Disneylend - multfilmlar asosida qurilgan madaniy dam olish maskani, u bog’da siz sevimli qahramonlarning karikaturalarini, mashhur voqealarni ko’rishingiz, umda o’zingiz ham ishtirok etishingiz mumkin.
Akvaparklardagi basseynlar, suvli attraksionlar yordamida siz sun'iy to'lqinlarda suzishingiz, energiya olishingiz, tezlikni va hayajonni his qilishingiz hamda yaxshi kayfiyatga erishishingiz tayin.
Miniatura bog’larda siz dunyoning eng buyuk mo'jizalarini 25 barobar maydalashtirilgan kichik nusxalarini ko'rishingiz va bahra olishingiz mumkin.
Lego Parklar esa sizga o'z qo'llaringiz bilan siz hohlagan ob’ektlarni yaratish imkonini beradi va bu sizga quvonch keltiradi. Buyuk Ustyugda siz haqiqiy “Santa Klaus”ni, uzoq Laplandiyada esa unbing “rasmiy uy”ini ko’rish mumkin.
Etnik bog’larda turistlar xalqlarning milliy madaniyati hamda madaniyati tarixi bilan tanishishlari mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |