704. “ Otello”ning qahramonlarini sanang.
J: Brabansio (senator), Gratsiano (Brabansioning ukasi), Lodoviko (Brabansioning qarindoshi), Otello (aslzoda arab, mavr, Venetsiyaning amaldori), Kassio ( uning leytenanti), Yago (Otelloning mulozimi), Radrigo (venetsiyalik boy yigit), Montano ( Qibrisning oldingi hokimi), Dezdemona ( Brabansioning qizi, Otelloning xotini), Emiliya ( Yagoning xotini).
705. “ Otello”ni kim o’zbek tiliga tarjima qilgan?
J: G’. Gulom.
706. Asardagi ikki alamzada qahramon kim?
J: Radrigo ( Dezdemona uni rad qilib, Otelloni sevib, unga turmushga chiqqanligi uchun) va Yago (u o’tishni mo’ljallab yurgan o’ringa Kassioni leytenant qilib tayinlagani u-n).
707. Yago va Radrigo Otellodan qanday o’ch oladi?
J: Xotini Dezdemona uning leytenanti Kassio bilan yurishini aytishadi.
708. “ Men bunchalik og’ir ishlarni, Nomus uchun qildim, ammo g’azabdan emas”, so’zlari kim tomonidan aytilgan?
J: Otello.
Do'stlaringiz bilan baham: |