314. Bobur tartib bergan devonlarni ayting.
J: 1519-yil “Kobul” devoni; 1528-1529-yillar “Hind” devoni.
315. Qaysi devoni topilmagan?
J: “Kobul” devoni.
316. Bobur lirikasining hajmi?
J: She’rlar soni 400 dan ortiq, 119 tasi g’azal, 231 tasi ruboiy, shuningdek, devondan tuyuq, fard, masnaviy, qit’a, muammo janrlari ham o’rin olgan..
317. Bobur lirikasidagi g’azallarning ko’pi qanday mavzuda?
J: Hasbi hol mavzusida.
318. “Topmadim” radifli g’azali qanday g’azal?
J: Hasbi hol xarakteridagi g’azal bo’lib, 1500-1501-yillar Samarqandni 2-bor egallab boy bergach, bir muddat sarson yurib bobosi Yunusxon O’ratepani berishni va’da qilib bermay, Boburning dushmani Ahmad Tanbal bilan to’qnashuvda Yunusxon u bilan murosaga kelib, buni nishonlab ziyofat va ov uyushtiradi. Bu hol Boburni qattiq qiynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |