9-mavzu: Taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash. Reja



Download 0,8 Mb.
bet2/5
Sana31.03.2023
Hajmi0,8 Mb.
#923242
1   2   3   4   5
Bog'liq
M-9 (1)

Mehmonxona. Umumiy xona, odatda, eng keng xona bo‘lib, undan umumiy oilaviy dam olish, mehmon kutish uchun foydalaniladi. Bu xonaning vazifasi ko‘p bo‘lganligi uchun uni jihozlashga alo-hida e’tibor berilishi kerak. Deraza oldi, odatda dam olishga ajratiladi. Shu maqsadda bu yerga divan, pastakkina jurnal stoli, bir yoki ikki kreslo, televizor, radiomagnitofon qo‘yiladi.
Xonaning katta-kichikligiga qarab yana servant, bezak ashyolar, kitob javoni qo‘yish mumkin. Mehmon kutiladigan xonada albatta stol, stullar bo‘ladi. Xona keng bo‘lib turishi uchun stol devorga yaqin qo‘yilsa, zarur paytda o‘rtaga olinadi.
Mehmonxona chog‘roq bo‘lsa, stol yig‘ma bo‘lgani ma’qul. Xona o‘z nomi bilan mehmonxona bo‘lgani uchun ham aksariyat shu xona bekalarning didi, ichki madaniyatini namoyon etadi. Shuning uchun ham uni jihozlash va bezashga hamma bekalar ham alohida ahamiyat berishadi.
Yotoqxona. Xonalar hajmi va oila a’zolarining soni, tarkibiga qarab yotoqxona, ish kabineti, bolalar xonasi kabilarga ajratiladi. Yotoqxona uchun odatda chog‘roq xona tanlanadi. Unga faqat uxlash uchun zarur bo‘lgan mebellar qo‘yiladi. Bolalar xonasi uchun kengroq xona ajratilgani, unda karavotdan chetroqda bolalar o‘ynaydigan joy ham bo‘lgani ma’qul. Yosh bolalar 3—4 yoshgacha ota-onasining yotoqxonasida bo‘ladi. Bu yerda asosiy yotish joyidan tashqari, albatta, bolalar karavoti uchun ham joy ajratiladi. Xonalar kam bo‘lsa, yotoqxonalar ijodxona (kabinet) vazifasini ham o‘taydi. Demak u yerga shunga mos jihozlar ham kiritila-di. Odatda ish stoli derazaga taqab qo‘yiladi. Stolga yaqinroq devorga kitob javoni o‘rnatilsa, kam joy egallaydi. Kiyim-kechak saqlanadigan shkaf, odatda, yotoqxonada bo‘ladi. Yotoqxonaga pardoz stolchasini qo‘yish mumkin.
Yotoqxona odatdagi (shiftdagi) lampochkadan tashqari, karavotlar yonidagi tumboch-kalar tepasida devorga o‘rnatiladigan lampalar bilan ham yoritiladi. Ish joyidagi stol ustiga, pardoz stolchasiga stol lampasi qo‘yilgani ma’qul. Deraza pardalari, gilam, karavot ustidagi yopqichlar bir-biriga mos bo‘lsa, chiroyli ko‘rinadi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish