A. “Intilganga tole yor”, - deydi xalqimiz.
B. Donodan so‘radilar: “Ey donishmand kishi uchun eng yaxshi narsa nima?”
C. Payg‘ambardan bir kishi so‘rabdi: “Ey Rasululloh, men kimni hurmat qilay?”
D. “Millatlarni, elatlarni, - deydi M.Ulug‘ova – buyuk do‘stlik birlashtiradi”.
14. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap berilgan javobni aniqlang.
A. Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam.
B. Boshingga tashvish tushmasa, qaytib kelmasding.
C. Kimki bo‘lsa dilozor, undan el-u yurt bezor.
D. Shunday odamlar borki, kelajakni oldindan bashorat qila oladilar.
15. Yaxshi o‘g‘il – el obro‘si,
Yaxshi qiz – uy obro‘si.
Qo‘shma gap turini aniqlang.
A. bog‘lovchisiz qo‘shma gap B. bog‘langan qo‘shma gap
C. ergashgan qo‘shma gap D. ko‘chirma gapli qo‘shma gap
16. Shuni bilingki, dunyoda tinchlikdan ulug‘roq ne’mat yo‘q. Ergash gap turini aniqlang.
A. ega ergash gap B. kesim ergash gap
C. hol ergash gap D. to‘ldiruvchi ergash gap
Do'stlaringiz bilan baham: |