Turistik marshrutlar. «Marshrut» so‘zi aniqlangan, belgilangan yo‘lni bildiradi. Marshrut so‘zi faqat turizm sohasida tegishli emas balki, insonlarning turizm bilan bog‘liq bo‘lmagan doimiy, muntazam ravishda ma’lum tomonga, aniqrog‘i o‘ziga ma’lum geografik manzilga harakatlanishini ham anglatadi. Turistik marshrut deyilganda, bu yo‘ldan turist maqomini olgan Yakka inson yoki insonlar guruhi yuradigan harakatlanadigan, ma’lum bir makonga boradigan va qaytadigan yo‘l tushiniladi.
Hozirgi paytda turizm marshrutlari quyidagi marshrutlarga bo‘linadi:
Qadimgi marshrutlar.
Buyuk geografik kashfiyotlar davridagi marshrutlar.
O‘zgartirilgan marshrutlar
O‘zgarmaydigan marshrutlar
Tiklanadigan marshrutlar.
Tiklanmaydigan marshrutlar
Yangi, zamonaviy marshrutlar.
Qadimiy marshrutlar insoniyatning to buyuk geografik kashfiyotlargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Dastlabki marshrutlar oldindan o‘rganiladigan joylarga sayohatlar uyushtirish hisoblanadi. Insoniyat taraqqiyotida qadimiy ibtidoiiy odamlarning ovqat izlab ko‘chib yurishlarining izlari ham hozir topilgan, isbotlangan. Eng katta va dastlabki sayohat Misr firaoni Nexao topshirig‘i bo‘yicha Afrikaning dengiz qirg‘oq chiziqlari bo‘ylab amalga oshirilgan 3 yillik sayohati hisoblanadi. Bu sayohatni Finikiyaliklar amalga oshirdi. Ular kemalarda Qizil dengizdan Hind okeaniga chiqishdi, 3 yildan so‘ng Gibraltar bo‘g‘ozidan o‘tib O‘rta yer dengizi orqali Misrga yetib kelishdi. Bunday sayohatlar tarixda juda ko‘plab qayd qilingan. Nexao topshirig‘i bo‘yicha finikiyaliklar sayohatini keltirganimizning bosh sababi shundaki, aynan shu sayohatdan keyin 2 ta qit’a nomlandi:
«Asy», «Azu» - kunchiqar – keyinchalik Osiyo nomi
«Ereb» - kun botar – keyinchalik Yevropa nomi.
Qadimiy marshrutlarni harakatlanish jihatidan 2 xil sharoitga bo‘lishimiz mumkin:
Dengiz – suv yo‘li marshrutlari.
Quriqlikdagi marshrutlar.
Dengizlar orqali amalga oshirilgan marshrutlar:Fernando Magellanning yer shari bo‘ylab sayohati, Robert Skott va Raul Amundsen, shimoliy va janubiy qutblarga sayohatlari, Semyon Dejnyov va Vitus Beringning shimoliy muz okeani bo‘ylab sayohatlari, M.Lazarov va N.Lisyanskiyning janubiy qutbga sayohati, Mikluxo Maklay sayohati, Xristofor Kolumb va Jeyms Kukning okeanlar bo‘ylab sayohat marshrutlari.
Quruqlikda o‘tgan eng katta marshrutlardan biri «Buyuk ipak yo‘li» marshruti hisoblanadi. Shuningdek, xitoylik Chjan Syan yurgan yo‘l ham jahondagi eng katta marshrutdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |