9-sinf jahon tarixi fanidan



Download 2,61 Mb.
bet144/148
Sana30.05.2023
Hajmi2,61 Mb.
#946494
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148
III.Yangi mavzu bayoni:
Afrikaning tropik o’rmonlarida pigmeylar, bushmenlar kabi turli qabilalar yashashardi. Ular ovchilik bilan shug’ullanishgan. Nayza, kamon va o’q-yoy bu qabilalarning asosiy qurollari edi. Qarindosh-urug’larning kichik-kichik guruhlari chaylalarda yoki shox-shabbalar ostidagi ayvonlarda istiqomat qilishardi. Janubiy Sahroyi Kabir ko’chmanchilari chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Suvga serob o’lkalar xalqlari esa dehqonchilik bilan shug’ullanishgan. Ular yerni temir uchli so’qa bilan ag’darishgan. So’qa mahalliy tuproqqa moslashtirilgan ish quroli edi. Tariq, sholi, paxta va shakarqamish yetishtirish qishloq xo’jaligi tarmoqlaridan edi. Afrikaliklar qadim zamonlardayoq sopol o’choqlarda temir eritishni bilishgan. Hunarmandlar mehnat qurollari, qurol-aslaha, idish-tovoq, gazlama, shisha va charm buyumlar yasar edilar. Niger va Senegal daryolari orasidagi pasttekislikda G’arbiy Sudan joylashgan edi. Niger daryosi sohillarida G’arbiy Sudanning asosiy shaharlari - Tombuktu, Gao, Janna qad ko’targandi. G’arbiy Sudanning janubida juda ko’p oltin konlari bo’lgan. G’arbiy Sudan orqali Gvineya ko’rfazidan O’rta Yer dengizi sohillarigacha eng muhim savdo yo’llari o’tgan. Dehqonlar Sahroyi Kabir chegarasida yashovchi ko’chmanchilar bilan savdo-sotiq qilishardi. Ko’chmanchilar mahalliy aholiga zarur bo’lgan tuz, teri va chorva mollarini bug’doy hamda hunarmandchilik buyumlariga ayirboshlar edilar.
Afrikaning eng qadimiy davlatlaridan biri Gana edi. Oltin va tuz savdosi bu davlatga juda katta daromad keltirgan. Gana kamonchilar va suvoriylardan iborat qo’shinga ega bo’lgan. XI asr oxirida arablarning Marokash sultonligi Gana poytaxtini bosib olgan va vayron qilgan. Gana shohi sultonga xiroj to’lab turishga majbur etilgan. Zodagonlari islom dinini qabul qilgan. Tez orada mustaqillikka erishgan Ganani keyinchalik Mali davlati o’ziga tobe etgan. Malining gullab-yashnashi XIII asrga to’g’ri keladi. Kuchli qo’shini bo’lgan Mali hukmdori karvon yo’llari va oltin qazib oladigan qo’shni yurtlarni bosib olgan. Hukmdor va uning yaqinlari islom dinini qabul qilishgan. Shundan so’ng Mali shaharlariga Shimoliy Afrikadan kelgan musulmon savdogarlari joylasha boshlagan. Mali aholisi jamoa bo’lib yashardi. Jamoa oqsoqollari yerlarni jamoaga bo’lib berar, ularning mehnatini boshqarib, harbiy yurishlarda jangchilarga qo’mondonlik qilishardi. Mali hukmdori bosib olingan viloyatlarga qo’shin boshliqlari va qarindosh-urug’laridan noiblar tayinlardi, jangchilariga yerlar in’om qilar, jangchilar aholidan soliq undirardi. Shu tariqa Malida yer egaligi tartiboti qaror topa borgan. Vaqt o’tishi bilan Mali kuchsizlana boshladi. Bunga viloyatlarning mustaqillikka intilishlari, taxt uchun kurashning avj olganligi sabab bo’ldi. O’zaro nifoqlardan foydalangan qo’shni davlatlar mamlakatni bosib olib, vayron qildi. XV asrda Mali butunlay inqirozga uchradi. Mana shu davrda Songai davlati mustahkamlandi. Mamlakat zodagonlari 500 dan 1000 gacha tobe aholisi bo’lgan qishloqlarga egalik qilishardi. Tobe aholi yer-mulk egasiga obrok, davlatga esa soliq to’lashardi. Ozod jamoa a’zolari ham zodagonlarga qaram bo’lib qolishardi. XVI asr o’rtalarida Songai zaiflasha boshlagan. Hukmdorning oliy martabalarni egallagan qarindoshlari taxtni egallash uchun fitna uyush­tirar edilar. Shaharlardagi musulmon zodagonlar (qozilar, ruhoniylar, savdogarlar) hukmdor bilan deyarli hisoblashmay qo’ygan edi. Ichki janjal va nizolar davlatni zaiflashtirgan. XVI asr oxirida Marokash sultonligi Songaini bosib olgan. Gvineya ko’rfazi sohillarida ham bir qancha davlatlar vujudga kelgan. Bulardan eng kuchlisi Benin edi. Undan janubroqda XIII asrda Kongo davlati tashkil topdi.
Afrika xalqlarida ko’pgina qadimiy afsona va ertaklar saqlanib qolgan. Ular qimmatli tarixiy manbalar bo’lib ham xizmat qiladi. Ayniqsa, G’arbiy Sudan xalqlari madaniyati rivojlandi. Islom qabul qilinganidan keyin bu yerda arab mamlakatlari me’morlari machitlar, saroylar, qasrlar, jamoat binolari (kasalxona, hammom, istirohat bog’lari va boshqalar) qurganlar. Musulmon maktab, madrasalari ishga tushirilgan. Tombuktu madrasasida ilohiyot bilan birga tarix, fiqh (qonunchilik), matematika, astronomiya ham o’qitilgan. Afrikaliklar san’atda katta muvaffaqiyatlarga erishganlar. Yog’och va jezdan yasalgan haykallar va niqoblar ifodaviyligi bilan kishilarni hayratga solgan. Benindagi shoh saroyi zallari va galereyalarida podsholaru a’yonlarning jez lavhalarga ishlangan bo’rtma rasmlari topilgan. Bu lavhalarda ov, urush, saroy hayoti sahnalari aks ettirilgan.



Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish