J: Ayn ul-hayot, 10 yig’och (1200 metr)
228. “Hunarni asrabon netgumdur oxir,
Olib tufroqqamu ketgundir oxir” bayti kim tomonidan qayerda aytilgan?
J: Farhod tog’ qazayotgan zahmatkashlar oldida aytgan.
229. Ajam yurtining shohi kim edi?
J: Xusrav Parvez.
230. “Ki ey na’layning o’rni qiblagohim,
Harimi nazhabing g’amdin panohim” Usbu baytlar kim tomonidan aytilgan?
J: Xusravdan Shiringa sovchi kelganda Shirin Mehnbonuga qarata aytgan.
( Na’lay-lug’aviy ma’nosi bir juft kovush bo’lib, baytda ota-onam o’rnidagi qiblagoh ma’nosida kelgan?)
231. “Menga ne yor-u, ne oshiq havasdir
Agar men odam o’lsam ushbu basdur” bayti kim tomonidan, qachon aytilgan?
J: Shirin Mehnbonuga Xusravning sovchilari kelganini eshitgach so’ng aytgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |