236. “Sen ar dardimdin o’lsang ranjfarsoy,
Man ul ranju g’amdin voy-u yuz voy” bayti manbasini va “ar” so’zining ma’nosi nima?
J: Farhodning vasiyatida aytilgan bo’lib, ar-agar so’zining qisqargan shakli.
237. Farhod vasiyatini kimlarga yo’llagan?
J: Ota-onasiga.
238. “Mani roziligingdin qilma navmid,
Manga do’zzax o’tini solma jovid…” bayti kimning tilidan va kimga qarata aytilgan?
J: Farhod bodi sabo orqali ota-onasidan so’ragan.
239. Tasavvufda poklanish yo’li deya nima ko’rsatilgan?
J: Nafsni yengish.
240. Nafs nima?
J: Yemoq, ichmoq, kiymoqlikdan tashqari kibru havo, baxillik, zulm, shahvat, g’azab kabi qator illatlar.
241. Payg’ambarimiz kuyovlari va sahobalari Hazrat Aliga qanday nasihat qiladilar?
J: “-Yo Ali, valoyat(avliyolik) maqomiga yetishgan zotlar ko’p-ko’p ibodat qilganlaridan emas, o’z nafslarini yengganlaridan shunday darajaga erishganlar”.
Do'stlaringiz bilan baham: |