689. Keyingi yozgan asarlarini sanang.
J: 1594-y “ Lukretsiya” dostonini, shu yilning 28-dekabrida “ Greyz Inn” tetrida “ Xatolar komediyasi” namoyish qilinadi.
690. “ Plavt va Seneka rimliklar uchun komediya va tragediya borasida tengsiz bo’lgani singari Shekspir inglizlar uchun pyesaning har ikki turida ham beqiyosdir”, ushbu fikr manbaini ayting.
J: 1598-y londonlik tanqidchi F. Meris tomonidan chiqarilgan “ Aql xazinasi” kitobidan.
691. Shoir ancha mablag’ to’plagach, qanday ishlarni bajaradi?
J: Otasi 1596-y Geraldik palatadan “ jentelmen” lik martabasini beradigan gerbni sotib oladi va o’zi 1597-y Stratforddan bog’i bor katta uy sotib oladi, umrining oxirigacha shu uyda yashaydi.
692. Shekspir ijodini qalbakilashtirish bo’yicha birinchi urinish kim tomonidan amalga oshirilgan?
J: Tadbirkor noshir U. Jaggard 1599-y turli shoirlar asarlarini to’plab, unga Shekspirning 4 sonetini kiritib, “Otashin ziyoratchi” nomi bilan nashr ettirib, uni Shekspir qalamiga mansub deb e’lon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |