22-Darsning mavzusi: Dastlabki salib yurishlari
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga dastlabki salib yurishlari haqida ma’lumot berish, ularning ishtirokchilari, boshliqlari va natijasi haqida tushuncha hosil qilish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarda bosqinchilik va uning oqibatlari haqida tasavvurlar hosil qilish orqali ularga qarshi fikrlilikni tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O’quvchilar siyosiy ongini va dunyoqarashini rivojlantirish.
Dars turi: aralash
Dars uslubi: og’zaki, yozma
Dars usuli: ma’ruza, test, savol-javob, jadval tuzish
Dars jihozi: darslik, xarita, kartotekalar
Darsning blok chizmasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. Uy vazifasini so’rash 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar eshitish.
II. Uy vazifasini so’rash:
1 . Cherkov yig’inlari- nechanchi asrdan xristian cherkovi oily ruhoniylarining: cherkovni nazariy, amaliy, boshqarish muammolarini hal etish uchun chaqiradigan quriltoyi hisoblanadi?
A. IV asrdan B. V asrdan C. II asrdan D. III asrdan
2. Vizantiya poytaxti Konstantinopolda 1096-yilning kuzidan to`plana boshlagan ritsarlarni imperator Aleksey I vassallik qasamyodini qabul qildirish, erishadi. Uning ma`nosi …
A.Yaqin Sharqda tuzilajak xristian davlatlari Vizantiyaga siyosiy qaram bo`lishi lozim edi.
B.Yaqin Sharqda tuzilajak xristian davlatlaridan olinadigan daromaddan bir qismini Vizantiyaga berish lozim edi
C. Yaqin Sharqda tuzilajak xristian davlatlari Vizantiyaga xavf solmasligi lozim edi
D. Yaqin Sharqda tuzilajak xristian davlatlari dinning provaslav oqimini qabul qilishi lozim edi
3. Salib yurishlari nechanchi yillarni o’z ichiga oladi?
A. 1095-1276 yy B. 1085-1995 yy C. 1096-1270 yy D. 1122-1224 yy
4.Falastinda "sut va asal daryo bo`lib oqishi, Quddus yerning kindigi, jannatmakon hosildor yerli o`lka" ekanligini ta`kidlagan rim papasini aniqlang?
A. Grigoriy IX B. Urban II C. Grigoriy V D. Innokentiy III
5. Salib yurishlari katolik cherkovi tomonidan necha marotaba tashkil qilingan edi?
A. 5 B. 8 C. 12 D. 6
Do'stlaringiz bilan baham: |