248. Farhod o’z nafsini yengish yo’lida kimlardan ilm o’rgangan?
J: 1) Boniy-Ko’ngilga ishq binosini qurgan va qurishni o’rgatgan piri komil;
2) Moniy-Olloh ishqini qalbga naqshlash sirini o’rgatgan ustoz;
3) Qoran-ko’ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmini bildirgan murshid;
4) Suhaylo; 5) Suqrot.
249. Dostondagi o’z nafsiga qul kimsalar kimlar?
J: Xusrav Parvez va Sheruya.
250. Adabiyotdagi Farhod qanday obraz?
J: Mukammal yaratilgan komil inson obrazi.
251. Dostondagi ushbu so’zlar izohini ayting.
Sipehri ismat-poklik osmoni; joh ahli-mansab ahli, podsholar;
Tul-uzun, cho’zilgan; furqat-firoq, ayriliq;
Shamoyil-ko’rinish, tuzilish; la’l-qip-qizil tosh;
Do'stlaringiz bilan baham: |