242. A.Navoiy nafs haqida nima deganlar?
J: “Nafs itin qilsang zabun, olamda yo’q sendek shujo”(shijoatli).
243. “Qisasi Rabg’uziy”da nafs haqida nima deyilgan?
J: “Bir nafsning ishini 7 shayton qilolmaydi”.
244. Farhod yenggan ajdaho, Axraman dev, temir odamlar aslida nima?
J: Farhodning ichki olamidagi nafsoniy istak, shaytoniy intilishlarning ramziy timsoli.
245. Tasavvufdagi nafsni yengish quroli nima?
J: ISHQ.
246. Tasavvufdagi ishq tushunchasini sharhlab bering.
J: Faqat mehr-muhabbat, sevgi emas, iroda, sabr, ilm, ibodat, oqillik, xokisorlik, qanoat, g’ayrat kabi tushunchalar kiradi.
247. Ko’ngil nima bilan poklanadi?
J: Ishq o’rni ko’ngil, ko’ngil ishq bilan poklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |