Monarxiya (yunoncha) - yakka hukmronlik.
Anarxizm (yunoncha - hokimWatsizlik, beboshlik) - alohida bir shaxsning xohish-irod asinigiim tan onb, har qanday hokimiyat va davlat tuzumini rad etuvchi ta’limot. Shovinizm - irqiy ayirmachilik va milliy nizoni avj oldirishga urinuvchi o‘taketgan millatchilik. Siyosiy reaksiya-taraqqiyotga qarshi, eskirgan ijtimoiy tartiblami saqlab qolish tarafdori bo‘lgan siyosiy kuch. Bundesrat(Ittifoq Kengashi)-Germaniya Parlamentining yuqori palatasi Reyxstag-Germaniya parlamentining quyi palatasi. Kansler-bosh vazir Koalitsiya (lotincha - birlashgan) - bir yoki bir qancha davlatlarga qarshi birlashib harakat qilish uchun ikki yoki undan ko‘p davlat- laming tuzgan vaqtinchalik harbiy-siyosiy ittifoqi. Ekspansiya (lotincha - kengaytirish) - mustamlakachi davlatlaming o‘zgalar hududini va bozorlarini, xomashyo manbalarini bosib olish- ga, siyosiy va iqtisodiy ta’sir doiralarini kengaytirishga qaratilgan siyosatlari. Kapital (lotincha - bosh, asosiy) - sarmoya; o‘z egasiga daromad keltiruvchi jami vositalar va mablag‘lar. Ya’ni qiymat keltiruvchi, o‘zini o‘zi ko‘paytiruvchi qiymat; pul topuvchi pul. Gomrul - o‘z-o‘zini idora qilish ^dandiyada).Boykot - inkor qilish. Korporatsiya (lotincha - birlashma) - monopolistik aksiyadorlar bir- lashmasi. Latifundiya (lotincha) - katta yer-mulk. Ku-kluks-klan - irqchilik, terrorchi tashkilot. Linch sudi - AQSHda qora tanli kishilar va demokratik harakat qatnashchilarini sudsiz va so‘roqsiz jazolash. Rezervatsiya (lotincha - saqlayman) - biror davlatda tub joy aholisining omon qolgan qismini zo‘rlab joylashtirish uchun ajratilgan hudud. Segregatsiya (lotincha - bo‘lish) - ayrim davlatlarda aholini majbu- ran irqiy guruhlarga bo‘lish. Davlat departamenti - AQSH tashqi ishlar vazirligi. Doktrina (lotincha - ta’limot) - siyosiy rahbarlik tamoyili.Nota (lotincha) - bir davlatning boshqa davlatga yozgan rasmiy murojaatnomasi. Diktatura (lotincha - cheklanmagan hokimiyat) - hech qanday qo- nun bilan cheklanmagan, zo‘rlikka tayanuvchi hokimiyat. Muxolifat - amaldagi hukumat siyosatiga qarshi kuchlar. Abolitsionizm (lotincha - yo‘qotish, bekor qilish) - qora tanlilami qullikdan ozod qilish harakati. Milya - 1609,3 metrga teng uzunlik o‘lchovi. Samoderjaviye - Rossiyada monarxiyaning cheklanmagan davlat ti- J zimi, mustabid hokimiyat. Islohot - biror sohadagi mavjud tartiblami tubdan o‘zgartirish. Agrar islohot - yer-suv, yerga egalik va yer~suvdan foydalanishga oid tartiblami qayta o‘zgartirish. ^ Chorizm - Rossiya imperatorining, monarxiyaning cheklanmagan hokimiyatini asoslovchi davlat tuzumi. Demobilizatsiya - harbiy xizmatdan bo‘shatish. Traktat - xalqaro shartnoma, bitim.
Do'stlaringiz bilan baham: |