi aholisi qancha edi? 
A) 3 mln.dan ortiq 
B) 800 ming 
C) 2 mln.atrofida 
D) 3 mln.ga yaqin 
39. Qo’qon xonligining etnik tarkibi kimlardan iborat edi? 1.o’zbek 2.tojik 3.qoraqalpoq 4.turkman 
5.qozoq 6.qirg’iz 
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 
B) 1, 2, 3, 4, 5 
C) 1, 2, 5, 6 
D) 1,3,4,5 
40. Qo’qon xonligida yashagan boshqa elat vakillari xato berilgan javobni toping. 
A) uyg’urlar 
B) xitoyliklar 
C) hindlar 
D) yahudiylar 
41. XIX asr o’rtalarida uchala xonlik aholisining asosiy qismini tashkil qiluvchi o’zbeklar 
shug’ullangan sohalar xato berilgan javobni toping. 
A) dehqonchilik 
B) chorvachilik 
C) hunarmandchilik 
D) savdo-sotiq 
42. XIX asr o’rtalarida uchala xonlikda ham chorvachilik bilan shug’ullangan millat vakillari xato 
berilgan javobni toping? 
A) turkman, qirg’iz 
B) o’zbek, tojik 
C) qozoq, qirg’iz 
D) qozoq, qoraqalpoq 
43. Uchala xonliklarning hududi bugungi kundagi O’zbekistondan tashqari qaysi davlatlarni o’z 
ichiga olgan? 1.Qozog’iston 2.Qirg’iziston 3.Tojikiston 4.Turkmaniston 5.Eron 6.Xitoy 
A) 1, 3, 4, 5 
B) 1, 2, 3, 5 
C) 1, 2, 3, 4 
D) 2, 4, 5, 6 
44. XIX asr o’rtalarida uchala xonlik aholisi asosiy qismining shug'ullangan sohalari xato javobni 
toping. 
A) dehqonchilik 
B) termachilik 
C) hunarmandchilik 
D) chorvachilik 
45. Quyidagi nomlar bir-biriga mos kelmagan javobni toping. 
A) Avliyoota-Taraz 
B) Oqmachit-Qizilo’rda 
C) O’zgan-Jand 
D) Pishpak-Bishkek 
46. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping. 
A) Dushanbe, Sherobod 
B) Shaxrisabz, Qarshi 
C) Qunduz, Shibirg’on 
D) Buxoro, Samarqand 

 
47. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping. 
A) Qashg’ar, Yorkend, Badaxshon 
B) Pishpak, Avliyoota, Xo’jand 
C) Namangan, O’zgan, Marg’ilon 
D) Oqmachit, Turkiston, Andijon 
48. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping. 
A) Urganch, Xiva 
B) Astrobod, Qunduz 
C) Qo’ng’irot, Ko’hna Urganch 
D) Hazorasp, Marv
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
2-XIX asr o'rtalarida o'zbek xonliklarining ma'muriy boshqaruv tizimi (38) 
Testlar 
1. Buxoro amirligi bilan bog’liq xato javobni toping. 
A) amir hokimiyati avloddan avlodga meros tariqasida o’tgan 
B) 1826-1861-yillar Amir Nasrullo hukmronlik davri 
C) Buxoro amirligida oliy hukmdor amir hisoblangan. 
D) amirlikni 1756-1920 yillarda mang’itlar sulolasi boshqargan 
2. Buxoro amiri Amir Muzaffar hukmronlik yillarini toping. 
A) 1860-1885-yillar 
B) 1800-1826-yillar 
C) 1826-1860-yillar 
D) 1785-1800-yillar 
3. Buxoro amirligining ma’muriy markazi qaysi shahar edi? 
A) Vardonze 
B) Termiz 
C) Chorjo’y 
D) Buxoro 
4. Buxoro amirligida ijro hokimiyati kimning qo’lida bo’lgan? 
A) mirzaboshi 
B) amir 
C) devonbegi 
D) qo’shbegi 
5. Buxoro amirligida bosh vazir kim edi? 
A) mirzaboshi 
B) dodhoh 
C) qo’shbegi 
D) devonbegi 
6. Buxoro amirligida viloyat va tuman hokimlari kimning tavsiyasi bilan tayinlangan? 
A) mirzaboshi 
B) devonbegi 
C) qo’shbegi 
D) dodhoh 
7. Buxoro amirligida moliya va xazina ishlari, soliqlar to’planishi, tashqi aloqalarni yuritish kabi 
sohalarni kim boshqargan? 
A) mirzaboshi 
B) qo’shbegi 
C) dodhoh 
D) devonbegi 
8. Amirlik hujjatlarini yuritishga mas’ul shaxsni aniqlang? 
A) devonbegi 
B) mirzaboshi 
C) dodhoh 
D) qo’shbegi 
9. Amirlikda soliqlarni o’z vaqtida yig’ish va ularni hisobga olib borishga kim javobgar bo’lgan? 
A) dodhoh 
B) shayxulislom 
C) mushrif 
D) parvonachi 
10. Buxoro amirligida xalqning shikoyatlari bilan kim shug’ullangan? 

 
A) mushrif 
B) parvonachi 
C) shayxulislom 
D) dodhoh 
11. Buxoro amirligida oliy hukmdor farmonlarini kim e’lon qilgan? 
A) mushrif 
B) shayxulislom 
C) dodhoh 
D) parvonachi 
12. Buxoro amirligida shariat qoidalari va qonunlar ijrosi, sud ishlarini nazorat qilishni kim 
amalgam oshirgan? 
A) shayxulislom 
B) dodhoh 
C) parvonachi 
D) mushrif 
13. Buxoro amirligida devonbegiga bo’ysungan mansab egasi? 
A) mirzaboshi 
B) dodhoh 
C) muhtasib 
D) qo’shbegi 
14. Buxoro amirligida shayxulislomga bo’ysungan mansab egasi 
A) qo’shbegi, dodhoh 
B) dodhoh, mushrif 
C) sadr, otaliq 
D) muftiy, muhtasib 
15. Buxoro amirligida diniy-huquqiy masalalar bilan kim shug’ullangan? 
A) otaliq 
B) muhtasib 
C) muftiy 
D) sadr 
16. Buxoro amirligida shariat qoidalarining bajarilishi va amal qilish masalalari bilan kim 
shug’ullangan? 
A) otaliq 
B) sadr 
C) muhtasib 
D) muftiy 
17. Buxoro amirligi bilan bog’liq xato javobni toping. 
A) amirlikda valiahd tarbiyalovchisi otaliq hisoblangan 
B) amirlikda sud boshlig’-qozikalon, raiskalon hisoblangan 
C) mirshabboshi amir qo’shinining bosh qo’mondoni hisoblangan 
D) vaqf ishlari va mulklari bilan sadr shug’ullangan 
18. Buxoro amirligi shaharlarida tinchlik va tartibni saqlashga kim mas’ul hisoblangan? 
A) muhtasib 
B) to’pchiboshi 
C) mirshabboshi 
D) ko’kaldosh 
19. Buxoro amirligida mamlakat xavfsizligi, amirning yaqinlari, do’stlari va dushmanlari 
to’g’risida ma’lumotlar to’plash bilan kim shug’ullangan? 
A) muhtasib 
B) to’pchiboshi 
C) mirshabboshi 
D) ko’kaldosh 

 
20. Xiva xonligi to’g’risida xato ma’lumotni toping. 
A) Xiva xonligi oliy hukmdori xon hisoblangan 
B) Xiva shahrida ichki-Dishan qal’a va mudofaa devori bilan o’ralgan tashqi-Ichan qal’a mavjud 
bo’lgan. 
C) Xon qarorgohi Xiva shahrida joylashgan 
D) Xiva xonligini 1770-1920-yillarda qo’ng’irotlar sulolasi boshqardi. 
21. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligining ma’muriy, savdo-sotiq va madaniy markazlari xato 
berilgan javobni toping. 
A) Xiva, Urganch 
B) Vazir, Marv 
C) Qiyot, Hazorasp 
D) Qiyot, Qo’ng’irot 
22. Xiva xonligida oliy amaldor kim hisoblangan? 
A) otaliq 
B) devonbegi 
C) mehtar 
D) qo’shbegi 
23. Xiva xonligida devonbegining ixtiyoridagi kengashga kirgan mansablar xato berilgan javobni 
toping. 
A) qo’shbegi 
B) otaliq 
C) mehtar 
D) mirshabboshi 
24. Xiva xonligida mirshabboshi….. 
A) xonlikdagi tartib intizom ishlariga bosh bo’luvchi xon qo’shinlarining bosh qo’mandoni 
B) sug’orish inshootlari va suv ta’minoti hamda taqsimotiga rahbarlik qilgan 
C) aholining tinchligi va osoyishtaligi bilan shug’ullangan 
D) diniy ishlar va shariat qoidalariga rioya etilishi va amal qilinishi masalalariga bosh bo’lgan. 
25. Xiva xonligida yasovulboshi….. 
A) aholining tinchligi va osoyishtaligi bilan shug’ullangan 
B) xonlikdagi tartib intizom ishlariga bosh bo’luvchi xon qo’shinlarining bosh qo’mandoni 
C) sug’orish inshootlari va suv ta’minoti hamda taqsimotiga rahbarlik qilgan 
D) diniy ishlar va shariat qoidalariga rioya etilishi va amal qilinishi masalalariga bosh bo’lgan. 
26. Xiva xonligida shayxulislom….. 
A) diniy ishlar va shariat qoidalariga rioya etilishi va amal qilinishi masalalariga bosh bo’lgan. 
B) xonlikdagi tartib intizom ishlariga bosh bo’luvchi xon qo’shinlarining bosh qo’mandoni 
C) sug’orish inshootlari va suv ta’minoti hamda taqsimotiga rahbarlik qilgan 
D) aholining tinchligi va osoyishtaligi bilan shug’ullangan 
27. Xiva xonligida mirobboshi….. 
A) xonlikdagi tartib intizom ishlariga bosh bo’luvchi xon qo’shinlarining bosh qo’mandoni 
B) aholining tinchligi va osoyishtaligi bilan shug’ullangan 
C) sug’orish inshootlari va suv ta’minoti hamda taqsimotiga rahbarlik qilgan 
D) diniy ishlar va shariat qoidalariga rioya etilishi va amal qilinishi masalalariga bosh bo’lgan. 
28. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligida taxminan qancha otliqdan iborat qo’shin bor edi? 
A) 50 ming 
B) 60 ming 
C) 45 ming 
D) 40 ming 
29. Xiva xonligida qo’shinga kim qo’mandonlik qilgan? 
A) mirshabboshi 
B) otaliq 
C) lashkarboshi 

 
D) qo’shbegi 
30. Xiva xonligida askarlik xizmatida bo’lganlarga qanday imtiyoz mavjud edi? 
A) xirojdan ozod qilingan 
B) oila a’zolariga katta miqdorda maosh berilgan 
C) soliqlardan ozod qilingan 
D) katta yer berilgan 
31. Qo’qon xonligi bilan bog’liq xato javobni toping. 
A) xonlikda oliy hukmdor xon hisoblangan 
B) eng yuqori mansab mingboshi hisoblanib, u harbiy vazir hisoblangan 
C) xonlikni 1710-1876-yillarda ming sulolasi boshqargan 
D) xonlikning ma’muriy markazi Qo’qon shahri hisoblangan 
32. Qo’qon xonligida alohida harbiy bo’linmalarga kim rahbarlik qilgan? 
A) muhtasib-raislar 
B) mehtar 
C) qozikalon, qozilar 
D) mingboshi 
33. Qo’qon xonligida xazina ishlari va xarajatlarini kim nazorat qilgan? 
A) qozikalon, qozilar 
B) muhtasib-raislar 
C) mehtar 
D) mingboshi 
34. Qo’qon xonligida islom dini qoidalari asosida sud ishlarini kimlar olib borganlar? 
A) mehtar 
B) muhtasib-raislar 
C) mingboshi 
D) qozikalon, qozilar 
35. Qo’qon xonligida kimlar diniy ishlar, shariat qoidalariga rioya qilinishi, savdo-sotiqning to’g’ri 
yuritilishini nazorat qilganlar? 
A) mingboshi 
B) muhtasib-raislar 
C) mehtar 
D) qozikalon, qozilar 
36. Qo’qon xonligidagi tartib-intizom masalalari bilan kimlar shug’ullangan? 
A) mirshab 
B) qozikalon, qozilar 
C) muhtasib-raislar 
D) mehtar 
37. Qo’qon xoni zaruriyat tug’ilganda qancha askar yig’a olgan? 
A) 1200 aravaga ega bo’lgan 60 mingtacha askar 
B) 60 ming aravaga ega bo’lgan 12 mingtacha askar 
C) 12 ming aravaga ega bo’lgan 600 mingtacha askar 
D) 12 ming aravaga ega bo’lgan 60 mingtacha askar 
38. Xudoyorxon saroyi qachon qurilgan? 
A) XVIII asrda 
B) XIX asr o’rtalarida 
C) XIX asr oxrida 
D) XIX asr boshlarida
 
 
 
 
 

 
3-XIX asr o'rtalarida o'zbek xonliklarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti (29) 
Testlar 
1. Xiva xonligida ijaraga yer olgan dehqonlar qanday nom bilan atalgan? 
A) “chorikor” 
B) “muzoriy” 
C) “barzikor” 
D) “yarimchi” 
2. XIX asr o’rtalarida uchala xonliklardagi davlat yerlarini aniqlang? 
A) vaqf 
B) tanho 
C) amlok 
D) mulk 
3. XIX asr o’rtalarida uchala xonliklardagi xususiy yerlarni aniqlang? 
A) mulk 
B) tanho 
C) amlok 
D) vaqf 
4. XIX asr o’rtalarida uchala xonliklardagi masjid va madrasalarga, diniy muassasalarga tegishli 
yerlarni aniqlang. 
A) mulk 
B) amlok 
C) tanho 
D) vaqf 
5. Xonliklarda vaqf yerlaridan olinadigan foyda hisob-kitobi va taqsimoti bilan kim shug’ullangan? 
A) mirob 
B) sadr 
C) mushrif 
D) mutavalli 
6. XIX asr o’rtalarida aholi soliqlarni qanday ko’rinishda to’lashgan? 
A) pul 
B) A va B 
C) ishlab berishgan 
D) mahsulot 
7. Xonliklarda aholining ishlab berishi , mehnat majburiyati…….deyilgan 
A) hachi 
B) otlanuv 
C) begar 
D) obrok 
8. XIX asr o’rtalarida aholidan yig’ilgan soliqlar turlari xato berilgan javobni toping. 
A) ushr, qopchur, kalon 
B) xiroj, zakot 
C) mulk, tomorqa, bog’ 
D) suv, tegirmon, tuz 
9. Xiva xonligida asosiy soliq qanday nom bilan atalgan? 
A) zakot 
B) alg’ut 
C) salg’ut 
D) kafsan 
10. XIX asr o’rtalarida xonliklar chorvadorlaridan olingan soliq turini aniqlang? 
A) zakot 

 
B) alg’ut 
C) salg’ut 
D) kafsan 
11. XIX asr o’rtalarida xonliklar shahar aholisi-hunarmand va savdogarlardan olinadigan soliq turi 
xato berilgan javobni toping? 
A) qozon puli 
B) savdo puli 
C) do’kon puli 
D) tarozi puli 
12. O’rta Osiyoda qishloq xo’jaligi taraqqiyoti ……. 
A) sug’orish ishlarining holatiga bog’liq 
B) xonning qishloq xo’jaligiga ajratgan mablag’iga bog’liq 
C) A va B javoblar to’g’ri 
D) suv ta’minotining qay darajada ekanligiga bog’liq 
13. XIX asr o’rtalarida xonliklarda sug’orish ishlarini yuritish va nazorat qilish bilan 
shug’ullanadigan mutaxassislar bu…..? 
A) miroblar 
B) mutavallilar 
C) poykorlar 
D) jo’ybonlar 
14. XIX asr o’rtalarida Farg’onadagi aholi asosan qanday soha bilan shug’ullangan? 
A) sug’orma dehqonchilik 
B) hunarmandchilik 
C) chorvachilik 
D) savdo-sotiq 
15. O’rta Osiyoning qaysi hududida sug’orish ishlariga katta e’tibor qaratilgan? 
A) Zarafshon vodiysi 
B) Farg’ona vodiysi 
C) Qarshi vohasi 
D) Xorazm 
16. Farg’ona vodiysi yirik sug’orish inshootlari xato berilgan javobni toping. 
A) Oqdaryo, Norin 
B) Ulug’nor, Qoradaryo 
C) Shaxrixonsoy, Andijonsoy 
D) Marg’ilonsoy, Yangiariq 
17. Suv chiqishi qiyin bo’lgan joylarga suv chiqaradigan maxsus inshoot? 
A) charxfalak 
B) suv tegirmoni 
C) to’g’on 
D) chig’ir 
18. XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyo xonliklarida qishloq xo’jaligida asosiy ekinlar qaysi? 
A) paxta 
B) paxta va donli ekinlar 
C) poliz ekinlar 
D) donli ekinlar 
19. XIX asr o’rtalarida Marg’ilonda ixtisoslashgan hunarmandchilik sohalarini ko’rsating. 
A) do’ppichilik, pichoqchilik 
B) kulolchilik 
C) atlas to’qish, do’ppichilik 
D) zargarlik 
20. XIX asr o’rtalarida Rishtonda ixtisoslashgan hunarmandchilik sohasini ko’rsating. 
A) do’ppichilik, pichoqchilik 

 
B) zargarlik 
C) kulolchilik 
D) atlas to’qish, do’ppichilik 
21. XIX asr o’rtalarida Buxoroda ixtisoslashgan hunarmandchilik sohasini ko’rsating. 
A) kulolchilik 
B) do’ppichilik, pichoqchilik 
C) zargarlik 
D) atlas to’qish, do’ppichilik 
22. XIX asr o’rtalarida Shaxrixonda rivojlangan hunarmandchilik sohalari xato berilgan javobni 
toping. 
A) pichoqchilik 
B) duradgorlik 
C) zargarlik 
D) do’ppichilik 
23. O’rta Osiyoning qaysi hududida do’ppichilik, pichoqchilik sohalari yaxshi rivojlangan. 
A) Chust 
B) Xiva 
C) Shaxrixon 
D) Qo’qon 
24. O’rta Osiyoning qaysi hududida temirchilik, duradgorlik, zargarlik sohalari yaxshi rivojlangan. 
A) Qo’qon 
B) Xiva 
C) Shaxrixon 
D) Chust 
25. Xivada rivojlangan hunarmandchilikning sohalarini ko’rsating. 
A) do’ppichilik, pichoqchilik 
B) atlas to’qish, do’ppichilik 
C) zargarlik 
D) me’morchilik, ganchkorlik 
26. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligida yaxshi rivojlangan hunarmandchilik turlari xato berilgan 
javobni aniqlang? 
A) kulolchilik, temirchilik, miskarlik 
B) me’morchilik, ganchkorlik 
C) kandakorlik, badiiy kashtachilik 
D) zardo’zlik, shishasozlik, 
27. XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyo savdogarlari qaysi davlatlar bilan savdo qilganlar? 1.Eron 
2.Xitoy 3.Hindiston 4.Afg’oniston 5.Rossiya 6.qozoq juzlari 7.Ozarbayjon 8.Misr 9.Arab davlatlari 
A) 1,3,5,7,9 
B) 2, 4, 6, 8,9 
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 
D) 4,5,6,7,8,9 
28. XIX asr o’rtalarida xorijda yuqori baholangan O’rta Osiyo hunarmandlarining buyumlari xato 
berilgan javobni toping. 
A) shoyi va atlas 
B) pichoqlari 
C) zargarlik mahsulotlari 
D) kulolchilik buyumlari 
29. Agrar so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi? 
A) arabcha-o’lka 
B) yunoncha-yer 
C) inglizcha-sanoat 
D) lotincha-yerga, dalaga oid

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish