Safari bog’larda esa yovvoyi tabiatni kuzatish mumkin.
Mavzuli bog’lar tarixi umumiy dam olish joylari bilan boshlandi va ular bilan bevosita bog’liq.
Bakken-Park - Skandinaviyada eng qadimgi madaniy dam olish va o’yinli park. U 1583 yilda Kopengagendan 10 km. uzoqda joylashgan Klampenborg (Daniya)da ochilgan.
Hikoya qilishlaricha, 1583 yilda bir qiz shimoliy Kopengagendagi bog’da Qirol kiyikni ko'rib qoladi. Ushbu yerdan shifobaxsh suv topiladi. Suv atrofida asta-sekin restoranlar, attraksionlar va dam olish ob’yektlari qurilgan.
O'rta asrlarda Yevropa shaharlarida dam olish bog'lari mavjud bo’lgan. Bu bog'lar, odatda, shahar tashqarisida joylashgan bo’lib, ularda mushakbozliklar, raqs va o'yinlar bo’yicha tadbirlar tashkil etilgan.
Bugungi kunda Bakken-parkida 150 dan ziyod attraksionlar, 35 ta restoran va kafelar mavjud bo’lib, yiliga 2,5 million tashrifchilarni qabul qiladi.
Mashhur qo’g’irchoq qahramonlari bilan bolalar uchun ishlaydigan P’yero parki o’z xususiyatlari bilan ajtralib turadi.
2005 yilda ushbu Parkda Xalqaro Santa-Klaus Kongresining 38 festivali bo’lib o’tdi hamda unda turli mamlakatlardan 150 dan ortiq san'at vakillari ishtirok etdi. Kongressning ochilish marosimida 300 nafar bolalar archa atrofida raqsga tushishdi. Santa-Klauslar Rojdestvo bayramini o’tkazishni muhokama qilishdi.
Tivoli - dunyodagi birinchi istirohat bog'lari biri. U 1843 yilda Kopengagen (Daniya)da ochilgan.
Park Kopengagen shahri markazida barpo etilgan. Bugungi kunda “Tivoli” parki 8 gektar maydonni o'z ichiga oladi. Parkda yoshlar, o'smirlar va kattalar uchun alohida attraksionlar tashkil etilgan.
Park o’z ichiga Vikinglar kemasini, amerika tepaliklarini, turli attraksionlarni va karusellarni, pantomima teatrlarini o’z ichiga oladi. Uning repertuaridan Pierrot, Kolumbine, Arlekino va boshqalar joy olgan. Kontsert zalida Jazz festivallari bo'lib o'tadi. Bog'da rang-barang paradlar, mushakbozliklar bo’lib o’tadi. Bu Parkda mehmonlarga turli xil narx siyosatini taqdim etuvchi yigirma to'rtta restoranlar faoliyat ko’rsatadi. Tivolidagi eng jozibador joy sifatida qirg’oqda suzub yuruvchi Sankt Jorj kemasi restorani e’tirof etiladi.
Park aprel oyining o'rtalarida sentyabr oyining oxirigacha va noyabrь oyining oxiridan 23 dekabr (ba'zan 30 dekabr)fa qadar faoliyat ko’rsatadi.
1952-yilda “Efteling” (Sehrli o’rmon) parki ochildi. Ushbu mashhur bog’ Gollandiya janubidagi Kaatsheuvel shahrida 50 gektar maydonda joylashgan.
Park bir necha qismga tematik qismlardan iborat. O’yinlar uchun qayiq bilan birga suvli bog'lar, o'yin maydonlari mavjud. Niderlandiyadagi "Efteling" bog’i asrlar davomida o’zining ertaknamoligi bilan Evropadagi eng sirli mehmondo'st va jozibador istiroxat bog’i sifatida nom qozonib kelgan.
Madaniyat va istirohat bog'ilari orasida mashhur bo’lgan bug’li karusel XIX asrda ochilgan. U yerda mashhur ovchilar qal'asi va amerika tepaliklari bor edi. Bu bog’da har biri 5 santimetrdan 60 santimetrgacha bo’lgan Gnom-laafa qo'g'irchoqlarini estalik sifatida sotib olishingiz mumkin. Estalik uchun har bir Gnom-laaf aning nomi va hususiyatlari ko’rsatilgan pasporti hamda muhri bor.
Mavjud bog'lar faoliyatlarini kengaytirishda davom etishmoqda hamda yangilari jadal qurilmoqda.
Xalqaro turizm rivojlanishida o‘tgan asrning ikkinchi yarmida ayniqsa ko‘ngilochar parklarga e’tibor kuchayib bordi. Dunyodagi eng yirik Disneyland-Koliforniya (AQSH)da joylashgan ajoyib tematik bolalar parkidir. U qiziqarli multfilmlar asosichisi Uolt Disney -Walt Disney multfilmlarining motivi asosida ishlangan attraksionlarni o‘z ichiga oladi. Dastlabki Disneylend 1954 yil Kaliforniya shtatining Akaxayma shahri (AQSH)da yirik o‘yinchoq shahar, ko‘ngilochar tomosha va attraksionga to‘la qilib qurilgan va butun dunyoga mashhur bo‘lgan. Noyob ko‘rinishi, shakli ega bo‘lgan, hajmiga ko‘ra ishonib bo‘lmaydigan darajada katta shou-sanoatni tashkil etuvchi va 40 yildan uzoqroq ekspluatatsiya qiluvchi maxsus kompaniya Walt Disney Company tashkil etilgan.
1960 yildan beri Disneylend aksiyalarining 100% Walt Disney Production kompaniyasiga tegishli, keyinchalik uning nomi Walt Disney So. ga o‘zgartirilgan. Park hududida ko‘llar va anhorlar, temir yo‘llar, modellashtirilgan shahar va djunglilar, g‘orlar va tog‘lar mavjud. Haqiqiy mavjud bo‘lgan va fantastik hayvonlarning harakatlanuvchi modellari o‘rnatilgan, muntazam ravishda minglab aktyorlar ertak va tarixiy qahramonlar kostyumi va rolida tomosha ko‘rsatadilar. Turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi butun industriya yaratilgan va 26 oteldan iborat tizim qurilgan (faqat Kaliforniyada), ko‘pgina restoranlar, transport tarmoqlari, sport inshootlari, suzish basseynlari, tennis kortlari, golf va kreket maydonlari, otchoparlar, velosipedlarda uchish uchun yo‘laklar hamda qishda konkida uchish yo‘laklari qurilgan.
1971 yilga kelib, bu Disneylend 100 million tashrif buyuruvchilarga xizmat qilgan. Dunyo bo‘yicha turistlarga disneylendga kirish va har xil shoularda qatnashish uchun turistik yo‘llanma beruvchi va o‘nlab ixtisoslashgan turlarni amalga oshiruvchi maxsus turistik agentlik tashkil topa boshladi.
1971 yil Florida shtatining Orlando shahri (AQSH)da unga o‘xshash tomosha markazi - Walt Disney Word (75 kv.km) qurildi. Keyingi analogik park Tokioda qurilgan (1983 y). Bular nihoyatda katta mablag‘lar evaziga qurilib, katta miqtorda daromadlar keltira boshladi. Lekin, inqiroz sharoitida xalqaro turistlar harakati ham ma’lum miqtorda chegaralanib qolmoqda.
Jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish bo‘yicha Prezidentimiz I.A.Karimov o‘z fikrini bildirib, «2009 yil xizmat ko‘rsatish va kichik biznes sohasini aholi bandligini ta’minlash va hayot darajasini oshirishning eng muhim omili sifatida yanada jadal rivojlantirish-ustuvor vazifa bo‘lib qoladi1»-deb ta’kidladi.
Haqiqatan ham inqiroz sharoitida mavjud turistik resurslardan maksimal darajada foydalanish va aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash xizmat ko‘rsatish sohasida dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun bu sohada bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolardan biri respublikamizda turistik resurslardan oqilona foydalanish va turizmni xalqaro darajada rivojlantirishdan iboratdir. Bu sohada Yevropa tajribasini ham olishimiz mumkin.
Yevropada tematik va turistik parklarni yaratish asosan 1980 yillardan keyin boshlandi. Parijda 1992 yil dunyodagi eng yirik YevroDisney ishga tushirildi. U 2000 gektar hududni o‘z (40 ta katta attraksion, 6 ta yirik otel kottejlardan iborat posyolka) ichiga oladi. An’anaga ko‘ra attraksionlar tematik yo‘nalishga ega bo‘lgan “fantasyland” - bolalar multfilmlari motiviga ko‘ra, “Arontierland” “Yovvoyi G‘arb” kovboy burchagi, “adventureland” zamonaviy Gollivud filmi motiviga ko‘ra sarguzashtlar, “space mountains” galaktik sarguzashtlar — fantastikasi, “star war” yulduzlar urushi (jang) va h.k.
Parkda ko‘pgina attraksionlar qurilgan, jumladan, Amerika tog‘lari, raketada oyga uchish, kapitan Nemo yer osti kemasi, vahima xonalari va boshqalar. Park atrofida 5 ta stansiyali temir yo‘l o‘tadi. Yasama ko‘llarda qadimiy g‘ildirakli kemada, hamda qayiqlarda suzish mumkin. Ko‘pgina qal’alar, qasrlar, ko‘priklar, sharsharalar, tonellar, g‘orlar qurilgan. Park ishga tushirilgan yili 11 mln. turist tashrif buyurgan.
Yevropa mamlakatlarida qurilgan parklar attraksionlarni tashkil etish va uning turistlar bilan to‘lishi nuqtai nazaridan qish oylarida bir qator muammolarga duch keldi. Bozorni o‘rganish va yaxshi marketing siyosati natijasida 1994 yildan boshlab, tezlikda rivojlana boshladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, 1993 yil Fransiyada park zarar bilan ishlovchi korxona bo‘lgan (1993 yil zararlar 113 mln. AQSH dollarini tashkil etgan). Parkka kirish biletlarining bahosi 20% ga pasaytirildi, bir vaqtning o‘zida yangi attraksionlar ochildi. Ko‘rilgan choralar natijasida turistlar oqimi 30% ga oshdi va parkka 9 mln. kishi tashrif buyurdi, foyda taxminan 100 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
Yevropada tashkil etilgan parklar hududi juda katta bo‘lib, uni bosib o‘tish, har bir attraksionda ishtirok etish uchun kamida bir hafta vaqt ham yetmaydi. Parklardagi bayram-shoular kun bo‘yi uzluksiz davom etadi. An’anaga ko‘ra, har kuni barcha ertak qahramonlari ishtirokida bir nechta shou o‘ynalari namoyish etiladi. Mashhur filmlardan original tryuklarni bajaruvchi kaskadyorlar guruhi tamoshalar ko‘rsatishadi. Parklarda misli ko‘rilmagan katta miqdorda suvenir va o‘yinchoqlar sotiladi, ular mashhur disney qahramonlari Mikki Maus sichqoni va h.k. Odatda dunyoning turli tomonidan kelgan turistlar parkda 2-3 kunini o‘tkazadi (standart tur ikki kun tunash), lekin 7 kun davomiylikka ega bo‘lgan turlar ham bor.
Parkda o‘yin va attraksionlardan tashqari tizimlashtirilgan maktablar mavjud, ta’lim dasturlari o‘tkaziladi Youth Programm (10-15 yoshli bolalar uchun 6 soatdan 3ta dastur) va Adult Yarniy Advetures Programm (katta yoshdagi bolalar va kattalar uchun 2ta dastur), Management Seminare (shou-biznesning nazariya va amaliyoti) va Educator Seminar kattalar uchun maxsus seminarlar o‘tkaziladi.
Biznes nuqtai nazaridan Disneylend o‘zlarini shou-biznesga bag‘ishlamoqchi bo‘lgan mutaxassis va kishilar uchun ajoyib maktab hisoblanadi. Bugungi kunda Disneylendga tegishli turistik agentliklar tomonida turistlar uchun bir nechta maxsus dusturlar ishlab chiqilgan va faol sotilmoqda. Ularning eng mashhurlari All inclusive PacKades, Classic Pakades - Classic plan, Food'n Fin Card, Specialired-lardir.
Dunyoning turizmi rivojlangan mamlakatlari Disneylendlar orqasidan katta miqtorda daromad olishmoqda. Bu kabi tajribani respublikamiz turizmiga ham joriy etish ishlari o‘tgan asrning oxirlarida amalga oshirila boshladi. O‘zbekistonda birinchi bo‘lib, Toshkentda 1996 yilda Disneylend ishga tushirildi. Bu Disneylendni yanada rivojlantirish va maxsus dasturlar ishlab chiqish lozim, chunki mamlakatimiz turistik imkoniyatlari jihatidan Markaziy Osiyoda yetakchi hisoblanadi. Mamlakatimizga tashrif buyurayotgan har bir turistda bu Disneylend katta taassurot qoldirishi lozimdir.
Ba’zi bir turistlar Parijdagi tarixiy eksponatlarini ko'rish uchun Luvr muzeyini hohlasa, ko'pchiligi Evro Disney — Uold Disneyning kashfiyotlarini tomosha qilishni yoqtiradi. Juda ko'p markazlar, xiyobonlar attraksionlar bilan to'la. Bular — arg'imchoqlar, qiyshiq oynalarning kulgu xonalari, uchish joylari. Misol uchun, Disney bog'ining tematik davomi bo'lgan kosmik uchishlami boshqarish pulti shaklida jihozlangan bolalaming elektron o'yinlari uchun butun bir zalni ajratilgan «Disney Magik», Amerikada esa otlarda yurish, har xil fantastik, mexaniq va elektron ko‘rinishdagi tomoshalardir. Hozirgi kunda yuqori darajaga erishgan “ Disney Magik” kruiz laynerini keltirish mumkin. Attraksionlar tizimida bolalarning avtomat o‘yinlari katta o'rin tutadi, kattalar uchun esa yanada jiddiyroq o‘yin sanoatining yangi kategoriyasiga oid ko'ngil ochish mashg'ulotlari ma’quldir. Ular billiard, karta, ruletka va boshqalardir.
Yevropa mamlakatlarida qurilgan parklar attraksionlarni tashkil etish va uning turistlar bilan to‘lishi nuqtai nazaridan qish oylarida bir qator muammolarga duch keldi. Bozorni o‘rganish va yaxshi marketing siyosati natijasida 1994 yildan boshlab, tezlikda rivojlana boshladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, 1993 yil Fransiyada park zarar bilan ishlovchi korxona bo‘lgan (1993 yil zararlar 113 mln. AQSH dollarini tashkil etgan). Parkka kirish biletlarining bahosi 20% ga pasaytirildi, bir vaqtning o‘zida yangi attraksionlar ochildi. Ko‘rilgan choralar natijasida turistlar oqimi 30% ga oshdi va parkka 9 mln. kishi tashrif buyurdi, foyda taxminan 100 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
Ispaniyaning bir bo‘lagi bo‘lmish Tenerife orolida Logo bog’i joylashgan.
Tenerifeni bejizga abadiy bahor oroli, deb atashmaydi. Iqlimi ham shunga yarasha. Havosi na soviydi va na isib ketadi.
Allaqachonlar so‘nib bo‘lgan Teyde vulqoni esa orolga ajib bir go‘zallikni hadya etgan. Qulay ob-havo sharoiti tufayli bu yerda 1200 turdagi nabotot va 109 xildan ziyod hayvonot olami yashab keladi. Shunday bo‘lsa-da, Tenerifeda zaharli ilon va hashoratlar deyarli uchramaydi. Bu esa sayyohlarga orol bo‘ylab bamaylixotir sayr qilish, tabit manzaralaridan istagancha bahra olish imkonini beradi. Orolni dunyoga mashhur qilgan yana bir narsa: uning bag‘rida joylashgan Loro parkdir. Yashillikka burkangan ushbu oazis bir yo‘la uchta — ajabtovur hayvonot bog‘i, delfinariy va ulkan akvariumni o‘zida birlashtirgan.
Loro parkka 1972-yili Volfgang Kissling tomonidan asos solingan bo‘lib, majmua har yili 1.500.000 tomoshabinga xizmat ko‘rsatadi. Parkka olib boruvchi asosiy yo‘l tailandcha uslubda qurilgan qishloqdan o‘tgan. Oltita uyning har biri yog‘ochdan, tomi esa haqiqiy tillodan ishlangan. Aytishlaricha, ushbu uylar yaqindagina orolga tashrif buyurgan Tailand qirolichasini ham hayratga solibdi.
"Loro” degan nomga park o‘zining antiqa to‘tiqushlar kolleksiyasi tufayli sazovor bo‘lgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ispan tilidan tarjima qilganda "loro” – "to‘tiqush” degan ma’noni bildiradi. 3500 dan ziyod to‘tiqushning hammasi ham qafasga mahkum etilmagan. Ularning anchagina qismi ochiq havoda, ayrimlari aktyor sifatida turli ko‘ngilochar tomoshalarda qatnashib turadi. Ana shunday tomoshalardan biri "Baby station” bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda to‘tiqushlar qoshiq yordamida mitti qushlarni bol bilan siylaydi.
Bundan tashqari, park hududidan dunyodagi eng katta pingvinariy joy olgan. "Pingvinlar sayyorasi”da 180 ta shu turdagi qush yashaydi. Har kuni ular yashaydigan maydonga maxsus zambarakdan 12 tonna sun’iy qor otiladi. Bu pingvinlarga oz bo‘lsa-da Antarktida havosini tuyish, ularning yashashi va ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratadi. Pingvinlar yashaydigan hudud oyna bilan o‘ralgan bo‘lib, tomoshabinlar harakatlanuvchi yo‘lak orqali qushlarning epchil va quvnoq xatti-harakatini kuzatishlari mumkin.
Parkning ulkan akvariumida esa butun dunyodan keltirilgan 15 000 dan ziyod suv jonivorlari yashaydi. Shuningdek, oynavand suv olamida 40 turdagi tirik korall va tropik baliqlarni uchratasiz. Akvariumdagi ajabtovur tunnel esa sayyohlarni ohanrabo misol o‘ziga tortadi. Aynan shu yerdan turib yirtqich akulalarni yaqindan ko‘rish imkoniyati mavjud. Jonivorlar shundoqqina boshingiz ustidan suzib o‘tayotgan bir paytda ularning ko‘z ilg‘amas mikroskopik tishlarini ham ko‘rsa bo‘ladi. Dengiz sherlari hamda delfinlar shousi parkning eng ommabop ko‘ngilochar dasturi bo‘lib, tomosha 1 200 000 litr suv sig‘imiga ega basseynda o‘tkaziladi.
Bir necha yil avval Loro parkning hayvonot bog‘iga dunyoning turli burchaklaridan 6 ta gorilla olib kelindi. Shu bahona bog‘ hududi kengayib, shimpanze, yo‘lbars, yaguar, turna, flamingo, timsoh va ulkan toshbaqalar ham uning bag‘ridan joy oldi. Dunyoda tengi yo‘q botanika bog‘i Loro parkning 135 000 kvadrat metr maydonni egallagan. Bog‘da turli xil ekzotik o‘simliklar, kaktus va 7000 dan ziyod palma daraxti parvarishlanmoqda. Bundan tashqari, bog‘dagi orxideya gullaridan iborat noyob kolleksiya, ajdarho daraxti xiyoboni va parkning eski qismidagi changalzor hech kimni befarq qoldirmaydi.
Tenerifeda sarguzasht ishqibozlarining zerikib qolmasligi aniq. Chunki orolda ular uchun yetarli shart-sharoit va qulayliklar yaratilgan. Masalan, dunyoga mashhur Guanchi piramidalarini olaylik. Ushbu piramidalar haligacha insoniyatni hayratga solishda davom etmoqda. Inshootni qurishda faqat toshlardan foydalanilgan. Sababi, o‘sha paytda mehnat qurollari asosan toshdan yasalardi. Guanchilar o‘shanda temir nimaligini bilishmagan. Shunga qaramay, ular qurgan inshootlar o‘zining pishiqligi va mustahkamligi bilan ajralib turgan.
Abadiy bahor orolida bir-biriga ulanib ketgan tor ko‘cha, gavjum maydon va bozorlar, yog‘ochdan qurilgan an’anaviy uy va cherkovlar, diqqatga sazovor joylar ko‘p. Aytishlaricha, birgina Loro parkni aylanish uchun bir kun kamlik qilarkan. Buni bilgan sarguzasht ishqibozlarining orolga bir emas, bir necha bor tashrif buyurishlarining asl sababi ham shu.
Mamalakatimizda ham hozirgi kunda bir qator mavzuli bog’lar, Disneylend va akva-parklar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Poytaxtdagi akvaparklardan birortasiga jo‘nashdan avval ularning hududlarida amal qiladigan asosiy qoidalarni yodga olish zarur:
- kiyim bilan cho‘milish mumkin emas;
- uzun sochlar yig‘ilgan bo‘lishi kerak;
- mast holda kelish, shuningdek, akvapark hududida alkogol ichimliklar ichish mumkin emas;
- bolalar akvaparkda doim kattalar nazorati ostida bo‘lishi kerak;
- vaqt rejimini buzganlik va shaxsiy saqlash qutichasining kalitini yo‘qotib qo‘yganlik uchun jarima solinadi;
- o‘zi bilan oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar olib kelish ko‘pchilik akvaparklarda taqiqlanadi (chaqaloqlar uchun ozuqalardan tashqari).
Bundan tashqari akvaparklarga kirish narxlarini ko’rib chiqishimiz mumkin.
9.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |