Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni do`stlik ruhida tarbiyalsh, do`stlikning qadriga yetishga o`rgatish,kirishimlilik,muomala madaniyatiga ega bo`lish orqali ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyani shakllantirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
-Yozma va og`zaki nutqda egallagan bilimlarini hayotda qo`llay olishga o`rgatish.
-Tasdiq va inkor gaplarni yozma va og`zaki nutqda to`g`ri qo`llashga o`rgatish.
Darsning turi: Interfaol, yangi bilim beruvchi.
Darsning jihozlanishi: Kitoblar, rasmlar, tarqatma materiallar, proyektor,kompyuter.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish,darsni tashkil qilish,sinf o`quvchilarining darsga tayyorligini tekshirish va davomatni aniqlash.
O`tilgan mavzular yuzasidan takrorlash:
Uyga berilgan vazifani so`rash va tekshirish,`quvchilar bilan suhbat o`tkazish
Yangi mavzu bayoni va uni mustahkamlash:
6- topshiriq. Matnni o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering.
Ertalab Mirak naqqosh keldi, gap orasida oʻzining favqulodda iste’dodga ega boʻlgan bir shogirdini eslatib oʻtdi, uning naqqoshlikdan koʻra rasmga koʻngli moyilligi, ham ajoyib rasmlar ishlay boshlaganini ustod samimiy gʻurur bilan aytgach, Navoiy juda qiziqdi. Boshqa gaplarni yigʻishtirib, uni surishtira boshladi.
– Bizning Kamoliddin Behzod hirotlik yetim bola edi, – dedi Mirak naqqosh, – rahmim keldi. Mening san’atimdan oʻzga shogirdlarim qatorida bahramand boʻlsa, yetim bola uchun tirikchilik yoʻli ochilur, degan andisha bilan uni shogirdlikka oldim. Zehni behad baland, qoʻli oltin ekan. San’atda juda tez ilgarilab ketdi.
Navoiy devonga borib, har kungi vazifasini bajarardi... Devondan chiqdi... Otga minib, Husayn Boyqaro qurdirayotgan Bogʻi Jahonoro- dagi saroylar, koʻshklarning ichki bezaklarini tomosha qildi. Kechga yaqin uyga qaytganda, Mirak naqqosh oʻz shogirdi bilan kutib oʻtirardi. Navoiy Kamoliddin Behzod bilan ulugʻ ogʻadek samimiy mehribonlik bilan koʻrishdi. Yosh rassom uzun boʻyni, ingichka gavdasida noziklik bilan pishiqlik goʻzal birikkan, oʻn besh-oʻn olti yashar oʻspirincha edi. Uning fikr, ilhom turgan qora koʻzlarida uyatchanlik va toza, ulugʻ ruhga xos qandaydir ma’sumlik jilvalanardi. Naqqoshning olacha toʻnli shogirdi dongdor shoir ham davlatning ulugʻ odami qarshisida qizardi.
Navoiy ularni oʻz xonasiga olib kirdi. Mirak naqqosh eskigina juzdonini ochib, shogirdining ayrim, maxsus qogʻozga solingan rasmlarini shoirga birma-bir taqdim eta boshladi. Navoiy birinchi varaqni qoʻliga olib, bir lahza diqqat bilan tikildi-da, Mirak naqqoshga ma’nodor qarab qoʻydi. Koʻzlarini suzib, yana tikildi. Koʻzlarini uzoq vaqt uzmadi. Mirak naqqoshning ta’rificha, qo‘li oltin bolaning chizgani jivir-jivir gullar, barglar, chiziqlar nozikligi, jonliligi, be- misl she’riyati bilan goʻyo uning koʻzlarini, ruhini sehrlagan edi. Boʻyoqlarning nafis ohangi, tong chogʻi toza zangori ufqlarga taram- taram yugurgan nurlardagi kabi benihoyat nozik tovlanar edi. Navoiy orom va hayajon bilan chuqur nafas oldi. Ikkinchi rasmni koʻrdi.
Ayni ruh, lekin yana boyroq, yana nafisroq… Mana ov tasviri, ohular goʻyo qogʻozdan sakrab oʻynoqlab ketayotganday tuyiladi. Bunda har bir nuqta koʻz kabi jonli. Navoiy oʻnga yaqin rasmni benihoyat toʻla zavq bilan tomosha qildi.
Kamoliddin Behzod ichki bir hayajon bilan boshini quyi solib oʻtirar, ba’zan bir zumgina Navoiyga koʻz qirini tashlab qoʻyardi. Mirak naqqosh uning oʻz koʻzi oldida yaratilgan bu rasmlarni goʻyo ilk daf’a koʻrgandek, zafqlanib tomosha qilar, Navoiy bilan fikr olishuvga tirishar edi. Nihoyat, shoir koʻzlarida yongan quvonch bilan yosh rassomni tabrikladi:
Bu koʻhna jahon, – dedi u shavq bilan, – sizningdek san’atkorni hanuza koʻrmagan edi. Qalamingizning husni har qanday ta’rifdan benihoyat balanddir. Bu kamolotni oliylashtirmoq yoʻlida samimiy harakat qilingiz.
Kamoliddin Behzodning yuzi allaqanday yorugʻlanib ketdi, titroq
lablar bilan dedi:
Ulugʻ iltifotingiz uchun ne til bilan tashakkur etmoqni bilmaymen, bu tasvirlar shogirdbachchangizning mashqlaridir, qalamim ustodlarning ta’limiga gʻoyat muhtojdir.
Ta’lim olmoqdan hech vaqt yuz oʻgirmangiz! – dedi Navoiy.
(Oybekning „Navoiy“ romanidan parcha)
Do'stlaringiz bilan baham: |