9 sinf. Fan: Geografiya Mavzu: Fanning maqsadi vavazifalari darsning texnologik xaritasi



Download 167,89 Kb.
bet37/42
Sana02.06.2022
Hajmi167,89 Kb.
#630893
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
9-sinf konspekt 0

Quyosh energiyasidan foydalanish ham juda katta istiqbollarga ega. Hozirgi vaqtda quyoshli kunlar ko‘p bo'ladigan mamlakatlarda, jumladan, AQSH, Yaponiya, Isroil, Kipr kabilarda quyosh (gelio) qurilmalaridan foydalanib, ko‘plab uylar, issiqxonalar, ishxonalar isitilmoqda. Hozircha jahonda faqat Fransiya, Ispaniya, Italiya, Yaponiya, AQSH, Ukraina davlatlaridagina quyosh elektrostansiyalari qurilgan. 0‘zbekiston ham shunday qurilmaga ega bo'lgan jahondagi kam sonli mamlakatlardan biri. Undagi quyosh qurilmasi ilmiy-tadqiqot ishlariga xizmat qiladi.
Yana bir noan’anaviy energiya manbayi shamol quwatidan foydalanishdir. Qadimdan inson turli ehtiyojlari yo'lida shamoldan foydalanib kelgan. Masalan, yelkanli dengiz kemachiligi, shamol tegirmonlari va boshqalar. FTI davrida undan sanoat yo‘li bilan elektr energiyasi hosil qilish va foydalanishga o‘tila boshlandi. Bu yo‘nalishda AQSH, Daniya, Shvetsiya, Germaniya, Ispaniya, Gretsiya, Kanada kabi rivojlangan mamlakatlarda sezilarli yutuqlar qo‘lga kiritilgan.
Shuningdek, sintetik yoqilg‘i turlari ham noan’anaviy energiya manbalaridan hisoblanadi. U ko‘mir, yonuvchi slanes, neftli qumlar, hatto biomassalardan sun’iy ishlov berish asosida olinadi. Ular gaz, uglevodorodli suyuq birikmalar, etil spirti ishlab chiqarish orqali amalga oshiriladi. Tabiat bunday resurslarga ancha boy va ulardan keng foydalanish kelgusi avlodlar vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
Tog‘-kon sanoati yer osti qazilma boyliklarini qazib chiqarish va ularni dastlabki qayta ishlash (boyitish) tarmoqlarini o‘zida birlashtiradi. Ular yoqilg‘i, metall, noruda mineral boyliklari va qurilish materiallarini qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi tarmoqlarga aloqadordir. Jahon xo‘jaligi tarmoqlarini mineral xomashyo bilan ta’minlash, asosan, tog‘-kon sanoatiga bog‘liq. Bu sanoat tarmog‘i mineral resurslar qazib chiqaruvchi barcha davlatlarda bor. Lekin jahon mineral xomashyolarining 2/3 qismi AQSH, Rossiya, Xitoy, Avstraliya, Kanada, JAR va boshqa ayrim davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga tog‘-kon sanoati mahsulotlarini qazib chiqarish va eksport qilishda rivojlanayotgan mamlakatlar mavqeyi ham past emas. Turli xil yer osti qazilma boyliklarini qazib chiqarish hajmi Osiyoda Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Saudiya Arabistoni; Afrikada KDR, Zambiya, Marokash, Nigeriya, JAR, Zimbabve, Botsvana; Lotin Amerikasida Braziliya, Chili, Meksika, Vene- suela kabi mamlakatlarda juda katta.
Umuman, nomlari tilga olingan deyarli barcha mamlakatlarda qazib chiqa- rilayotgan mineral resurslarning o‘rtacha 80—90% i dastlabki qayta ishlovdan chiqarilgach, jahon bozorlariga yo‘llanmoqda. Ularni xarid qilishda, asosan, rivojlangan mamlakatlaming qo‘li baland.



Download 167,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish