Pardalar. Xonalarni hajmi, o‘rnidan qat’i nazar, ularni jihozlashda pardalar katta ahamiyatga ega. Odatda pardalar deraza va eshiklarga tutiladi. Ular turli mato, elastik sun’iy plyonka, to‘rlardan, shuningdek somon va ingichka novda, yupqa taxtachalar-dan tayyorlanishi mumkin. Pardalarning rangi, guli xonalar hajmi, devorlar rangi, xona ichidagi jihozlarga mos bo‘lishi kerak. Derazaga odatda ikki parda (to‘r va qalin mato) tutiladi. Keyingi paytlarda deraza tomon devori bo‘ylab yaxlit bir xil parda tutish ham urf bo‘ldi. Uylarning pastki qavatlarida yoki boshqa uylarga yaqin qurilgan joylarda to‘r va qalin mato parda-lardan tashqari (uy ichi tashqaridan ko‘rinmasligi uchun) deraza-ning quyi qismiga kalta pardalar (darparda) ham tutiladi. Yupqa matodan tikiladigan bunday pardalar deraza tabaqalariga torti-lib, deraza bilan birga ochiladi. Deraza pardalari o‘rnatishning turli-tuman usullari bo‘lib, xona ichini bezashda ular muhim ahamiyatga ega. Pardalardan o‘rin-li foydalanib derazalar shakli va hajmidagi ayrim nuqsonlar-ni yopish mumkin. Agar xonada bir kichik deraza yoki ikkita tor deraza bo‘lsa ular devor bo‘ylab yaxlit parda bilan yopilgani ma’qul. Qalin deraza pardalari uchun ustunsimon qavat hosil qilib turadigan og‘ir mato va undan bir oz yengil gulli, unchalik qalin bo‘lmagan matolardan foydalaniladi.
Ko‘p qavatli uylarda odatda eshiklarga parda (portyera) tutilmaydi. Eshik parda tutish zarurati bor yerlarda bunday parda uchun mato tanlanayotganda xona ichki qismining qiyofasi va vazifasi nazarda tutiladi, xona ichkarisidagi ranglar majmuasiga mos rangli mato olish kerak bo‘ladi. Qalin deraza pardalarni o‘rnatish uchun joyiga qarab yog‘och va metall hamda sun’iy materiallardan ishlangan yakka qator va qo‘sh qator karnizlardan foydalaniladi.
Bollalar xonasini ikki qavatli karavotlar bilan jihozlash. Imkon bor erda bolalar uchun alohida yorug’, oftob tushadigan xona ajratiladi. Uni bolalar yoshiga qarab jihozlanadi. Bolalarning serharakatligi inobatga olinib, ularning o’yiniga kengroq joy ajratiladi. Bu xonada ortiqcha narsalar bo’lmagani ma’qul. Kunduzi yig’ishtirib qo’yiladigan karavotlar qo’yilsa, xona yana ham keng bo’lib, bolalar bemalol o’ynashiga sharoit yaratiladi. Farzandlarning yoshi, jinsiga qarab aksariyat otalar bolalar xonasiga mos ikki qavatli karavot yoki rom oldiga yig’ma stol yasab yoki burchakni bolalarning dars tayyorlashiga mos qilib uchburchak stol yasab beradilar. Xonani jihozlashda bolalarning o’zlari ishtirok etsalar yana ham chiroyli bo’ladi.
O’smirlarning xonasi o’zlariga mos qilib jihozlanadi. Ularning dars tayyorlashi uchun yozuv stoli, sekreterlardan foydalansa bo’ladi. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilari uchun parta shaklidagi kichik stolchalar yaxshi bo’ladi. Yozuv stoli deraza yaqiniga qo’yilsa, dars tayyorlash, rasm chizish, kitob o’qish uchun qulay.
Bolalar xonasi an’anaviy bolalar mebeli bilan jihozlanishi mumkin. Divan-karavotdan tashqari kitob, kiyim-kechak, o’yin-choqlar saqlanadigan shkaf qo’yish lozim. Bolalar xonasiga kichik yoshdagi bolalar uchun kichik hajmli sport anjomlari, masalan, devorga narvoncha o’rnatish mumkin. Bolalar xonasi yorqin, quvnoq kayfiyat yaratadigan bo’lishi uchun ular yoshiga mos rangli plakatlar, geografik xaritalar, taqvimlar, fotosuratlar bilan bezalsa yana ham yaxshi
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Xonalarni bezashda qanday talablarga amal qilinadi.
2. Bolalar xonasini bezashda qanday talablar bajariladi.
3. Xonalarni bezashda taklif etilgan echimlarni izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |