377. Mashrab hayoti Navoiyning qaysi qahramoni hayotiga qiyoslanadi?
J:Farhod va Qaysga.
378. Mashrab qaysi asari orqali bizga u haqidagi ma’lumotlar yetib kelgan?
J: “Qissai Mashrab” asari orqali.
379. Mashrabni ishq yo’liga tarbiyalagan ustozlari kimlar?
J: Mullo Bozor Oxund va Ofoq xoja.
380. Shoirga Mashrab nomini kim bergan?
J: Ofoq xoja bu nomni berib, uning ma’nosi –“ishq sharobini ichgan”.
381. Ofoq xoja huzurida u necha yil tahsilda, xizmatda riyozatda bo’lgan?
J: 7 yil.
382. Mashrab qanday vafot etgan?
J: Ustozi Ofoq xoja bashorat qilganidek 1711-yil Balx hokimi Mahmud Qatag’on amri bilan Qunduz shahrida qatl etilgan.
383. Mashrabning nisbatan mukammal to’plami qachon, kim tomonidan nashr qilingan?
J: Adabiyotshunos Jaloliddin Yusupov tomonidan 1990-yil “Mehribonim qaydasan” nomi bilan nashr qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |