9-mavzu: ta’lim va tarbiya psixologiyasi. Reja: O’qitish bilim berish jarayoning asosiy qirralari. Ta’lim psixologiyasi



Download 128,5 Kb.
bet3/5
Sana08.01.2023
Hajmi128,5 Kb.
#898332
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-Mavzu Up

Rivojlanishning istiqbollari bolalarning rivojlanishida yangi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishiga qaratilgan. Jan Piagetning kognitiv rivojlanishning mashhur bosqichlari bolalarning intellektual rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan muhim rivojlanish nazariyasining bir misolidir. Bolalar taraqqiyotning turli bosqichlarida qanday fikrda ekanliklarini tushunish orqali, ta'lim-tarbiya psixologlari bolalarning o'sishining har bir nuqtasida nimaga qodir ekanlarini yaxshiroq tushunishlari mumkin. Bu o'qituvchilarga ma'lum yosh guruhlariga yo'naltirilgan o'quv metod va materiallarni yaratishda yordam berishi mumkin.

  • So'nggi o'n yilliklarda bilimga oid nuqtai nazar ancha keng tarqalgan bo'lib, asosan xotiralar, e'tiqodlar, his-tuyg'ular va motivatsiyalar kabi narsalarni o'rganish jarayoniga qanday hissa qo'shadi. Kognitiv psixologiya odamlar fikrini, o'rganishini, eslashini va axborotni qanday ishlashini tushunishga aratilgan. Kognitiv nuqtai nazarga ega bo'lgan o'quvchi psixologlar bolalarning o'rganish uchun qanday qilib g'ayratli bo'lishlarini, ular o'rgangan narsalarni eslashlarini va boshqa narsalar bilan bir qatorda muammolarni qanday hal qilishlarini tushunishga qiziqishadi.

    • Konstruktiv yondashuv bolalarning dunyodagi bilimlarini faol ravishda yaratishga qaratilgan so'nggi zamonaviy nazariyalardan biridir. Konstruktivizm bolalarning qanday o'rganishini ta'sir qiladigan ijtimoiy va madaniy ta'sirlarga ko'proq e'tibor berishga intiladi. Ushbu istiqbolga psixolog Lev Vygotskiyning ishi katta ta'sir ko'rsatdi, u proksimal rivojlanish zonasi va o'qituvchi iskala kabi g'oyalarni taklif etdi.

    Ta'lim psixologiyasi nisbatan yosh intizom bo'lishi mumkin bo'lsa-da, odamlarning qanday o'rganishini tushunish uchun ko'proq qiziqish ortib boradi. O'quv-psixologiya mavzusiga bag'ishlangan 15-bo'lim.


    3. Tarbiya psixologiyasi.
    Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. 
    Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayonning mohiyati, mazmuni, qonuniyatlari, printsiplari, metodlari hamda tashkil etilishi masalalarini o’rganadi.
    Tarbiya jarayoni, deymiz. Jarayon o’zi nima? Har qanday jarayon – harakatdir, rivojlanishdir, moddiy dunyodagi narsalar, hodisalarning asta-sekin o’zgarishidir. Tarbiya jarayoni ham yosh avlodda aqliy kuchlarni rivojlantirishga va ma‘naviy – axloqiy sifatlar, e‘tiqodlarni, ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirishga qaratilgan harakatdir.
    Shaxs kamolotida tarbiya yetakchi rol o’ynaydi. Tarbiya rivojlanayotgan shaxsning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish bo’yicha faoliyatni tashkil etishdan iborat, aniq maqsadga qaratilgan va boshqariladigan jarayondir.
    Ijtimoiy-tarixiy tajribani avloddan avlodga o’tishi, uni yangi avlod tomonidan o’zlashtirilishi natijasida shaxs hayotga, mehnatga va muayyan kasbga yo’naltirish jarayoniga tarbiya deymiz.
    Tarbiya ilmiy, boshqariluvchi, aniq maqsad sari yo’naltirilgan jarayondir.
    Arastu: tarbiyaning maqsadi, vazifasi insonga tabiat ato etmagan narsalarni o’rnini to’ldirish, shakllantirishdir, deydi.
    Tabiat insonga tayyor qobiliyat, tayyor dunyoqarash, iymon-e‘tiqod, ma‘naviyat, axloqiy-ma‘naviy qarashlar, madaniyat va boshqalarni ato etmaydi. Bu xususiyatlar tug’ma emas. Ular shaxsda tarbiya, ta‘lim jarayonida shakllanadi.
    Tarbiya shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, shaxsni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok ettirishga qaratilgan barcha ta‘sirlarmajmuidir (“Vatan tuyg’usi”).
    Xalq pedagogikasida odamzot farzandini boqib, ta‘lim berib katta qilish, voyaga yetkazish uchun qilinadigan mehnat va g’amhurlikni tarbiya deb tushuntiriladi.
    Odamga ish-hunar o’rgatish va umuman shaxsning g’oyaviy-ma‘naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta‘lim tizimi ham tarbiya sarasiga kiradi.
    Ilmiy manbaalarda, pedagogik adabiyotlarda, pedagogikadan darslik va qo’llanmalarda tarbiyaga yuqorida keltirilgandek turlicha ta‘rif beriladi va ularning barchasi o’z o’rnida to’g’ridir.
    Tarbiya ijtimoiy xodisadir, kishilik jamiyatiga xos xodisadir. Inson ham, uning tarbiyasi ham o’z mohiyati bilan ijtimoiydir. Ya‘ni inson faqat jamiyatda, insonlar muhitida, o’zaro munosabatlar jarayonida, katta avlodga xos ijtimoiy tajribani o’zlashtirib olish orqali shakllanadi.Tarbiyaning ijtimoiy hodisa sifatida mohiyati ana shu.
    Tarbiya jarayondir, tarbiya keng ma‘noda yoshlarni, insonlarni ob’yektiv va sub’yektiv ta‘sirlar asosida aqliy, axloqiy, amaliy, jismoniy shakllanish jarayonidir.
    Biron bir maqsaga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tarbiyaga solinadi:
    a) o`quvchi – talabaning qaysi xislatini shakllantirish yoki yo’qotish
    maqsadida rejalashtiriladi:
    b) shu xislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbaalar
    izlab topiladi:
    v) belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy
    manbaalarni qaysini va qaerda ishlashni rejalashtiriladi:
    Xalqimiz ta‘lim beruvchini muallim, tarbiya beruvchini murabbiy deydi.
    Ta‘lim va tarbiya yagona jarayondir. Lekin ular aynan bir-biriga uxshash emas. Ta‘lim va tarbiyaning birligi avvalo ular maqsadining umumiyligidan iborat.
    Tarbiyaning vazifalari keng va ko’p qirralidir. Ta‘limning asosiy vazifasi o`quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish bo’lsa, tarbiya esa yosh avlodni jamiyatimizda qabul qilingan odob-axloq qoidalariga mos keladigan e‘tiqod, axloqiy malaka va ko’nikmalarni, extiyoj va intilishlarni tarkib toptirishdan iborat.
    Pedagogik jarayon agar tarbiya ta‘limda oldin yursagina yaxshi samaralar beradi. Tarbiya ta‘limga nosbatdan ustivor bo’lishi kerak.
    Bilim boshqa, tarbiyalanganlik boshqa. Bilimli bo’lish degani shaxs tarbiyalandi, degani emas. Shaxs bilimli, ammo tarbiyasiz, axloqsiz, ma‘naviyatsiz, madaniyatsiz bo’lishi mumkin.
    “Bilimlar yaxshi xulq bilan bezalishi kerak”, degan edi buyuk mutafakkir A.N.Farobiy. Xalqimiz ham “Olim bo’lish oson, odam bo’lish qiyin”, maqolini bekorga yaratmagan.
    Tarbiya jarayoni o’ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega. Ular quyidagilar:
    ta‘lim jarayoni ta‘limga nisbatdan murakkab jarayon hisoblanadi.
    Tarbiya jarayoni davomli uzluksizdir. XVIII asrda yashagan frantsuz ma‘rifatparvari K.A.Gelvetsiy (1715-1771) tarbiyaning davomli jarayon ekanligi haqida gapirib bunday degan edi: Men hali ham o’rganishni davom ettirmoqdaman; mening tarbiyam hali ham tugallangani yo’q. Qachon u tugallanadi? U qachon men unga qobilyatsiz bo’lib qolganimda; o’limimdan keyin tugallanadi. Hayotimning barchasi, aslini olganda, faqat birgina davomli tarbiyadir.
    - tarbiya jarayoni ham ikki tomonlama jarayondir:
    - tarbiya jarayoni dialektik xususiyatga ega:
    - tarbiya natijalarining bir xil bo’lmasligi:
    - tarbiyaning komleks ya‘ni yaxlit xususiyaiga ega ekanligi.
    Oila, turli jamoa tashkilotlari, fan-texnika, adabiyot, san‘at, ommaviy axborot vositalari, radio, televidenie va boshqalar ham tarbiyaga kuchli ta‘sir ko’rsatadi.
    Tarbiya jarayonida shaxsning turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy aqliy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlari tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustakamlanadi.
    Tarbiya-O`zbekiston mustaqilligining ma‘naviy asoslarini mustahkamlanishida, jamiyatimiz ijtimoiy taraqqiyotida, har tomonlama barkamol avlodni shakllantirishda xal qiluvchi qudratli omildir.
    Tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biri yoshlarning ongi, qalbiga milliy istiqlol g’oyalarini singdirish, ularda milliy ong, g’ururni shakllantirishdir.
    Hozirig kunda tarbiya jarayonida yoshlarda o’zbek xalqiga xos ma‘naviy-axloqiy sifatlarni ayniqsa, iymon-e‘tiqod, yangicha dunyoqarash, Vatanga muhabbat, unga fidoyilik, vatanparvarlik, boshqa millat kishilariga hurmat, insonparvarlik, mehr-muruvvat, sharm-hayo, mehnatsevarlik, mehmondo’stlik kabi fazilatlarni tarbiyalash ta‘lim maskanlari jamoalarining, o`quvchi-murabbiylarimizning muhim vazifasidir.
    Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo’layotgan kurashlar ko’p narsani hal qiladi, deydi davlatimiz boshlig’i I.A.Karimov. Bugungi mafkuraviy Xuruj juda xafli. Bu xuruj insonlar ongini buzuq g’oyalar bilan zaharlashga intilmoqda. Bunday mafkuraviy xurujlardan yoshlar ongini, o’zbekning o’zligini asrashimiz kerak. Yoshlarga bunday buzug’ g’oyalar, mafkuraviy xurujlarning maqsad-mohiyatini tushuntirib berishimiz zarur.
    Bu-tarbiya yo’li bilan, mafkuraviy tarbiya yo’li bilan amalga oshali, deydi yurtboshimiz.
    Tarbiya jarayonining tuzilishi. Tarbiya jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
    Tarbiyaviy vazifalarni belgilash;
    Uning mazmuning, shakl va metodlarini aniqlash;
    O`quvchi-talabalarini umumiy talablar, me‘yorlar bilan tanishtirish;
    Ularda ilmiy dunyo qarash va e‘tiqodlarni shakllantirish;
    Amaliy ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish;
    O`quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash, uni taxlil qilish ya‘ni monitoringini olib borish va boshqalar.
    Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikrlari
    Mashhur Shaxslarning Tarbiya Haqidagi Fikrlaridan.
    Bilim, ma‘rifat yaxshi hulq, axloq bilan bezanmog’i lozim.
    (Abu Nasr Farobiy)
    “Men farzand tarbiyalashda davlatni boshqarishdan ko’ra chuqurroq mushohada, undan ham chuqurroq donoshmandlik kerakligiga ishonch qildim”
    (Amir Temur)
    “Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta‘lim-tarbiyasini ko’rgan shaxslar kerak”
    (Islom Karimov)
    “Tarbiya uch narsa ehtiyoj sezadi: iste‘dodga, ilmga va mashqqa”
    (Arastu)
    “Yaxshi tarbiya-millat ichidan buyuk insonlarni ko’paytirishga, qolganlarni esa sog’lom fikr yurituvchi fuqarolarga aylantirishga qodir” degan edi ma‘rifatparvar Gelvedtsiy
    “Tarbiya biz uchun yo hayot,yo mamot, yo najod, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”.
    (Abdulla Avloniy)
    Tug’ub tashlov bila bo’lmas, bola bo’lg’ay balo sizga,
    Vujudi tarbiyat topsa, bo’lur ul rahnoma sizga.
    (Abdulla Avloniy)
    Bordir inson zotiga ancha sharaf,
    Yomon hulqini etsa bartaraf.
    Maktab sharoitida tarbiyaviy ishlar o`quvchilar, sinf rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Ular tarbiyani jamiyatning maqsadi hamda vazifalariga muvofiq ravishda tashkil etadilar.
    Tarbiya jarayoni o’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jarayonlari bilan o’zaro bog’liq.
    O`quvchi shaxsi tarbiya ob’yektigina emas, yeng muximi u tarbiya sub’yekti hamdir. Tarbiyaning asosiy turlari ikkitadir: Oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya. “Ijtimoiy tarbiya” iborasini ancha tor ma‘noda shaxsga ta‘sir ko’rsatishning maxsus tuzilgan ijtimoiy institutlarida, ya‘ni ta‘lim maskanlarida amalga oshiriladigan jarayonini ifodalash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy tarbiya jarayonida yosh avlod o’tmish tajribalarini o’zlashtirib, yanadaboyitadi. Tarbiya shaxsni axloqiy-ma‘naviy, aqliy, jismoniy, huquqiy kamolotida muhim o’rin tutadi. Shunga ko’ra ijtimoiy tarbiyaning bir necha turlari: aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik mehnat, huquqiy tarbiya kabi turlari bor. Bulardan tashqari diniy tarbiya, harbiy tarbiya ham mavjud.
    Bugungi kunda O`zbekiston jamiyati Prezidentimiz boshchiligida bosh tarbiyachi vazifasini o’tamoqda. Tarbiyaviy ishlarning muvaffaqiyatini ko’pgina omillar belgilaydi. Bu omillar quyidagilar:
    Ta‘limning tarbiyaviy imkoniyatlarni kengaytirish, maktab o`quvchilari bajaradign ijtimoiy-foydali mehnatni aniq rejalashtirish, maktab, oila va jamoatchilikning tarbiyaviy ta‘sirini birlashtirish, maktabda turli xildagi tarbiyaviy ish shakllari (Yakka tartibdagi, guruh, ommaviy ish shakllari) ni, tarbiyaviy tadbirlarini jonlantirish, o`quvchilar faolligini oshirish, tarbiyalashni qayta tarbiyalash bilan birga qo’shib olib borish va boshqalar.
    Bundan ming yil muqaddam buyuk mutafakkir Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asarida tarbiya, axloq masalalariga to‘xtalib, “Zamon butunlay ozdi. Ilm, hikmat, poklik kamaydi. Tuban, yomonlar ko‘paydi, fazilat egalari yo‘qolayotir”, deya yozgan ekan. Turli davrlarda yashagan donishmandlarning bu singari qarashlarini dunyodagi ko‘plab xalqlar tarixida kuzatish mumkin. Ammo zamon, jamiyat taraqqiyotiga ko‘ra yoshlar tarbiyasi masalasida yangi muammolar tug‘ilgan hamda tarbiyachilar, ustozlarning oldida vazifalar ko‘payib borgan. Odamlar yaxlit, bir butun holda yaxshi yoki yomonga bo‘linmaydi. Agar shunday bo‘lganda edi, tarbiya masalasi osonlikcha hal bo‘lardi. Yaxshi fazilatlar va yomon odatlarning, turli g‘oyalarning bir odamning qalbi va ongini egallash uchun kurashi — tarbiya masalasining naqadar murakkab ekanini anglatadi.
    “Tarbiya” so‘zining ma’nolari ko‘p bo‘lsa-da, milliy an’analardan kelib chiqsak, tasavvurda avvalo uning “axloqiy” sifati uyg‘onadi. Boisi, ota-bobolarimiz bola axloq-odobini tarbiyaning boshqa turlariga nisbatan ustun qo‘yishgan. “Binobarin, bolaning aqliy va jismoniy tarbiyasi samarasiz qolmasligi uchun, — deb yozadi birinchi o‘zbek professori Abdurauf Fitrat “Oila” risolasida, — farzandning axloqiy tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanib ko‘p harakat qilish lozim.
    Axloqiy tarbiya — odam axloqini kamolga yetkazish demakdir, ya’ni odamni shunday tarbiya qilish kerakki, fe’li va amali o‘ziga ham, boshqalarga ham foydali va manfaat keltiradigan bo‘lsin”.
    Fitrat ta’lim olishni ham tarbiya sira­siga qo‘shib, uni “aqliy tarbiya” deb ataydi. Shu­ningdek, farzandni sog‘lom voyaga yetkazish, ya’ni “jismoniy tarbiya”siga ham jiddiy e’tibor qaratib, tarbiyaning ushbu uch turiga xulosa berar ekan, zamonaviy til bilan aytganda, “shaxsning ijtimoiylashuvi”ni sodda ifodalaydi:
    “...bolalarning tarbiyasi bu farzandni jismonan, fikran va axloqan tarbiya qilib, kamolga yetish­tirish demakdir. Ya’ni ular­ni urinish va tirishish sahrosiga, ya’ni hayot-mamot maydoniga kuchli badan, sog‘lom fikr va yaxshi axloq bilan qurollantirib yuborish demakdir”.
    Abdulla Avloniy ham “Turkiy guliston yoxud axloq” risolasida bola tarbiyasiga yondashganda, uni jismoniy, fikriy va axloqiy turlarga ajratib, axloqiy tarbiyaga alohida e’tibor qaratadi.
    Ammo hozirgi zamon ta’lim tizimida “tarbiya” so‘zidan chekinish holatlari sezi­ladi, hatto qonun ham “Ta’lim to‘g‘risida” deb atalgan. Bolalar bog‘chasini “Maktabgacha ta’lim muassasasi” (maktabgacha ta’lim tashkiloti) deyishga ham asta-sekin ko‘nikdik, ammo MTM desa, ko‘z oldimizga baribir bolalar bog‘chasi keladi. Masalaga chuqurroq qarasak, bolalar uchun ilk yoshdan boshlab tarbiyaning jismoniy va axloqiy turlari muhim hisoblanadi. Aqliy yoki fikriy tarbiya — ta’lim bolalar maktabga borishi arafasida amalga kiradi.
    Shu o‘rinda “ta’lim” va “tarbiya” so‘zlari­ning lug‘aviy ma’nosiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq. Milliy tarbiya tarixining atoqli namoyandalari Fitrat va Abdulla Avloniy qarashlarida “tarbiya” so‘zining ma’no qamrovi “ta’lim”ga qara­ganda birmuncha kengligini ta’kidladik, hatto “ta’lim” mazmun-mohiyati jihatidan “fikr tarbiyasi” yoki “aql tarbiyasi” sifatida tarbiyaning tarkibiy qismi sanaladi. Umuman, tarbiya so‘zida yoshlarni (ham jismonan, ham axloqan, ham aqlan) barkamol avlod sifatida tarbiyalash tushuniladi. Ya’ni sodda qilib aytganda, “tarbiyali bola” barkamol avlod demakdir.
    O‘zbek tilining izohli lug‘atida tarbiya so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, “rivojlantirish, parvarish qilish, o‘stirish; o‘rgatish; ilm berish” singari bir qator ma’nolarni angla­tishi yozilgan. Izohli lug‘atni sinchiklab o‘rganganimizda “ta’lim” so‘zidan ko‘ra “tahsil” so‘zi ham kengroq ma’noni ifodalaydi.
    Aqliy va axloqiy tarbiya mushtarakligiga xalqimiz azaldan o‘ta zukkolik bilan yondashgan. Abu Nasr Forobiy “Baxt-saodatga erishuv” asarida bu masalani o‘ziga xos tarzda izohlaydi: “Ta’lim degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va ama­liy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir”.
    Mutafakkir kasb-hunar egallashni ham, tarbiyani ham amaliy faoliyat orqali yuzaga chiqarishni nazarda tutadi, ta’lim esa faqat so‘z va nazariy tomondan o‘rganish bilan cheklanadi.
    “Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, — deb yozadi Forobiy “Aql to‘g‘risida” risolasida, – ular fazilatli, o‘tkir muhokamali, yaxshi, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo‘r iste’dodga ega; yomon ishlardan o‘zini chetga olib yuradilar. Shunday kishilarni “oqil” deydilar. Yomon ishlarni o‘ylab topishda zehn-idrokka ega bo‘lganlarni “aqlli” deb bo‘lmaydi, ular­ni “ayyor”, “aldoq­chi” degan nomlar bilan aytmoq lozim”.
    Anglashiladiki, Sharqda tarbiya ta’limdan bir qadar keng tushuncha ekan, uning zamirida shaxs fazilatlari, bilimliligi, kasb-hunar egallagani, odob-axloqi, umuman, jamiyatda odamlarga qay darajada foyda keltira olishi asosiy mezon hisoblangan.
    Tarbiyaviy ruhdagi (“Qobusnoma”, “Mahbub ul-qulub”, “Futuvvatnomayi sultoniy”, “Turkiy guliston yoxud axloq” si­ngari) asarlarda shaxs fazilatlari­ning tasavvurimizdagi eng kichik, oddiy ko‘rinishlari ham batafsil tavsiflanganki, bu shaxsning tarbiyalanganlik darajasini aniqlashda o‘lchov bo‘lib xizmat qiladi. Shaxs fazilatlarini batafsil izohlash, dars jarayonida o‘rganishning yaqqol namunasi Abdulla Avloniy­ning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asaridir. Asarda insonga xos bo‘lgan fazilatlar, yaxshi va yomon xulq va illatlarga birma-bir izoh berilgan.
    Turli tarixiy davrlarda tarbiya oldida turgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha o‘ziga xos usullar, an’analar shakllangan. Bitiktoshlardagi mardlik va ezgulikka da’vat, xalq og‘zaki ijodidagi donishmand­lik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik kabi fazilatlar, odil podshohlar, komil farzandlar, fozil odamlar; o‘rta asrlar mutafakkirlarining axloqiy ta’limotlari, “ustoz va shogird”, “pir va murid” an’analari; jadid tarbiyashunosligi singari boy tarixiy manbalar ko‘p­ligiga guvoh bo‘lamiz.
    Sho‘ro davridagi “kommunistik tarbiya” esa yuzaki va yolg‘onligi, milliy, tarixiy asosga quril­magani bilan qisqa vaqt ichida unutildi.
    Hozirgi zamon jahon pedagogikasida tarbiyaga turlicha ta’rif berilayotgan bo‘lsa-da, biz uchun sharq mutafakkirlari qoldirgan meros o‘zining hayotiyligi va mazmunan keng qam­rovliligi bilan qimmatlidir.
    Ayrim hollarda ta’lim muassasalarida ta’limni tarbiyadan ustun qo‘yish, tarbiyani e’tibordan chetda qoldirish holati yoki tarbiyani ta’lim orqali amalga oshirish haqidagi fikrlar ilgari surildi. Ammo jahon pedagogikasidagi bu taj­ribalar o‘zini oqlamaganligini hayot ko‘rsatib turibdi.
    Rus olimi G.K.Selevko e’tirof etgani­dek, “tarbiyalovchi ta’lim” rus ta’lim tizimiga katta zarar keltirdi — bu ta’limni tarbiyadan ustun qo‘ydi, jamoa tarbiyasini yetarli baholay olmadi, maktabni amaliy hayotdan ajratib qo‘ydi” (Ta’kid bizniki — H. A.).
    Maktab amaliy hayotdan ajralib qolishi­ning asosiy sabablaridan biri, shubhasiz (xuddi shuni sharq mutafakkirlari ta’kidlagan edilar), yosh avlod tarbiyasiga faqat nazariy (ta’limiy) tomondan yondashuv bo‘lib, axloqiy faoliyat e’tibordan chetda qoldirilganidir. Haqiqatan, ta’lim olish (o‘quv-biluv faoliyati) — aqliy tarbiyani amalga oshirishi, ya’ni mustaqil o‘qish, fikrlashni rivojlantirishi mumkin. Ammo ta’lim zamiridagi tarbiya nazariy bilimligicha qolave­radi, bu faoliyat emas.
    Rus pedagog olimi I.P.Podlasiy (axloqiy) tarbiyani umumiy falsafiy nuqtayi nazar­dan insonning hayotiy shart-sharoitlarga moslashuvi, ijtimoiy tomondan katta avlod hayotiy va axloqiy tajribalarini yosh avlodga o‘tkazishi, pedagogik jihatdan keng ma’noda insonga barcha ta’sirlar jarayoni va uning natijasi, tor ma’noda o‘quv-tarbiya muassasalarida amalga oshiriluvchi tarbiyachilar tomonidan maxsus tashkil etilgan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan va tarbiyalanuvchilarda belgilangan sifat-fazilatlarni shakllantiradigan boshqariluvchi jamoaviy o‘zaro hara­kat, ama­liy nuqtayi nazardan aniq tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan tarbiyaviy faoliyat (tarbiyachilar, o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, yetakchilar hamkorligida) jarayoni va natijasi deb izohlaydi. Shuningdek, taniqli rus pedagogi G.M.Kodjasparova tarbiya kategoriyasi­ga ikki yo‘nalishda yondashadi. Birinchidan, tarbiya ijtimoiy hodi­sa sifatida “yangi avlodni ijtimoiy hayotga tayyorlash maqsadida ularga ijtimoiy-tarixiy tajribalarni o‘tkazish jarayoni bo‘lsa, ikkinchidan, pedagogik hodisa sifatida insonga mavjud madaniyatni o‘zlashtirishi uchun aniq maqsadga yo‘naltirilgan va rejalashtirilgan (uzluksiz) sharoit yaratish”, deb izohlaydi. Bu tarbiya maxsus tarbiya muassasalarida, oila, maktab, maktabdan tashqari ta’lim muassasa­larida, bolalar va o‘smirlar birlashmalarida, turar joylardagi klublar singari muassasalarda amalga oshiriladi. Tasavvur qiling, mana shu vazifalarni ta’lim zamirida amalga oshirish mumkinmi?
    Tarbiyaning maqsad-mohiyati davrlar o‘tishi bilan o‘zgarmaydi, barcha millat uchun ham bir darajada ahamiyatli. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar, an’analar tarbiya mazmun-mohiyatini belgilaydi. Bugun nemis, rus yoki ingliz maktabida ham, o‘zbek maktabida ham ta’lim muassasasining tarbiyaviy vazifalarini kuchaytirish, ta’limning “tarbiyalovchi” faoliyatidan qoniqmaslik holatlari olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Tarbiyaga asoslangan maktablar, o‘quvchini hayotga tayyorlashni, ijtimoiylashuvini asosiy maqsad bilayotgan ta’lim muassasalari tajribalarini o‘rganishga ehtiyoj tug‘ilayotganini ta’kidlash joiz.
    Ta’lim berish yuksak darajada tashkil qilingan yapon yoki koreys maktablari bitiruvchilari o‘z xalqining milliy qadriyatlari asosida tarbiya topganini bir qarashda, ularning oddiygina salomidan sezamiz. Demak, ta’lim sohasida dunyo mamlakatlarining ilm-fan yutuqlarini o‘qib o‘rganish mumkin, ammo tarbiyada milliy qad­riyatlar, urf-odatlardan chekinish yoki ularni ikkinchi darajaga tushirib qo‘yish mumkin emas.
    Tarbiyaning ibratga, namunali amaliy faoliyatga asoslanganini ham unutmaslik joiz. Ya’ni aqliy tarbiya (ta’lim) aniq dastur va rejalar asosida oddiydan murakkabga tomon rivojlanib borsa, tarbiyada (axloqiy tarbiya) jamiyatda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan yoshlarda o‘z vaqtida tegishli munosabat uyg‘otish, aniq maqsad va natijaga yo‘naltirilgan reja va dasturlar ijrosiga qo‘shimcha ravishda ijodiy yondashuv, ijtimoiy muhitni sinchiklab o‘rga­nish taqozo etiladi. Aqliy tarbiyaga nisbatan axloqiy tarbiyaning faoliyat qamrovi, oldiga qo‘yilgan vazifalar katta bo‘lib, buning samarali ijrosi uchun maktab imkoniyati torlik qiladi. Shunday bo‘lsa-da, ta’lim muassasasi tarbiya jarayonining tashkilotchisi, muvofiqlashtiruv­chisi bo‘lishi maqsadga muvofiq. Chunki oilalar bolalarni nafaqat ta’limiy (fikriy), balki axloqiy va jismoniy tarbiyalash borasida turli darajada, hatto farzandiga odob qoidalarini o‘rgatishga qobil bo‘lmagan ota-ona­lar ham oz emas.
    Pedagogik jarayonda axloqiy tarbiyani ham, ta’lim tizimidagidek (davlat ta’lim standartlari singari) uzluksizlik talablaridan kelib chiqib shakllantirish qanchalik katta va murakkab masala bo‘lsa-da, amalga oshirish lozim. Albatta, ma’naviy-axloqiy tarbiya tushunchalarini qolipga solib bo‘lmaydi, ammo talablar shaklida hayot­dan ajralmagan holda ifodalash mumkin. Bu boradagi samarali vositalardan biri, shubhasiz, milliy adabiyot o‘qitishni yanada takomillashtirishdir. Chunki milliy adabiyotimiz azaldan odobga asoslanganligini yodda tutishimiz lozim.
    Tarbiya umr bo‘yi davom etadigan jara­yon. Hayotdagi har bir kishi tarbiyaviy ta’sirga ega. U hayot maktabida tarbiyalanar ekan, tarbiyachi sifatida, tarbiya vositasi sifatida o‘zi ham ijtimoiy muhit yaratishga xizmat qiladi.
    Yana Abdulla Avloniyga murojaat qila­miz: ma’rifatparvar bobomiz “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida “o‘zlarida yo‘q tarbiyani qaydan olib berurlar” deya ota-onalardan, “usuli ta’lim” ko‘rmagan” deya muallimlardan noliydi. Demak, axloqiy tarbiyada oila, mahalla, jamoat, maktab hamkor­ligi hamda bu boradagi muammolar bugun paydo bo‘lgan emas. Bu hamkorlik asosida aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘nlab tarbiya konsepsiyalarini, texnologiyalarini yaratish kun tartibida turgan dolzarb vazifa bo‘lib qola­veradi. Davrimizning muammolari ham, tarbiyaviy imkoniyatlari ham barcha davrlardagiga qaraganda murakkab va ulkandir.



    Download 128,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish