9-sinf adabiyot 1-dars Sana: O`qituvchi: Mavzu: ruhiy kamolot vositasi


-sinf adabiyot 70-dars Sana:____________ O`qituvchi



Download 268,8 Kb.
bet95/158
Sana23.01.2022
Hajmi268,8 Kb.
#405486
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   158
Bog'liq
9-sinf adabiyot kundalik reja

9-sinf adabiyot 70-dars Sana:____________ O`qituvchi:

Mavzu : Odil Yoqubov “Ulug`bek xazinasi” romanidan parcha

Ta`limiy maqsad: Asar mazmuni bilan tanishish.

Tarbiyaviy maqsad: Ma`naviy merosga hurmat ruhida tarbiyalash ;

Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish


Dars tipi: yangi bilimlar berish

Dars uslubi: matn ustida ishlash,suhbat, savol- javob

Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita

Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash

2. Uy vazifasi tahlili. II.O`tgan mavzuni so`rash

3. Romandan parcha o`qish.

Mirzo Ulug’bek qirmizi poyandoz to’shalgan xiyobondan ohista yurib orqaga qaytarkan, darvozaning yonida oq ko’pikka cho’milgan bir necha otlarni ko’rdi. Koshonadan chiqqan shahzoda Abdul’aziz bilan qo’lida maktub ushlagan shayxulislom Burhoniddin shosha-pisha unga tomon yurishdi.

«Tag’in noxush xabar!» — xayolida dedi Mirzo Ulug’bek.

- Qayda yuribsiz, hazratim? — dedi shayxulislom hansirab. — Amir Iskandar barlosdan chopar kelibdur.

- Tag’in ne mujda? — Mirzo Ulug’bek to’xtab nomaga qo’l cho’zdi. Bir parcha sariq qog’ozga palapartish yozilgan nomada amir Iskandar shahzoda Abdullatifning hirovul qo’shinlari pistirmadan chiqib, uning qalb qo’shinlariga hamla qilganini yozgan edi. Amirning xabar berishicha, shahzodaning qo’shinida fillar ham bor. Bu fillar uning suvoriylariga dahshat solgani boisidan u dorussaltana tomon chekinmoqni lozim ko’rgan...

Mirzo Ulug’bek ko’zlarini nomadan uzib, o’g’li bilan shayxulislomga qaradi. U endigina koshona yonida turgan bir guruh saroy mahramlariga ko’zi tushdi. Mahramlar orasida jiyanlari: shahzoda Abdulla bilan Abu Said Mirzo ham turar, zarbof to’n ichidan suvoriy sovut, boshlariga tilla hoshiyali dubulg’a kiygan bu ikki shahzodaning ham ko’zlarida taraddud, harakatlarida toqatsizlik sezilib turardi.

Mirzo Ulug’bek jo’rttaga ovozini ko’tarib:

— Shahzoda lashkari yurish boshlabdur, — dedi. — Lashkarlarida fillar bor ermish.

Shayxulislom Burhoniddin rangi o’chib, boshini sarak-sarak qildi,

- Davlatpanoh ne farmon bergaylar? Mirzo Ulug’bek miyig’ida kulimsiradi.

- Ollo taolo peshonaga neni yozgan bo’lsa, shu bo’ladi, taqsir.

- Inshoolloh, peshonangiz yorug’ bo’lg’ay. Va illo...

- Jang-jadal qilmoq!..

Shayxulislom cho’qqi soqolini ushlab, bosh chayqadi va go’yo saroy ahli eshitishini istamaganday:

— Dorussaltanaga qaytmoq darkor, onhazratim! — dedi sekin. — Qal’a mustahkam...

Mirzo Ulug’bek asabiy harakat qilib:

— Hayhot! — dedi. — Shahzodada tosh otg’uvchi arrodalar bordur, taqsir! Butkul shahar zer-zabar bo’ladi! Butkul shahar!

Chol yana asabiylashib boshini sarak-sarak qiddi.


Download 268,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish