Pesha-kasb, hunar;
“LAYLI VA MAJNUN” DOSTONI.
252. “Xamsa” dostonlaridan qay birida ruhiyat tasviriga katta e’tibor berilgan?
J: “Layli va Majnun”da.
253. “Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat” bayti nimaga ishora?
J: Dostonning asosida afsona yotishiga.
254. Qays kim?
J: Majnunning asl ismi bo’lib, Bani Omar qabilasining hukmdorining o’g’li.
255. Layli kim?
J: Hay qabilasining boshlig’ining qizi.
256. Nega xalq Qaysni Majnun deb atagan?
J: Ishq tufayli uning jununi ortib, bu holatni anglamagan omi el uni Majnun (telba) deb atagan.
257. Oshiqla (haqiqiy ishq ahli) nazarida o’lim nima?
J: Azobli hijrondan qutqaruvchi xaloskor.
Do'stlaringiz bilan baham: |