Yangi mavzuni mustahkamlash
Darslik matni va «Atlas»dan foydalanib, Janubiy Amerikaning Lotin Amerikasidan qanday farqlanishini aniqlang.
Janubiy Amerikaning qaysi mamlakatlarida mahalliy hindular va qaysi mamlakatlarida yevropeoid irqiga mansub aholining eng ko‘p tarqalganligini va buning asosiy sabablarini aniqlang.
Sanoat ishlab chiqarishining hududiy jihatdan monosentrik holda joylashishi sabablarini aniqlang va ular eng ko‘p qaysi mamlakatlarga xosdir?
Kofe, shakarqamishvabananyetishtiruvchi eng yirik mintaqa mamlakatlarini aniqlang.
Uyga vazifa: mavzu xaqida tushunchalarni daftarga yozib, atamalarga izox keltiring.
.
Sana: ______ ______ 20______yil
9 - sinf. Fan: Geografiya
Mavzu: Braziliyaning umumiy iqtisodiy-geografik tavsifi.
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
T/R
|
Darsning bosqichlari
|
Dars vaqti taqsimoti
|
Dars mazmuni
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
Salomlashish
Davomatni tekshirish
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari bilan tanishish
|
2
|
Kirish
|
12 daqiqa
|
O’tilgan mavzuni o’zlashtirilganini tekshirish
O’tilgan mavzuni mustaxkamlash
|
3
|
Asosiy qism
|
15 daqiqa
|
Mavzu: Braziliyaning umumiy iqtisodiy-geografik tavsifi
Umumiy tavsif
Xo’jaligi
Aholisi
Tashqi iqtisodiy aloqalari
|
4
|
Mustahkamlash
|
daqiqa
|
Tarqatma materiallar, jadvallar va diagrammalar bilan ishlash
O’z-o’zini baxolash
Xaritalar bilan ishlash
|
5
|
Yakuniy qism
|
daqiqa
|
O’quvchilarni baxolash
Uyga vazifa
|
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish
tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish
Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish
Honani darsga tayyorlash
O’quvchilar davomatini aniqlash
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari
2. O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
5. Uyga vazifa.
Yangi mavzu bayoni
Braziliya — Janubiy Amerikaning eng yirik mamlakatidir. U maydonining kattaligi va aholisining soniga ko‘ra jahonda 5-o‘rinni egallaydi. Umuman, maydoni 8547,4 ming km2, aholisi esa 201,0 mln. kishi (2013-y.). Davlat tuzumi — Federativ Respublika. Tarkibida 23 ta shtat mavjud. Shuningdek, alohida yana 3ta federativ hudud va poytaxt atrofi hududlarini birlashtiruvchi 1 ta federativ okrug davlatning hududiy-ma’muriy tarkibini tashkil qiladi. Hududi mineral tabiiy boyliklaiga boy. Unda 50 ga yaqin mineral xomashyo resurslari, ayniqsa, rangli va qorametallaming boy konlari topilgan. Jahondagi eng yirik va tarkibi eng boy temir rudasi konlaridan hisoblanadigan Minas-Jerays va Karajas mamlakat iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega. Shuningdek, Braziliya dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgan yirik marganes, boksit, polimetall konlariga ham ega. Uning hududida turli asl va nodir metall konlari ko‘p. Ammo u yoqilg‘i resurslarining bironta xiliga boy emas.
Braziliyaning qulay tabiiy sharoiti tufayli hududining 2/3 qismi nam ekvatorial o‘rmon (selva)lar va tropik changalzorlar bilan qoplangan. Shu sababli Braziliya jahonda o‘rmonga eng boy mamlakatlardan biridir.
Mamlakatning muhim tabiiy resurslari qatoriga suv va gidroenergetika boyliklari ham kiradi. Jahondagi eng sersuv Amazonka daryosi va uning irmoqlari, shuningdek, Tokantins, San-Fransisko, Parana kabi daryolari nihoyatda ulkan energetika quwatlarini yashirib yotadi.
Braziliya yer resurslariga ham juda boy. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan foydali yer maydoni ko‘rsatkichiga ko‘ra u jahonda Avstraliya va Rossiyadan keyinda turadi. U agroiqlim resurslariga ham nihoyatda boy. Bulaming hammasi Braziliyaning o‘ta ulkan iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Aholisi, asosan, tabiiy ko‘payish hisobiga yiliga 1,2% ga o‘syapti. Aholisining etnik tarkibida 80 dan ortiq millat va etnik guruh qatnashadi. Bular orasida kelib chiqishi bo‘yicha yevropaliklar salmog‘i, rasmiy ma’lumotlaiga ko‘ra, jami aholining 2/3 qismini tashkil qiladi. Keyingi katta etnik guruh metislar va mulatlardir. Hindular, asosan, Amazonka o‘rmonzorlari ichki qismida, negrlar esa mamlakatning shimoli-sharqiy rayonlarida ko‘proq tarqalgan.
Braziliya aholisi hududiy jihatdan ancha notekis joylashgan. Aholisining o'rtacha zichligi har 1 km2 maydonga 24 kishidan to‘g‘ri kelgani holda, uning 90% i jami hududining 2/5 qismida joylashgan. Mamlakat aholisining yarmidan ko‘pi jami hududining 7% ini tashkil qiladigan torgina okeanbo‘yi hududlarida yashaydi. Shu bilan birga, Braziliyaning yarmidan ko‘proq maydonini tashkil qiladigan g‘arbiy rayonlarida jami aholisining atigi 5% igina yashaydi.
Braziliya yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga kiradi — aholisining 86,9% i shaharlarda yashaydi. Unda 7 ta «millioner» shaharlar mavjud bo‘lib, San- Paulu va Rio-de-Janeyro jahonda eng yirik shaharlar qatoridan o‘rin oladi.
Xo‘jaligi. Iqtisodiyotining yetakchi tarmog'i bo‘lgan sanoat so‘nggi yillarda barqaror tadrijiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga egaligi bilan ajralib turadi.
Metallurgiya sanoatining tez rivojlanishi, o‘z navbatida, turli mashinasozlik tarmoqlari taraqqiyotini ancha teziasfatirdi. Hoziigi vaqtda Braziliya o‘z avtomobilsozlik (yiliga 1 mln. dan ortiq avtomobillar ishlab chiqaradi), samolyotsozlik, kemasozlik tarmoqlariga ega. Unda aniq va murakkab mashinasozlik, ayniqsa, fantalab mikroelektronika, radiotelemexanika, asbobsozlik kabi tarmoqlar katta yutuqlarga ega. Import qilinadigan neft asosida neft-kimyo sanoati tobora rivojlanmoqda. Biomassalar, birinchi navbatda, shakarqamish chiqindilarini qayta ishlash asosida jahonda birinchi bo‘lib etil spirti (benzin o‘mida motor yoqilg'isi sifatida avtomobil transportida foydalanilmoqda) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Dunyodagi eng yirik GES lar qurilishi hisobiga (Itaypu—quwati 12,6 mln. kVt, Tukurui — quvvati 8 mln. kVt, Ksindo — quwati 5 mln. kVt GES lari) elektr energetika sanoati katta yutuqlarga erishdi.
Braziliya shahrida hozir 1 mln.ga yaqin aholi yashaydi. Unda, asosan, davlat boshqaruv muassasalari va xizmat doirasi xodimlari,’ yengil va oziq-ovqat korxonalari, transport-telekommunikatsiya tarmoqlarining ishchi-xizmatchilari yashaydi.
Qishloq xo‘jaligida dehqonchilik ham, chorvachilik ham tovar ahamiyatiga egaligi bilan ajralib turadi.
Dehqonchilikda donchilik, kofe, banan va shakarqamish yetishtirish muhim rol o‘ynaydi.
Chorvachilikda go‘sht chorvachiligi va qo‘ychilik keng tarqalgan.
Transport. Temiryo‘l, avtomobil, dengiz va daryo transportlari yaxshi rivojlangan. Temiryo‘l transporti Atlantika okeani sohilida, avtomobil transporti mamlakatning barcha hududlarida, daryo transporti Amazonka daryosida (okean kemalari Manaus shahrigacha kirib boradi) rivojlangan. Dengiz transporti yuk tashish hajmi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi.
Tashqi iqtisodiy aloqalari. Eksportga temir rudasi, rangli metallar, banan, kofe, shakarqamish, yog‘och, mashinasozlik mahsulotlarini chiqaradi. Neft va neft mahsulotlari, mashinasozlik mahsulotlarini import qiladi. Eksporti 250 mlrd., importi 170 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash
Braziliyaning geografik o‘mi va uning asosiy xususiyatiarini aniqlang. Jahon siyosiy xaritasidan unga o‘xshash mamlakatlami topishga harakat qiling.
Braziliya qimmatli mineral boyliklarning qaysilariga boy va qaysilariga kambag‘al?
Uyga vazifa: mavzu xaqida tushunchalarni daftarga yozib, atamalarga izox keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |