Yodda tuting!
2002-yil 13-dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq:
har bir fuqaro mansabdor shaxslarning qonunga xilof xatti-harakati yoki harakatsizligi ustidan yuqori organga shikoyat qilishga haqlidir;
basharti, fuqaro sudning qaroridan qanoatlanmasa, uning ustidan shikoyat qilishga haqlidir.
Davlat mustaqilligini qo’lga kiritib, O’zbekiston rivojlangan huquqiy demokratik davlatni barpo qilish va adolatli fuqorolik jamiyatni shakllantirish yo’lini tanladi.
Demokratik fuqorolik jamiyatni qurishni maqsad qilib qo’ygan har qanday davlatning demokratlashuviga xos xususiyatlarni ko’rsatuvchi shartlaridan biri-inson huquq va erkinliklarining qonunlarda to’liq belgilanishi hamda ularning ta’minlanishi uchun shart-sharoitlarning yaratilishi bilan belgilanadi. O’zbekistonda huquqiy demokratik davlatni qurishdan asosiy maqsad – ushbu davlatda yashovchi har bir fuqoroning huquq va erkinliklarini to’la ta’minlashdan iboratdir.
Tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki, inson huquq va erkinliklarini Konstitutsiyaviy va qonunlarda mustaxkamla- nishi muhim ahamiyatga egadir, ammo ularni amalga oshirishning kafolatlangan, himoyalangan imkoniyatlari bo’lmasa, ular quruq gapligicha qolib ketadi. Bunga yorqin misol totalitar tuzum hukmronlik qilgan sobiq ittifoq qonunlarida ham fuqorolarning ko’plab huquq, erkinliklari juda chiroyli qilib yozib qo’yilgan. Biroq ular hayotda amalga oshmay qoldi. Chunki kommunistik mafkura ko’p jihatdan sinflar, davlat to’g’risida qayg’urib, «inson»ni esdan chiqargan edi.
O’z istiqlol va erkin taraqqiyot yo’lini tanlab olgan O’zbekistonda qisqa davr ichida insonning huquq va erkinliklarini to’la amalga oshirish yo’lida diqqatga sazovor ishlar qilindi. Inson manfaatlarini ta’minlash davlatimizning eng ustuvor vazifalardan biriga aylandi.
Mamlakatimizda insonning huquq va erkinliklari to’g’risida 100 dan ortiq qonunlar, 200 dan ortiq qonun osti aktlari qabul qilindi.
Inson huquqlarini himoya qilish Konstitutsiyaning bosh g’oyasi va maqsadi hisoblanadi.
Inson huquq va erkinliklari kafolatlarining mazmun mohiyatini to’la tushunish uchun avvalo kafolat tushunchasiga to’xtalmoq zarurdir. O’zbek tilining izohli lug’atida bayon etilishicha ; «Kafolat» so’zi bu – mas’uliyatni, javobgarlini o’z zimmasiga olgan holda, ishontirish, kafillik, ta’minlash » ma’nosini bildiradi.
Kafolat – bu fuqarolarga qonunda belgilab qo’yilgan huquq va erkinliklarini amalga oshirilishini ta’minlashga yordam beradigan vositalar, usullar va shart-sharoitlardir .
Inson huquq va erkinliklarining huquqiy kafolatlari deyilganda shaxslarning Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan huquq va erkinliklarning amalda haqiqiy bajarish uchun zarur sharoit va barcha imkoniyatlarni yaratish tushuniladi.
Kafolat, kafolatlash bu -- Konstitutsiya, qonunlarda ko’rsatilgan imkoniyatlarni hayotda amalga oshirish, huquq va erkinliklarga ega bo’lish demakdir . Fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash Konstitutsiyada ko’rsatilgan huquq va erkinliklarga egalik qilish bilangina cheklanmasdan, ulardan to’liq foydalanish va ularni har qanday noqonuniy buzulishdan muhofaza qilish hamdir.
Konstitutsimizning mohiyati insonga munosib hayot sharoitlarning yaratish, uni baxtli qilishdan iborat. U jamiyat va uning a’zolari oldiga buyuk maqsadlar qo’yadi. Ana shu ezgu maqsadga erishishning yo’llarining o’zida mujassam etadi. Shu o’rinda davlat, oila va jamiyat manfaatlari, sodda qilib aytsak, davlat va inson manfaatlari uygunlashib borgan sari jamiyat rivojlanib, olg’a siljib boradi.
Konstitutsiyaning asosiy huquqiy hujjat sifatidagi qimmati shundaki, u jamiyat a’zolarining tengligini qayd etadi, unga kafolatlar beradi. Huquqiy kafolatlarning mohiyati davlat, uning orgonlari va mansabdor shaxslar fuqarolarning huquqlarini va erkinliklarini amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratish, ularni amalga oshirish uchun doimiy ravishda zarur vositalari bilan ta’minlanishda ifodalangan burchida namoyon bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi insonlarga ma’lum huquq va erkinliklarini mustaxkamlab berish bilan birga ularni to’liq amalga oshirish uchun;
iqtisodiy;
siyosiy va huquqiy kafolatlar bilan ta’minlaydi.
Iqtisodiy sohadagi kafolatlar shundan iboratki, Ozbekiston Respublikasi Konstitsiyasi va qonunlarida korsatilgan va jamiyatning iqtisodiy negizini tashkil etuvchi mulk skakllarining xilma-xillgidir. Hamda barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jinatdan barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Siyosiy huquq va erkinliklarning kafolatlanganligi shundan iboratki, Konstitutsiyaga binoan xalq davlat hokimyatining birdan-bir manbai ekanligi; davlat hokimyati tizimi hokimyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyatiga bo’linish prinsipiga asoslanganligi; O’zbekiston- da ijtimoiy hayotning siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi; hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emasligidir.
Demokratiyaga zid bo’lgan xarakatlar, terrorizm ilgari o’z kirdikorlarini jahon jamoatchiligida yashirib kelgan bo’ls, XXI-asrga kelib, o’zlarining yovuz niyatlarini qo’poruvcilik ishlarini ochiq-oydin ma’lum qilib kelmoqdalar. Aksariyat mamlakatlar terrorizm balosidan qattiq zarar ko’rmoqda. Terrorizm mustaqil O’zbekistonni xam chetlab o’tmadi . 1999 yil 16 fevral voqealari , 1999, 2000 yillarning avgust , sentabr oylarida O’zbekiston va Qirg’izistonning tog’li xududlarida, 2004 yili 29-30 mart , 1 aprel va 30 iyul kunlari mamlakatimizda sodir etilgan xamda 2005 yil 13 may kuni Andijonda uyushtirilgan mudxish voqealar xalqimizning, butun jaxon jamoatchi- ligining qaxru g’azabini qo’zg’tdi . Bundan 10 yil oldin Angliya va Amerika maxsus xizmatlari tomonidan tashkil etilgan “Xizbut-taxrir” ekstrimistik partiyasi va uning tuzulmalari Markaziy Osiyo davlatlari xududini o’zining faoliyat maydoniga aylantirib olgan edi . Bunday yovuz kuchlar bizning tinch, osoishta yurtimizga xam bot-bot xamla qilishga urunib ko’rishmoqda. Terrorizm mustaqil O’zbekistonimizga jirkanch yuzini ko’rsatmoqchi. Buning bir necha sabablari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |