Birinchidan , O’zbekiston Markaziy Osiyoda tinch-barqaror rivojlanayotgan mamlakat.
Ikkinchidan , xalqimiz Prezident I.Karimov boshchi-ligida o’tish davri qiyinchiliklarini chidam, sabr va matonat bilan engmoqda.
Uchinchidan , xalqimiz o’ziga xos, o’ziga mos odil, demokratik yo’ldan bormoqda.
To’rtinchidan , vatanimiz dunyo tan olgan iqtisodiy, ijtimoiy, ma’rifiy soxalarda rivojlanishining milliy modelini yaratdi.
Beshinchidan , yurtimizdagi bexisob tabiiy boyliklar, uning geostrategik sharoitini, jaxondagi ayrim kimsalarning bizga nisbatan faqat xayrihohlik yoki havas tuyg’usini emas, balki xasad qora niyatlarini xam uyg’otmoqda .
Bu esa endigina mustaqillikning qo’lga kiritib, o’ziga xos taraqqyot yo’lini tanlagan O’zbekiston va unga qo’shni mamlakatlar xalqlari taqdiri uchun juda katta xavf tug’dirmoqda.
Istiqlolning dastlabki yillaridayoq bir tomondan xalqaro tartibot o’zgarib, xalqaro siyosatnig o’yin qoidalari shakllanayotgan, xalqaro munosabatlarning globallashuvi kengayib, uning ijobiy jixatlari bilan bir qatorda, salbiy oqibatlari xam kuchayib borayotgan sharoitda bevosita Prezidentimiz raxbarligida tashqi siyosatning ustivor yo’nalishlari va asosiy tamoyillari belgilandi xamda og’ishmay amalga oshirilib kelinmoqda.
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat;
- mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar xamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
- davlatlarning suveren tengligi va chegaralari daxlsizligini xurmat qilish;
- nizolarni tinch yo’l bilan xal etish;
- kuch ishlatmaslik va kuch bilan taxdid qilmaslik;
- inson huquqlari va erkinliklarini xurmatlash;
- ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi;
- davlatlararo aloqalarda teng huquqilik va o’zaro manfaatdorlikning ustunligi;
- tashqi aloqalarni xam ikki tomonlama, xam ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish xisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik.
Bu tamoillarga xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari asos qilib olingan.
Bugungi kunda terrorizm yirik moliyaviy tuzumga ega bo’lgan kuch bo’lishi bilan birga ulkan biznes manbaiga aylangan . Xozirgi vaqtga kelib uning bir yillik moliyaviy aylanmasi 1,5 trillion AQSH dollariga teng. Bu dunyoda yalpi ichki mahsulotning 5 foizini tashkil etadi.
Mamlakatimizda bo’layotgan o’zgarishlardan millati, elatidan qat’i nazar barcha fuqorolarimizning chuqur va keng xabardor bo’lib borishiga erishish zarur. Chunki mamlakat tinchligiga, uning taqdiriga, kelajagiga daxldorlik tuyg’usini kamol toptirishda buning o’rni beqiyosdir.
Topshiriq
Quyidagi vaziyatlarda inson huquqlarini himoya qilishning qaysi mexanizmlaridan foydalanish mumkin?
Sizni ta’qib qilishmoqda, Sizga jazolash bilan tahdid solishmoqda, tinimsiz qo‘ng‘iroq qilishayapti, haqoratlashmoqda. Nima qilmoq kerak?
Sizni jinoyat sodir etganlikda ayblashyapti. Qaysi tashkilotning himoyasiga tayanishingiz mumkin? Bunday vaziyatda qanday ish tutish kerak?
Siz adolatsiz jabrlanganigizga, Sizni hafa qilishganiga, haqoratlashganiga ishonch hosil qildingiz. Nima qilmoq kerak?
Kechqurun o‘rtog‘ingiz bilan mashg‘ulotlardan qaytayapsiz. Sizni militsioner to‘xtatdi,militsiya bo‘limiga olib ketmoqchi bo‘lib turibdi. Bunday vaziyatda o‘zingizni qanday tutishingiz kerak?
To‘qqizinchi sinfdagilarga yozgi amaliyotni o‘tamagunlariga qadar hujjatlarini bermay turishdi. Maktab ma’muriyatining xatti-harakati qonuniymi? Basharti, shunday bo‘lsa, o‘z javobingizni asoslab bering. Bordi-yu aksincha bo‘lsa, sizningcha, qanday choralar ko‘rish kerak?
III. Xulosa.
Huquq va erkinliklar kafolatlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |