9-sinf jahon tarixi fanidan



Download 2,61 Mb.
bet134/148
Sana30.05.2023
Hajmi2,61 Mb.
#946494
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   148
III.Yangi mavzu bayoni:
Tonggi tarovat” mamlakati. Choson (koreyschadan ”Tonggi tarovat”) davlati ilk qadimgi koreys davlatidir. Mazkur davlatning asoschisi afsonaviy Tangun hisoblanadi. Tangun Pxenyanda mil.avv. 2333-yilda Choson qirolligiga asos soladi va bu qirollik mil. Avv. II asrgacha hukm suradi. Koreyslar Tangun davrini koreys xalqining tashkil topish davri deb hisoblashadi.
O’zaro kurashlar v xitoyliklar bilan bo’lgan janglar mil.avv. I asrda Qadimgi Chosonni uch qirollikka - Pekche, Silla va Koguryoga bo’linib ketishiga olib keldi.
Uch qirollik davri. Koguryo davlatiniing tashkil topgan davri haqida tarixchi olimlar yagona fikrga kela olishmagan. Lekin u IV-V asrlarda Koreya yarim orolining shimoliy qismi , qo’shni Lyaodun yarim orolini egallagan yirik davlat bo’lgan. Koguryo qirolligining qo’shini o’zining jangovarligi bilan ajralib turgan. Ular birin-ketin qo’shni hududlarni zabt etadi. Milodiy 313-yilda Koguryo xitoylarni batamom o’z hududidan surib chiqaradi va har jihatdan rivojlangan qudratli davlatga aylanadi. Bu davrda dehqonchilik, metall quyish va unga ishlov berish, to’qimachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. Keyinchalik Koguryo o’rniga Parxe davlatiga asos solinadi. Parxe qirolligi IX asrning birinchi yarmida o’zining qudrat cho’qqisiga erishadi. Qirollik Yaponiya bilan elchilik aloqalarini o’rnatadi. X asrda ko’chmanchi kidanlar zarbasidan so’ng davlat parchalanib ketadi. Koreya yarimorolining janubiy qismida III-IV asrlarda Pekche davlati vujudga keladi. Pekche qirolligi IV asrda markazlashgan davlatga aylanadi. Ilk Budda tasvirlari Yaponiyaga ayni Pekche qirolligi davridan yetib boradi. O’rta asrlarda pekchelik tabib, hunarmand va olimlar hozirgi Yaponiyaning ijtimoiy va madaniy hayoti asoslari shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatgan. Hattoki, pekchelik olim Van In Yaponiya taxt vorisi bo’lgan shahzodaga ustozlik qilgan. Pekche sulolasi hukmdorlari orqali Koreyaga xitoy yozuvlari va iyerogliflari hamda buddizm kirib keladi.
Silla qirolligi Koreya yarimorolining janubi-sharqida joylashgan. Dastlab Uch qirollik ichida Silla qirolligi eng zaifi va kam taraqqiy etgani edi. 668-yilda Silla qirolligi Xitoydagi Tan sulolasi bilan ittifoq tuzib, Koreya yarimorolini o’z hokimiyati ostida birlashtirdi va Koreya yana yagona davlatga aylandi. Mamlakatning birlashuvi Koreyada yer egaligi munosabatlarining uzil-kesil shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. O’zaro urushlarga chek qo’yilishi, qo’shni davlatlar bilan tinchlikning o’rnatilishi mamlakatda ishlab chiqarish kuchlari rivojiga katta yo’l ochadi. VIII asr o’rtalarida Sillaning oltin davri boshlandi. Ushbu davrda o’z taraqqiyoti va qudratiniing cho’qqisiga erishadi. Maorif gullab yashnaydi, ilk bor milliy koreys universitetiga asos solinib, unda mumtoz xitoy adabiyoti o’rgatilgan. Budda ibodatxonasi hisoblangan Pulguksa quriladi.

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish