9-MAVZU. XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDAGI XAYOLIY
SOSIALIZMNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Xayoliy sosialistik g'oyalarning dastlabki ko'rinishlarida, ya'ni
Platon
asarlaridan boshlab T.Mor va T.Kompanelli asarlarining barchasida xususiy mulk
tanqid qilib kelindi.
Bu olimlar jamiyatni qayta tuzishni taklif qilib nisbatan adolatli, rivojlangan
jamiyatni asoslab berishga intildilar. Lekin, bularning barchasi xayoliy sosializm
shakllanishi arafasidagi dastlabki g'oyalar edi, xolos. Xayoliy sosializmning
haqiqiy rivojlanish davri XIX asrning birinchi yarmiga to'g'ri keladi. Bu davrda
Farbiy Evropa kapitalistik munosabatlar rivojlanib, sinfiy ziddiyatlar oshkor bo'ldi.
Ayniqsa, klassik iqtisodiy maktab vakillarining asosiy asarlarining ta'siri ko'pgina
maktablarga bo'lgani kabi xayoliy sosialistlar qarashlariga ham jiddiy ta'sir
o'tkazdi.
Shuningdek, bu davrda sanoat to'ntarilishining yakunlanishi va Evropa
mamlakatlarida yuz bergan jiddiy iqtisodiy o'zgarishlar ham xayoliy sosialistlar
A.Sen-Simon, Sh.Fure va R.Ouenlar o'z asarlarida ko'rsatib, mavjud kapitalizmni
ichki xususiyatlarini kengroq ochib berishga intildilar. Bu olimlar guruhi iqtisodiy
fan rivojiga katta hissa qo'shib, ilk bor kapitalistik munosabatlar abadiy emasligini,
unda iqtisodiy inqirozlar mavjud bo'lishini ko'rsatib berdilar. Shu jumladan ular
ham klassiklar kabi texnika taraqqiyotining jadallashuvi, ilmiy kashfiyotlar va
jamiyat ishlab chiqarishini umumjahon rivojini
iqtisodiy siyosatning asosiy
maqsadi deb hisobladilar. Bundan tashqari, xayoliy sosialistlar tabiiy tartib
konsepsiyasiga amal qilib jamiyat va alohida olingan insonning ideal ijtimoiy
tuzulishi modelini ilgari surdilar.
Xayoliy - sosialistlar klassik iqtisodiy maktab vakillaridan farq qilib,
xususiy
mulkchilikni va kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini tanqid qiladilar,
jamiyatning barcha a'zolariga baxt keltiradigan yangi jamiyat yuzaga keladi,deb
ishchilarni ishontiradilar. Ular yangi jamiyat adolatli ijtimoiy tuzum loyihalarini
bayon etib iste'mol va taqsimotni qayta tashkil etish bilan cheklanib qolmasdan
balki ishlab chiqarishni tubdan o'zgartirishni taklif qildilar.
Shuningdek, ularning ijtimoiy adolatni targ'ib qilishga qaratilgan g'oyalari
aynan adolatsizliklardan voz kechishi zarur degan fikrlari asosida nafaqat xayoliy
balki bozor iqtisodiyotiga qarshi karash ko'rinishini oladi. Va nihoyat, XIX asrning
birinchi yarmida ijod qilgan xayoliy sosialistlar ta'limotlarida bozor iqtisodiyotiga
muqobil qarashlari turlicha namoyon bo'ladi. Bu o'rinda ushbu maktab
vakillarining birinchidan, individual (yakka) faoliyatni kollektiv mehnat faoliyati
bilan almashtirish mexanizmini qanday izohlashlari bilan,
ikkinchidan
mehnatkashlarni jamoa tashkilotlariga birlashish tamoyillari xususiyatlarini qay
tarzda tushuntirishlarida o'z aksini topadi.
Bu shart-sharoitga e'tibor berib Sh.Jid va Sh.Rist o'z asarlarida quyidagicha
yozishadi: «Sen-Simon va uning izdoshlari haqiqiy kollktivizm tarafdorlari bo'lib,
ular jamoat tashkilotlariga millatning hamma a'zolarini kirgizishga harakat qildilar
va bunday birlashuvni tepadan boshlashni taklif qiladilar, ya'ni milliylashtirish va
boshqa jarayonlarni endi siyosiy xokimiyat o'z qo'liga oladi.
R.Ouen va Sh.Fure hamda ularning izdoshlari «Sosialist-assosiasiyachilar» bo'lib,
Sen-Simonchilardan farqli o'laroq indivit to'da (massa) ichida yo'qolib ketmasligini
istatadi. Ularni mayda avtonom guruhlar yordamida saqlab qolishni taklif qilib,
birlashuv jarayonini yuqoridan emas balki quyidan borishini maqsadga muofiq deb
hisoblaydilar». (Sh.Jid, Sh.Rist «Istoriya ekonomicheskix ucheniy». M.,
Ekonomika, 1995. Str.170)
Nihoyat, xayoliy-sosializm nomoyondolari o'zlarining benuqson ijtimoiy
tuzumlarni turlicha: Sen-Simon industrializm,
Fure garmoniya, Ouen esa
kommunizm deb atadilar. Lekin ularning barchasi ekspluatasiyaning yo'q bo'lishi,
aqliy va jismoniy mehnat o'rtasidagi qarama-qarshilikning bartaraf etilishi hamda
xususiy mulkning yo'q bo'lishi to'g'risidagi fikrlarni bir xil takrorladilar. XVIII
asrning oxiri - XIX asrning boshlarida Farbiy Evropada ishlab chiqarishning
hukmron shakli manufaktura bo'lib, fabrika ishlab chiqarishi endigina
shakllanayotgan edi. Kapitalizmning moddiy
sharoitlari va ishchilarning
jamiyatning asosiy sinfi sifatida shakllanishi dastlabki bosqichlarda edi.
Xayoliy sosialistlar ijtimoiy adolatli jamiyatga o'tish yo'llarini aniq ko'rsata
olmadilar, lekin ular sinfiy manfaatlar qarama-qarshiligini ta'kidlab o'tdilar. Ular
ishchilar sinfiga ezilgan jabrlanuvchi sinf sifatida qarab, asosiy e'tiborni ongni
rivojlantirishga, o'z g'oyalarini tashviqot qilib kommunalar, «falansterlar» orqali
hayotga tadbiq etishga qaratdilar. Mehnatkashlarni ozod etishning moddiy
sharoitlari yaratilmaganligi tufayli xayoliy sosialistlar bo'lajak jamiyatning
fantastik loyihalarini taklif etdilar. Ular o'zlarini sinflardan yuqori qo'yib,
jamiyatning barcha a'zolari manfaatlarini ifoda etayotganliklarini ko'rsatmoqchi
bo'ldilar. Shuningdek, siyosiy kurash, revolyusiyalarni rad etib, ijtimoiy adolat
g'oyalarini tashviqot qilish yo'li bilan jamiyatni qayta tuzishni orzu qildilar. Mana
shularning barchasi g'oyalarning xayoliy bo'lib qolishiga sababchi bo'ldi. Biroq,
xayoliy sosializm o'zining
cheklanganligiga qaramasdan, kapitalizm oyoqqa
turayotgan bosqichda progressiv ta'limotlar qatorida alohida o'rin egallaganligini
aytishimiz lozimdir.
2. A.Sen-Simon, Sh.Fure va R.Ouen iqtisodiy qarashlari
Fransiyada burjua inqilobidan keyin kapitalizm yana tez rivojlandi. Jamiyat
oldida doimiy ravishda ko'ndalang bo'lib qolgan yangi savollarga fransuz
mutafakkiri Sen-Simon birinchi bo'lib javob berishga urindi.