pirovardida Ziyoriylar sulolasiga asos soldi, ziyoriy askarlar safida Buiylarning nomlari birinchi
marta tanildi. Mardovij ibn Ziyor o’dtsirilgan vaqtga kelib uch og’a-ini Buiylarning to’ng’ichi
Ali Isfaxonni egallab oldi, keyinroq esa butun Forsni qo’lga kiritdi. Ularning ikkinchisi Hasan
Jibolni, kenjasi Ahmad esa Kirmon va Huzistonni egalladi. 334/945 yilda Ahmad Bag’dodga
kirdi va keyingi yuz o’n yil mobaynida Abbosiylar Buiy amirlarining vasiyligida qoldilar (odatga
ko’ra, ular amiru-l-umaro unvonini oldilar). X asrning70-yillarida Ahmadning o’g’li Azudu-d-
davla Buiylarning Iroq, SHimoliy Eron va hatto Umandagi hamma mulklarini o’z hukmi ostida
birlashtirdi. Uning davrida Buiylar sulolasi o’z qudrati va yaxlitligining eng yuksak cho’qqisiga
erishdi. Azudu-d-daьla g’arbda Jaziradagi Hamdoniylarga qarshi, sharqda esa Tabaristonda
Ziyoriylarga va Xurosonda Somoniylarga qarshi faol bosqinchilik siyosatini olib bordi. Ammo
Buiylar o’rtasida o’tmishda Daylamda mavjud bo’lgan qabilaviy urug’chilik tuzumidan qolgan
hokimiyatni oila a’zolari orasida taqsimlash odati hukmron edi. Bu pirovandida davlatning
parchalanishiga sabab bo’ldi. Hokimiyat tepasida Azududdavladek kuchly hukmdor turganida
mamlakatda hamjihatlik ruhi ustun edi, ammo uning vafotidankeyin sulola ichida o’zaro nizolar
boshlandi. Ularning tarqoqligi dastavval Mahmud G’aznaviyga Buiylarning qo’lidan Ray va
Jibolni ancha osonlik bilan tortib olishga imkon berdi(420/1029 yilda), keyin esa ularni g’arbga
ancha kirib borgan saljuqiy To’g’rulga qarshi jiddiyroq qarshilik ko’rsatish imkonidan mahrum
qiddi. To’g’rul Iroq va G’arbiy Eronni kofirlardan ozod qilgani kelganini e’lon qilib,
sunniyparastlik kayfiyatlaridan foydalanishga erishdi.
Bag’dod 447/1055 yilda ishg’ol qilindi, lekin forsning Buiy amiri yana yetti yildan
ortiqroq hokimiyat tepasida turishga muvaffaq bo’ldi. Uning hukmronligi mahalliy kurdlarning
SHaboyqora qabilasi hokimiyatni bosib olguncha davom etdi. Biroq oradan ko’p o’tmay
ularning hamma mulki Saljuqiylar qo’liga o’tib ketdi. Ko’pchilik Daylamiylar singari Buiilar
ham mu’tadil yo’nalishdagi o’n ikki imomga e’tiqod qiluvchi (isno ashariya) shialarga mansub
edilar. Buiylar mulklari hududida ai’anaviy shia hayitlari joriy kilindi; ularning hukmronlik
davrida avvallari biroz mavhumroq, ehtirosga moyilroq shiaparastlik muayyan darajada tartibga
solindi va mazmunan chuqurlashdi. Bundan tashqari Buiylarning shiaparastligida arablarga
qarshi yo’naltirilgan Eron millatparastligi ham ifodalangan bo’lsa kerak. SHu munosabat bilan
yana bir narsani ta’kidlash kerak; ular o’zlarining shajarasini Sosoniylarga olib borib bog’lashga
harakat qilishdi va Eronda qadimiy shahanshoh unvonini tiklashdi. Bunda Abbosiy amirlarining
siyosiy hokimiyati va xazinasi ancha talofot ko’rdi, ammo Buiylar xalifalikni mahv etishga
urinib ham ko’rishgani yo’q, aksincha, Abbosiylarning siyosiy raqiblari—fotimiy-ismoiliy
shialarga nisbatan dushmanlik ruhida bo’ldilar. Madaniyat masalasiga kelganda, Buiylarning
ikkinchi va keyingi avlodlari arab va fors adabiyotini juda qadrlaredilar. O’sha davrning bir
qancha atoqli olimlari, shuningdek, shoir al-Mutanabbiy va bir qancha majmualar muallifi Abu-
l-Faraj al-Isfaxoniy ularning homiyligidan foydalanganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: