9-MAVZU: TA’LIM VA TARBIYA PSIXOLOGIYASI.
Reja:
1. O’qitish bilim berish jarayoning asosiy qirralari.
2. Ta’lim psixologiyasi.
3. Tarbiya psixologiyasi.
4. Shaxsni shakllannishiga ta’sir etuvchi omillar.
1. O’qitish bilim berish jarayoning asosiy qirralari.
Pedagogik psixologiya - taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi.
Pedagogik psixologiyaning maqsadi — shartsharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda oʻqitishning oqilona rivojlantiruvchi taʼsirini kuchaytirish.
Pedagogik psixologiya 19-asrning 2-yarmida vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari Pedagogik psixologiya rivojiga katta qissa qoʻshganlar. Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida oʻsha davrda yuzaga kelgan psixologik yoʻnalishlar ham turtki berdi.
Bixevioristik (qarang Bixeviorizm) psixologiya yoʻnalishi tarbiyachi va oʻquvchiga tashqi muhitning taʼsirini Pedagogik psixologiya uchun asos qilib oladi. Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi, shuningdek, pedagogika bilan uz-viy bogʻliq. Pedagogik psixologiya, asosan, taʼlim psi-xologiyasi va tarbiya psixologiyasiga boʻlinadi.
Taʼlim psixologiyasi d a oʻquv jarayonida xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodaning roli, shuningdek, oʻquvchilarning individual xususiyatlari (temperamenti, harakte-ri, qiziqishlari), oʻquv predmetlarining oʻziga xos’tomonlari, taʼlim jarayonini boshqarishning psixologik tamoyillari va boshqa oʻrganiladi. Hozirgi zamon taʼlim psixologiyasida oʻquvchilarga doimiy yangilanib turadigan axborotlarni mustaqil oʻzlashtirish imko-niyatini beradigan, ilmiy-texnika yangiliklaridan orqada qolmaslikni taʼminlaydigan tafakkur sifatlarini oʻrganish muhim masaladir.
Ta’lim va tarbiya psixologiyasining asosiy vazifasi — maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida shaxsning shakllanishi masalasini ishlab chiqish. Unda shaxsning axloqiy sifatlarining shakllanishiga alohida ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya tadqiqotlari oʻquv materiali mazmunini tanlash, oʻquv dasturlari, darsliklar tuzish, taʼlimning har xil bosqichlarida oʻqitish metodlari tizimini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega.
O'quv psixologiyasi odamlarning o'rganishi, jumladan, o'quvchilarning natijalari, o'qitish jarayoni, ta'lim olishdagi individual farqlar, iqtidorli o'quvchilar va o'rganishdagi nogironlar kabi mavzularni o'rganishni o'z ichiga oladi.
Psixologiyaning ushbu bo'limi nafaqat erta yoshlik va o'smirlikni o'rganish jarayoni, balki butun umri mobaynida o'rganishga jalb qilingan ijtimoiy, hissiy va bilim jarayonlarini o'z ichiga oladi.
O'quv-psixologiya sohasi rivojlanish psixologiyasi, qiziqishning psixologiyasi va kognitiv psixologiyani o'z ichiga olgan bir qator boshqa fanlardan iborat.
Ta'lim psixologiyasida qiziqishlar mavzusi
Ta'lim texnologiyalari
O'quv qo'llanmalari
Maxsus ta'lim
O'quv dasturlarini ishlab chiqish
Tashkiliy ta'lim
Iqtidorli o'quvchilar
Ta'lim psixologiyasida tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan raqamlar
Jon Locke
Uilyam Jeyms
Alfred Binet
Jon Dewey
Jan Piaget
BF Skinner
Do'stlaringiz bilan baham: |