Kokuiylar(Kokvayhiylar)
398-443/1008-1051 yillarda mustaqil hukmdorlar, keyingi yillarda saljuqiylarning
vasallari
Markaziy va G’arbiy Eron
398/1008 Alou-d-davla Muhammad ibn Dushmanziyor
433-443/1041-1051 Abu Mansur Faromurz(Isfaxonda)
433-440/1041-1048 Abu Kalijar GarshospI (Hamadon va Nihovanda)
?-488/?-1095 Abu Mansur Ali(Yazdda)
488-513/1095-1119 Abu Kalijar GarshospII (Yazdda)
G’arbiy Eronda Buiylar inqirozga uchragan kezlarida maydonga chiqqan Kokuiylar
Daylamiylar sulolasi bo’lib, o’sib kelayotgan Saljuqiy hukmdorlar tomonidan qaram ahvolga
solib qo’yilib, mustaqilliklarini yo’qotgan edilar. Dushmanziyor Ray va Jibol Buiylaridan
SHahriyor shahrini oldi. Uning o’g’li Alou-d-davla Muhammad Ibn Kokuniya nomi bilan
tanilgan edi. Manbalarda ko’rsatilishicha, daylamiy lahjasida koku so’zi tog’a degan ma’noni
bildirib, Muhammadning otasi Buiy amir Majdu-d-davlaga tog’a bo’lar ekan. 398/1008 yilda u
Isfaxonning hukmdori bo’ldi, oradan ko’p o’tmay Hamadonni va G’arbiy Eronning boshqa
shaharlarini bosib oldi. U bu hududdan keladigan katta daromaddan foydalanib, baquvvat
yollanma qo’shin barpo etdi va shu sababdan Kokuiylar bir necha muddatga yirik siyosiy kuchga
aylandilar. Saroyda shoirlar va olimlarga homiylik qilinar edi, mashhur olim Ibn Sino esa
Muhammadning vafotiga qadar, uning vaziri bo’lgan. Muhmud G’aznaviy420/1029 yilda Rayni
ishg’ol qilganida Ibn Kokuya unga bo’ysunishga majbur bo’ldi. Ammo bu chekka sarhadlarni
ushlab turish G’aznaviylarga qiyinlik qilardi. SHuning uchun Ibn Kokuya bir necha muddatga
Rayni qaytarib oldi. CHorvador o’g’uzlarning bostirib kirishi Erondagi siyosiy vaziyatni butkul
o’zgartirib yubordi va Kokuiylar hamda boshqa Daylamiy hukmdorlar mudofaaga o’tishga
majbur bo’ldilar. Ibn Kokuya433/1041 yilda vafot etgach, Isfaxon uning o’g’li Faromurz qo’liga
o’tdi,
ammo Faromurz o’zini Saljuqiylarga qaram deb tan olishga majbur bo’ldi. Pirovardida
To’g’rul Isfaxonni bosib olib(443/1051), uni o’z poytaxtiga aylantirganida Faromurz qo’ldan
ketgan Isfaxon o’rniga Abarquh va Yazdni oldi, uning ukasi Garshosp Hamadon va Nihovandda
otasiga merosxo’r bo’ldi, biroqu o’g’uzlarga qarshi turolmadi va Forsdagi Buiylar panohiga
qochdi. Aftidan, so’nggi Kokuiylar ulug’ Saljuqiylar hukmronligiga ancha yaxshi moslashib
olgan bo’lsalar kerak: Ali ibn Faromo’rz Yazdda ota merosiga ega bo’lib, CHag’ribekning
qizlaridan biriga uylandi, bu sulolaning manbalarda tilga olinadigan so’nggi vakili Garshosp ibn
Ali esa sulton Muhammad va sulton Sanjarning singlisiga uylangan edi.
Ortuqiylar
495-811/1102-1408
Diyorbakr
1. Hisn Kayfa va Omiddagi urug’(491-629/1028-1232)
491/1098 Muinuddin So’kmanI
498/1105 Ibrohim
502/1109 Ruknu-d-davla Doud
539/1144 Faxruddin Qora Arslon
562/1167 Nuruddin Muhammad
581/1185 Qutbuddin So’kmanII
597/1201 Nosiruddin Mahmud
619/1222 Ruknuddin Mavdud
629/1232 al-Malik al-Masud
Ayyubiylar istilosi
2. Mardin va Mayyafarikindagi urug’(497811/1104-1408)
497/1104 Najmuddin El G’oziyI
516/1122 Husomuddin Temurtosh
547/1152 Najmuddin Alpi
572/1176 Qutbuddin El G’oziy11
580/1184 Husomuddin YuluqArslon
597/1201 Nosiruddin OrtuqArslon
637/1239 Najmuddin G’oziyI
658/1260 Qora Arslon al-Muzaffar
691/1292 SHamsuddin Doud
693/1294 Najmuddin G’oziyII
712/1312 Imoduddin Aliy Alpi
712/1312 SHamsuddin Solih
765/1364 Ahmad al-Mansur
769/1368 Mahmud as-Solih
769/1368 Doud al-Muzaffar
778/1376 Majvduddin Iso az-Zohir
809-811/1406-1408 as-Solih
Bu urug’ning mulklari Qora Quyunlilar tomonidan bosib olindi
Ortuqiylar do’gar degan o’g’uz qabilasining sardori Ortuq ibn Aqsabning avlodlaridir.
Ortuq ibn Aqsabning nomi manbalarda birinchi marta uning Onado’lida vizantiyaliklarga qarshi
olib borgan urushi munosabati bilan tilga olinadi; keyin uning ismi Saljuqiy sulton Malikshoh
tomonidan Bahrayn, Suriya va Xurosonda saltanat hududlarini himoya qilish uchun yuborilgan
turkman beklarining ismlari qatorida uchraydi. U o’z faoliyatini Falastinning noibi sifatida
tugatgan, ammo uning o’g’illari bu yerda Fotimiylar va salbchilarga qarshi dosh berolmay,
Diyorbakrdagi Mardin hamda Hisn Kayfa tevaraklariga joylashdilar. Bu hududdagi
Saljuqiylarning mulki asta-sekin El-G’oziy ibn Ortuqning qo’liga o’tdi. Edessada faranglarga
jiddiy qarshilik ko’rsatdi, 515/1121 yilda esa u Mayyafarikinni ham ishg’ol qildi. SHu paytdan
boshlab sulola ikki asosiy urug’ga bo’linib ketdi; El G’oziyning avlodlari Mardin va
Mayyafarikinda hukmronlik qildi; uning ukasi So’kmanning avlodlari esa Hisn Kayfada,
keyinchalik Omidda hukm surdi; Xartpert (Xreput)da esa, yana bir kichik urug’ hukmronlik
qilgan. Turkmanlar rosmana o’zlashtirib olgan hududda vujudga kelgan turkman sulolasining
Ortuqiylar davlati ko’pgina o’ziga xos turkman sifatlarini saqlab qolgan edi(masalan, ularning
unvonlari va ismlarida g’oziyni ifodalovchi tiyaik turkmancha alp, alpi kabi atamalar bor edi).
Turkman odatlariga amal qilgan Ortuqiylar, aftidan, ayni chog’da Diyorbakr aholisi orasidagi
ko’p sonli nasroniylarning ham xayrixoxligini qozongan ko’rinadilar. Zangiylarning ko’tarilishi
Ortuqiylarga bosqinchilik rejalarini amalga oshirishga xalaqit berdi— ular Nuruddinga vassal
bo’lib qolishga majbur bo’ldilar. Ayyubiylar esa ulardan Hisn Kayfa, Omid va Mayyafarikinni
tortib olib, Ortuqiylar hokimiyatini butunlay yo’qqa chiqardilar. XIII asrda Ortuqiylar bir necha
muddat Rumdagi saljuqiylar va xorazmshoh Jaloluddin Mankburniga qaram bo’ldilar. Oqibatda
Mardindagi urug’gina saqlanib qoldi, chunki Qora Arslon al-Muzaffar mo’g’ul xoni Huloguga
tobe bo’lgan edi. Sulola yana bir yarim asrdan keyin tugadi. Bu Temuriylarning bostirib
kirishlaridan keyin sodir bo’lgan turkman bosqinlarining yangi to’lqini bilan bog’liqedi. So’nggi
Ortuqiylar turkman qabilasi Qora Qo’yunlilar ittifoqi orasida qolib ketdi va811/1408 yilda
ortuqiy as-Solih Mardvinni Qora Quyunlilar sardori Qora Yusufga topshirishga majbur bo’ldi.
Zangiylar
521-619/1127-1222
al-Jazira va Suriya
1. Mosul va Halabdagi ulug’ urug’
521/1127 Imoduddin Zangiy ibn Oq So’nqur
541/1146 Sayfuddin G’oziyI
544/1149 Qutbuddin Mavdud
564/1169 Sayfuddin G’oziyII
572/1176 Izzuddin MasudI
589/1193 Nuruddin ArslonshohI
607/1211 Izzuddin MasudII
615/1218 Nuruddin ArslonshohII
616-619/1219-1222 Nosiruddin Mahmud
Hokimiyatni vazir Badruddin Lu’lu egallab oldi
2. Damashqda, keyin Halabda hukmronlik qilgan urug’
541/1146 Nuruddin Mahmud ibn Zangiy
569-577/1174-1181 Nuruddin Ismoil
Bu urug’ning mulklari yana Mosulga qo’shib olindi, keyin Saladin1 bosib oldi.
Zangiylarning otasi turkiy g’ulom Oq So’nqur479/1086 yildan487/1094 yilgacha Halabda
hukmronlik qilgan saljuqiy Malikshohning lashkarboshisi edi. Zangiy so’zining kelib chiqishi
aniq emas. Ehtimol, u arabcha zind, zanji(«qora» ma’nosida) bilan bog’liqbo’lsa ehtimol. Ammo
u turkiy so’z ham bo’lishi mumkin. Sulton Mahmud521/1127 yilda Zangiyni Mosulning hokimi
va ikki o’g’liga otabek qilib tayinladi. Saljuqiy sultonligining g’arbdagi beqaror vaziyati va
boshqa otabeklarning o’z oldiga qurib olgan huqumatlarining ko’plab paydo bo’lishi
Zangiylarning ko’tarilishini osonlashtirdi. Zangiyning asosiy tayanch nuqtasi buyagan Mosul al-
Jazira orqali g’arbdagi Suriyaga va SHimoldagi Kurdistonga siljishga yaxshi imkoniyat
tug’dirdi. Zangiy bir necha marta hujum qilib sapjuq sultonining jig’iga tegdi va mahalliy arab
hamda turkman amirlari bilan ham to’qnashdi. U, shuningdek, vizantiyaliklar va faranglar bilan
ham jang qildi, 539/1144 yilda esa graf JoslenII dan Edessani tortib olib, sunniylar dunyosida
shuhrat topdi. Zangiy vafot etgach, uning mulklarini o’g’illari bo’lib olishdi: Nuruddin Mahmud
otasining Suriyada bosib olgan yerlarini egalladi, Sayfuddin G’oziy1 ga esa al-Jaziradagi yerlar
tegdi. Keyinroq Sinjarda bu sulolaning uchinchi urug’i taxminan ellik yil mobaynida mustaqil
hukmronlik qildi. Nuruddinning Suriya va Falastinda faranglar va inqirozga yuz tutgan
Fotimiylarga qarshi yurgizgan siyosati Saladinning faoliyati va Ayyubiylar saltanatini barpo
etish uchun zamin hozirladi. Zangiylarning Suriyadagi urug’i keyinchalik Mosuldagi urug’ga
singib ketdi. Diyorbakr va al-Jazirada Ayyubiylarnnng bosqinchilik harakatlari muqarrar tarzda
ular bilan Zangiylarning to’qnashuviga olib keldi. Saladin 578/1182 va581/1185 yillarda ikki
marta Mosulni egallashga urinib ko’rdi, ammo bu urinishlar behuda ketdi. SHunga qaramasdan,
Mas’ud ibn Maudud yon berishga majbur bo’lib, Ayyubiylarga qaramligini tan oldi. Mosulda
hokimiyat tepasiga ArslonshohI ning sobiq quli, Arslonshoh vafotidan keyin muvaqqat hokim
bo’lgan Badruddin Luluning kelishi bilan Zangiylar hukmronligi tugadi. So’nggi zangiy
Nosiruddin Mahmud vafot etgach, Lulu Mosulning otabegi bo’lib, maliku-r-rahiym degan
unvonni qabul qildi va Mosulda vafotiga qadar(657-1259) hukmronlik qildi. U mo’g’ullarning
bostirib kirishi arafasida vafot etdi.
Document Outline - Asosiy matn:
- SHaddodiylar
- Ziyoriylar
- Buiylar(Buvayhiylar)
- Kokuiylar(Kokvayhiylar)
- Ortuqiylar
- Zangiylar
Do'stlaringiz bilan baham: |