9-sinf adabiyot 33-35-dars Sana:____________ O`qituvchi:
Mavzu :4 - Nazorat ishi. Insho va tahlil. “Boburnoma”—o`zbek adabiyotining nodir asari
Ta`limiy maqsad: BKMlarni nazorat qilish
Tarbiyaviy maqsad: Milliyliklik , ma`naviy merosga hurmat ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, yozma nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: nazorat ishi
Dars uslubi: yozma ish
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. 4-nazorat ishi.Mavzu yuzasidan suhbat, inshoga reja tuzish.
Boburning eng mashhur asari „Boburnoma»dir. U dastlab „Vaqoye’» („Voqealar») deb atalgan. So’ngroq „Voqeoti Boburiy», „Voqeanoma», „Tuzuki Boburiy», „Boburiya» nomlarini oldi. Oxirida „Boburnoma» bo’lib shuhrat topdi. „Boburnoma» Zahiriddin Boburning butun umri davomidagi esdaliklaridir. U 12 yoshidan hayotining so’ngigacha bo’lgan voqealarni qayd qilib borgan va umrining oxirlarida — 1525—1530- yillarda ushbu asarni yaratgan, deb taxmin qilinadi. „Boburnoma» 16- asrdayoq turli Sharq tillariga tarjima qilina boshlagan. Jumladan, 1586- yilda fors tiliga o’girilgan. Yodnoma Ovrupoga 18- asrning boshida kirib bordi.
„Boburnoma» — tarixiy va badiiy asar sifatida. O’zbek nasri Nosiruddin Rabg’uziyning „Qisasi Rabg’uziy»sidan Xojaning „Miftoh ul-adl» va „Gulzor» asarlarigacha bo’lgan katta yo’lni bosib o’tdi. Navoiy uni tarixiy, ilmiy, memuar nasri bilan yangi bosqichga ko’tardi. „Boburnoma» adabiyotimizning mana shu tajribalarini umumlashtirib, uni jahoniy miqyoslarga olib chiqqan asardir. „Boburnoma», avvalo, tarixiy asardir. Unda 1494- yildan, ya’ni Bobur taxtga chiqqanidan 1530- yilgacha — umrining so’ngigacha yuz bergan voqealar o’z ifodasini topgan. Bu tafsilotlar Bobur tug’ilib voyaga yetgan Movarounnahr, so’ngroq o’zi saltanat qurgan Xuroson (Kobul, G’azna, Qandahor) va Hindistonda yuz bergan voqealardir. Demak, „Boburnoma» 15- asrning so’nggi, 16-asrning birinchi choragida mazkur uch mintaqada kechgan voqealarni o’rganishda muhim manbadir.
Muallif asarida voqealar bilangina cheklanmaydi, balki ularning ishtirokchilariga, qahramonlariga keng o’rin beradi. Natijada biz Bobur zamonida yashagan, tariximiz hamda ma’naviyatimizda muhim mavqega ega bo’lgan davlat va madaniyat arboblari bilan tanishamiz. Asarda har bir yil voqealari alohida beriladi. Dastlab o’sha yilda yuz bergan muhim voqea bayon qilinadi. Masalan, dastlabki 1494- yil voqealarini hikoya qilganda, Bobur, avvalo, o’zining „Tangri inoyati bilan Farg’ona viloyatida 12 yoshda podshoh bo’lgani» haqida xabar beradi va Farg’ona viloyati bilan tanishtiradi. So’ng voqea tafsilotiga, tog’asi va amakisi Andijonga qo’shin tortib kelgani va otasining tasodif bilan fojiona halok bo’lgani voqealariga to’xtab, uning bosh ishtirokchilari, birinchi navbatda, otasi Umarshayx haqida ma’lumot beradi. Chunonchi, uning tug’ilgan yili, nasl-nasabi, shakl-u shamoyili, xulq-atvori, yurishlari, viloyati, avlodi, xotinlari, umarosi haqida to’xtaydi. So’ng voqeaning ikkinchi ishtirokchisi — shu 1494- yildagi urushdan qaytishda yo’lda — O’ratepada kasallanib vafot etgan amakisi Sulton Ahmad haqida xuddi o’sha tarzda ma’lumot keltiradi.
Shunday qilib, kitobda Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Badiuzzamon, Muzaffar Mirzo, Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud kabi o’nlab taxt egalari, Alisher Navoiy, Muhammad Solih, Kamoliddin Binoiy, Behzod, Mirak naqqosh, Husayn Udiy singari adabiyot va san’at arboblari haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.
Bobur butun umri jang-u jadallarda kechishiga qaramay, tabiatan nihoyatda ziyrak, sinchkov, g’oyat fahmli va idrokli, hamma narsaga qiziquvchan bir zot edi. U qayerga bormasin, o’sha yerning jug’rofiy o’rnidan tortib, o’simlik va hayvonot dunyosigacha, qish-u yozining ob-havosidan, elining tili-yu urf-udumigacha hamma-hammasi bilan qiziqadi va yozib qoldiradi. Bobur nima va kim haqda yozmasin, g’oyat samimiydir. O’zining quvonchini ham, g’amini ham hech kimdan yashirmay, ro’y-rost aytadi. Do’sti haqida ham, dushmani haqida ham ko’nglidagini so’zlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |