9 sinf. Fan: Geografiya Mavzu: Fanning maqsadi vavazifalari darsning texnologik xaritasi



Download 167,89 Kb.
bet34/42
Sana02.06.2022
Hajmi167,89 Kb.
#630893
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42
Bog'liq
9-sinf konspekt 0

Neft sanoati yoqilg'i-energetika tarmoqlarining yetakchisidir. U nafaqat ko‘p qirrali energetika resursi, shu bilan birga, organik sintez kimyosining asosiy xomashyosi hamdir. Shu sababli uning siyosiy-strategik ahamiyati ham katta.
Neft tabiiy resurs sifatida juda qadim zamonlardan buyon ma’lum. Sanoat asosida neftni qazib chiqarish XIX asming oxirgi choraklaridan ko‘paydi.

Neft qazib chiqaruvchi davlatlar soni tez ko'paydi. Hozirgi paytda jahonning 80 dan ortiq mamlakatlarida neft qazib chiqarilmoqda. Muhim tomoni shundaki, jahon neft zaxiralarining 86% i va qazib chiqarilayotgan neftning salkam 48% i rivojlanayotgan davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.


Jahonda neftni qazib chiqarish va eksport qilishda OPEK (Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti, unga Jazoir, Liviya, Iroq, Kuvayt, Qatar, Eron, Saudiya Arabistoni, BAA, Indoneziya, Nigeriya, Gabon, Venesuela, Ekvador davlatlari a’zo) mamlakatlari muhim rol o'ynamoqda. Hoziigi paytda bu mamlakatlar guruhi jahonda aniqlangan neft zaxiralarining salkam 80% ga, qazib chiqarilayotgan neftning esa salkam 50% dan ortiq qismiga egalik qilmoqda.
Jahonda neftga eng boy hudud Fore qo‘ltig‘i sohillarida joylashgan mamlakatlar hisoblanadi. Faqat ana shu davlatlar yer qa’rida jahon neft zaxiralarining 2/3 qismidan ko‘prog‘i to‘plangan va ular qazib chiqarilayotgan neftning 1/4 qismidan ko‘prog‘ini bermoqda. Neftni katta miqdorda import qiluvchi mamlakatlar qatoriga AQSH (250 mln. t.), Yaponiya, Xitoy va Yevropa Ittifoqi davlatlari kiradi.
Jahonda jami qazib chiqarilayotgan neftning 26% ga yaqini dengiz sayozliklaridan qazib chiqarilmoqda. Shu yo‘l bilan neft qazib chiqarayotgan davlatlar soni 50 tadir. Ayrim mintaqa va davlatlarda dengiz neftining hissasi ayniqsa yuqori, jumladan, bu ko‘rsatkich G‘arbiy Yevropada 90% ni, Lotin Amerikasida 50% dan ko‘proqni tashkil qiladi.
Gaz sanoatining jahon YEB dagi hissasi 22% ni tashkil qiladi. Tabiiy gaz yoqilg‘i turlari orasida ekologik jihatdan eng tozasi hisoblanadi. Yaqin vaqtlargacha bu sanoat tarmog‘i asosan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos edi. So‘nggi yillarda gaz sanoatining ahamiyati rivojlanayotgan mamlakatlarda ham kuchayib bormoqda. Hozirgi vaqtda tabiiy gaz zaxiralari hajmiga ko'ra jahonda Rossiya, Eron, Qatar, Turkmaniston davlatlari yetakchilik qiladi. Gazni qazib chiqarishda esa Rossiya, AQSH, Kanada, Niderlandiya, 0‘zbekiston davlatlarining ko'rsatkichlari yuqori. Jahonda gazni eksport qilish hajmiga ko‘ra Rossiya, Niderlandiya, Kanada, Indoneziya, Jazoir, Turkmaniston davlatlari oldinda bormoqda. Umuman, jahonda jami qazib chiqarilayotgan gazning 15% i tashqi bozorga chiqarilmoqda. Gazni import qilishda Germaniya, AQSH, Yaponiya, Fransiya, Italiya davlatlari ajralib turadi. Jami qazib chiqarilayotgan gazning 20% dan ko‘prog‘i dengiz sayozliklaridan olinmoqda va ulaming salmog‘i tobora oshib bormoqda.

Download 167,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish