389. Olloh ishqini kuylab, u bilan birlik hosil qilgan mutasavvuflar kimlar?
J: Mansur Xalloj, Ibrohim Adham, Nasimiy, Mashrab.
390. “Vahdati vujud” qanday holat, ta’limot?
J: Tasavvufda Olloh bilan vahdat ,ya’ni birlik hosil qilish.
391. “Arshning kungurasin ustiga qo’ydum ayoqim, Lomakondin joy olibman, bu makonni na qilay” baytidagi “lomakon” nima?
J: Lug’aviy ma’nosi makondan tashqari degan ma’noni berib, bu faqat Ollohga xos xislat.
392. Lomakonga daxldor kishi qanday bo’lishi lozim?
J: Ishqning ilohiy qudrati bilan makonni, o’zlikni unutgan bo’lishi lozim. Bunday odamning oyog’I
Arshda turibdimi, yerda yuribdimi dahxli yo’q.
393. Mashrabning “vahdat ul-vujud” holati aks etgan baytlariga misol keltiring.
J: “ Onqadar nurga to’libman osmonga sig’madim, Toqi arsh-u kursi-yulavh-u jinonga sig’madim”.
Do'stlaringiz bilan baham: |