384. Ushbu to’plamda qanday janrdagi she’rlar jamlangan?
J: g’azal, mustazod, murabba’, muxammas, masaddas, musabba’ kabi janrdagi she’rlar.
385. Mutasavviflar kimlar?
J: Asarlarida tasavvuf g’oyalarini aks ettirgan adiblar.
386. Adabiyotda so’fiy shoirlarni qanday atashgan?
J: Ilohiy ishq kuychilari.
387. Ishqni kuylashdagi Yassaviy, Navoiy va Mashrab usullarini ayting.
J: Ahmad Yassaviy- ishqni rasmiy shariat doirasidan uzoqlashmagan holda sharh etgan; A.Navoiy- ishqni mushohada qiladi, har qanday yonish, kuyishlarda ham o’ychanlik, bosiqlik unga xos; Mashrab- ko’nglidagi ishq olovi qanday bo’lsa, shundayligicha she’rga ko’chiradi. Ollohga bo’lgan muhabbatini ochiq oshkor etadi.
388. Mashrab qanday qizlar timsolida olam nafosati hamda ilohiy jamol jilvasini tuyadi va his qiladi?
J: “Yuzi qizil-oq, ostidagi tayloqi o’ynoqlab turgan”,”asli qalmoq, zoti qirg’iz, lola paypoqli” sahroyi bo’tako’z qizlarini madh etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |