Darsning bosqichlari
|
Dars vaqti taqsimoti
|
Dars mazmuni
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
Salomlashish
Davomatni tekshirish
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari bilan tanishish
|
2
|
Kirish
|
12 daqiqa
|
O’tilgan mavzuni o’zlashtirilganini tekshirish
O’tilgan mavzuni mustaxkamlash
|
3
|
Asosiy qism
|
15 daqiqa
|
Mavzu: Janubiy Amerika va Karib dengizi va Atlantika okeani havzasi mamalakatlarining umumiy tavsifi
Umumiy tavsif
Hududi, geografik o’rni
Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari
|
4
|
Mustahkamlash
|
daqiqa
|
Tarqatma materiallar, jadvallar va diagrammalar bilan ishlash
O’z-o’zini baxolash
Xaritalar bilan ishlash
|
5
|
Yakuniy qism
|
daqiqa
|
O’quvchilarni baxolash
Uyga vazifa
|
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish
tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish
Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish
Honani darsga tayyorlash
O’quvchilar davomatini aniqlash
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari
2. O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
5. Uyga vazifa.
O’tilgan mavzuni so’rab baholash:
Kanadaning geografik o‘mini baholang.
Nima uchun Kanada «Sakkizlik davlatlari» qatoriga qo‘shilgan?
Kanada aholisining hududiy joylashishiga xos xususiyatlami belgilang.
Kanada iqtisodiyotida nima uchun sanoat asosiy o‘rin egallaydi?
Yangi mavzu bayoni
Panama davlatidan janubda joylashgan barcha davlatlar hamda Karib va Atlantika havzasi mamlakatlari Janubiy Amerika, Karib dengizi va Atlantika okeani havzasi mamlakatlari deb ataladi. Ma’iumki, Amerika qit’asi kashf etilganidan so‘ng, ko‘p o‘tmay, Janubiy Amerika, asosan, Ispaniya va Portugaliya tomonidan bosib olingan va mustamlakalarga aylantirilgan edi.
XIX asr davomida Janubiy Amerikadagi ko‘pchilik davlatlar o‘z musta- qilliklarini qo‘lga kiritdilar. So‘nggi mustamlakalar XX asming 60—70-yillariga kelib ozodlikka erishdilar (Gvianadan boshqa). Endilikda bu mintaqada 12 ta mustaqil davlat va 1 ta (Gviana) mustamlaka mavjud. Karib va Atlantika havzasida esa mamlakatlaming umumiy soni 27 ta.
Janubiy Amerika, Karib va Atlantika havzasi mamlakatlari umumjahon geogmfik mehnat taqsimotida alohida o‘rin tutadi. Bu mintaqa mamlakatlari, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar qatorida joylashgan.
Janubiy Amerikada 3 subregion ajralib turadi:
Amazonka va La-Plata tekisliklari.
And mamlakatlari.
Karib havzasi va Atlantika okeanida joylashgan mamlakatlar.
Mintaqaning umumiy maydoni 18,0 mln. km2 bo’lib, unda 451 mln. Kishidan ziyod aholi yashaydi. Shundan 17,8 mln. km2 maydon va 401,3 mln. ga teng aholi Janubiy Amerikaga to‘g‘ri keladi.
Hududi, chegaralari, geografik о‘rni. Janubiy Amerikaning hududi Shimolda Panama davlat chegaralaridan boshlanib, janubdan to Olovli Yer orollarigacha cho‘zilgan.
Janubiy Amerika, Karib dengizi va Atlantika okeani havzasi mamlakatlarining gebgrafik o‘mi xususiyatlarini, asosan, ulaming Atlantika va Tinch okeanlari bilan o‘rab turilishi belgilaydi. Boliviya va Paragvaydan boshqa barcha mintaqa davlatlarining ana shu okean havzalariga tutashligi ulaming jahon bozorlari bilan bog‘lanishida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. 1914-yilda qurilgan Panama kanali Janubiy Amerika va Karib havzasi mamlakatlari IGO‘ (Iqtisodiy-geografik o‘rni) ni keskin yaxshiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |