294. Onasi kim?
J: Qutlug’ Nigorxonim bo’lib, otasi 12 avlod bilan Chingizxonga ulanardi.
295. Umarshayx Mirzo qanday vafot etgan?
J: 1494-yil Umarshatx Mirzoga qarshi o’z akasi Samarqand hokimi Sulton Ahmad Mirzo qaynog’asi Toshkent hokimi Mahmudxon bilan o’zaro til biriktirib,qo’shin tortib Farg’onaga yurish qilganlarida yordam kuchi so’rab Axsi qo’rg’onida kabutarxonadagi kabutarlar orqali xat yubormoqchi bo’lganida jarga qulab vafot etadi.
296. “Boburnoma”da “Tengri taoloning inoyati…”so’zlari bilan boshlanuvchi jumlalar nimaga ishora?
J: Otasi vafotidan so’ng 12 yoshli Boburni taxt egasi sifatida tayinlaganlarida Sulton Ahmad qo’shini Qorasuv ko’prigida toshqinga uchrab, o’lat tarqagan sulh tuzib qaytayotganda yo’lda vafot etadi. Sharoitdan foydalanib qolmoqchi bo’lgan Koshg’ar va Xo’tan hokimi Abobakr Dog’latning O’zgand yaqinidagi harakatiga chek qo’yilganligiga ishora.
Do'stlaringiz bilan baham: |