9-mavzu. Tadbirkorlikni bank, soliq xizmati va audit bilan o’zaro aloqalari



Download 48,5 Kb.
Sana25.03.2023
Hajmi48,5 Kb.
#921647
Bog'liq
9-mavzu. Tadbirkorlikni bank, soliq xizmati va audit bilan o’zar


9-mavzu. Tadbirkorlikni bank, soliq xizmati va audit bilan o’zaro aloqalari.

Soliqlar va yig’imlar, bojlar, rag’batlantirish, soliqqa tortish usullari, adolatlilik tamoyili, oddiylik va xolislik, soliq stavkalari.


Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashning tashqi manbalaridan tijorat banklari va kredit uyushmalari katta rol o‘ynaydi. Tijorat banklarining asosiy vazifasi, operatsiyalari va xizmatlari quyidagilardan iborat:
- yuridik va jismoniy shaxslaming hisobvaraqlarini ochish va yuritish hamda ular bo‘yicha omonatlami jalb qilish;
- o ‘z mablaglari va jalb etilgan mablaglar hisobidan hamda o‘z nomidan kreditlar berish;
- mulkdor yoki mablag‘larni tasarruf etuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomaga ko‘ra pul mablag‘larini boshqarish;
- yuridik va jismoniy shaxslardan chet el valutasini naqd pulga va pul o ‘tkazish yoTi bilan sotib olish va sotish;
- pul mablag‘lari, veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlari inkassatsiyasi;
- majburiyatlaming bajarilishini ko'zda tutadigan uchinchi shaxslarga kafolatlar berish;
- majburiyatlaming bajarilishi bo‘yicha uchinchi shaxslardan talab huquqini sotib olish;
- qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, sotib olish, sotish, hisobga olish va saqlash, mijoz bilan shartnoma asosida qimmatli qog‘ozlami boshqa-rish va ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;
- trast (mijozlaming mulkini ishonchli tarzda boshqarish) operatsiyalarini o ‘tkazish;
- moliyaviy lizingni amalga oshirish;
- moliyaviy injiniring (murakkab loyihalami moliyalash, balansning yuqori qismida operatsiyalar o ‘tkazish, birlashish, sotib olish bo‘yicha operatsiyalar, ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar)ni amalga oshirish;
- bank maslahati va axboroti xizmatlari ko‘rsatish, yuridik va jismoniy shaxslarga maxsus binolar yoki uyerdagi seyflarni ijaraga berish.
Tadbirkorlik subyektlarining banklar bilan o ‘zaro munosabatlari shartnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning asosida amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik uchun banklarning eng muhim vazifalaridan biri kreditlar bilan ta’minlash hisoblanadi.
0 ‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlariga kreditdan foydalanishga qulay sharoitlar yaratilgan; tijorat banklari va ularning shaxobchalarining kengayishi, maxsus Mikrokreditbanklarning tashkil etilishi, kredit uyushmalarining rivojlanishi, kreditlash jarayonlarining takomillashib borishi, imtiyozli kreditlaming kengayishi, mikrokreditlaming joriy etilishi va hokazo.
0 ‘zbekistonda keyingi yillarda tadbirkorlikni kreditlash borasida bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi: Markaziy bank tomonidan 2000- yil 22- fevralda tasdiqlangan “0 ‘z faoliyatini yuridik shaxsni tashkil etmasdan amalga oshiruvchi xususiy tadbirkorlar va
dehqon xo‘jaliklarini tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valutalarda mikrokreditlash tartibi”, " 0 ‘z faoliyatini yuridik shaxsni tashkil etgan holda amalga oshiruvchi fermer xo‘jaliklari, kichik biznesning boshqa subyektlarini tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valutalarda mikrokreditlash tartibi” va boshqalar. Natijada tadbirkorlik subyektlariga beriladigan kreditlar yildan-yilga keskin oshib bormoqda.
Respublika bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash uchun ajratilgan kreditlar 2001- yilda 171,5 mlrd. so'mni tashkil etgan bo‘lsa, 2008- yilga kelib 1255,0 mlrd. so‘mda yetgan, ya’ni 7,3 barobarga oshgan.
Tegishli hujjatlarda ta’kidlab o‘tilganki, kreditlash qaytarimlilik, haq to‘lash, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanishshartlariga asosan amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kreditlar va mikrokreditlar aniq maqsadlar uchun beriladi va ular faqat shu maqsadlarga ishlatilishi kerak.
Tadbirkorlarga mikrokreditlar quyidagi maqsadlarga berilmaydi.
. - ilgari olingan kreditlar yoki qarzlami so'ndirish;
- tamakichilik va alkogolli ichimliklarni ishlab chiqarish;
- savdo-vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
-ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilmaydigan shaxsiy mol-
mulkni xarid qilish.
Mikrokredit olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
1. Yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari:
- kredit summasi ko‘rsatilgan ariza;
- foydalanish maqsadi ko‘rsatilgan biznes reja;
- fuqarolik pasportining nusxasi.
2.Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari:
- kredit summasi ko'rsatilgan ariza;
- pul oqimining tahlili ko‘rsatilgan biznes reja;
- davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi hisobot yili balansi, moliyaviy natijalar to 'g ;risida hisoboti, debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g ‘risida ma’lumotnoma, 90 kundan ortiq qarzga doir solishtirma dalolatnoma.
Olingan kreditlarning qaytarilishini ta’minlash uchun quyidagilardan birini taqdim etish lozim bo‘ladi:
- mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlaming garovi;
- bank yoki sug‘urta tashkilotining garovi;
- uchinchi shaxslaming kafilligi;
- sug‘urta kompaniyasining kreditni so‘ndirmaslik xavfi sug'urta
qilinganligi to‘g ‘risidagi sug‘urta polisi;
- mahalla, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini organining kafilligi.
Tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar 3 yil muddatgacha shartnoma asosida beriladi. Ularning miqdori yuridik shaxs bo'lmagan tadbirkorlar uchun 5000 va yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari uchun 10000 AQSh dollariga ekvivalent b o ig an summani tashkil etadi.
Bank 1,5 yilga (18 oyga) qadar bo‘lgan muddatda so‘ndirish sharti bilan mikrokredit summasining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda uni naqd pul shaklida berishi mumkin.
Fermer xo‘jaliklarini kreditlash Markaziy bank tomonidan 2004- yil 1- martda tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga bo‘lg‘usi hosilni garovga olgan holda kredit berish to‘g‘risida Nizom” va “Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarining yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kredit berish to‘g‘risida Nizom” asosida amalga oshiriladi. Mazkur nizomlar davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga mo‘ljallangan. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsiulotlari yetishtirib bermaydigan fermer xo‘jaliklarini kreditlash Markaziy banktomonidan 2000- yil 7- martda tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklari, shuningdek, kichik biznes subyektlarini milliy
valutada kreditlash tartibi” asosida amalga oshiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehti-
yojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hi-
sob-kitob jam g‘armasi kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit oladi-
gan fermer xo‘jaliklariga g ‘alla bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shart-
nomasi summasining 30 foizigacha va paxta bo‘yicha 20 foizigacha
miqdorida, ushbu jam g‘arma hisobidan imtiyozli kredit olmaydigan
fermer xo‘jaliklariga esa xos ravishda 80 va 70 foizigacha miqdorida
imtiyozli kredit berilishi mumkin.
Kredit olish uchun fermer xo‘jaliklari taqdim etadigan hujjatlar qu-
yidagilar:
- kredit olish uchun ariza;
- tayyorlov tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomala-
rining nusxalari;
- pul oqimi prognozi ko‘rsatilgan biznes reja;
- davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi hisobot yili ba-
lansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti, debitorlik va kreditorlik
qarzlari to'g'risida ma'lumotnoma, 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlar
bo‘yicha solishtirma dalolatnomalari;
- kreditni qaytarish ta’minoti (joriy yilda olinadigan bo‘lg‘usi hosil).
Yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qo‘yib, kredit olish
uchun fermer xo‘jaligi quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
- kredit buyurtmanomasi;
- pul oqimi prognozi ko‘rsatilgan biznes reja;
- davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi hisobot yili ba-
lansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti, debitorlik va kreditorlik
qarzlari to ‘g ‘risida ma’lumotnoma, 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlar
bo‘yicha solishtirma dalolatnomalari;
- yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasining no­
tarial tasdiqlangan nusxasi;
- yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga berish uchun ija­
raga beruvchi (tuman hokimi)ning roziligi;
- yer uchastkasining chizmasi.
0 ‘zbekistonda kredit uyushmalari ham rivojlanib bormoqda.
Ular “Kredit uyushmasi to‘g ‘risida”gi qonun va Markaziy bankning
me’yoriy hujjatlari asosida faoliyat olib boradilar. Kredit uyushmasi
tadbirkorlik subyektlari tomonidan a’zolik asosida tashkil etiladi va o ‘z
a ’zolarini kreditlash bilan shug'ullanadi.
Kredit uyushmasi:
- o‘z a’zolariga ustav jamg‘armasi (fondi)ning 25 foizidan osh-
magan miqdorda ishonch kreditlari ajratishi mumkin;
- o‘z a’zolariga ustav jam g‘armasi (fondi)ning 10 foizidan osh-
magan miqdorda ishonch kreditlari (bankda qayd etiladigan) ajratishi
mumkin;
- o ‘z a'zolarining aksiyalari va qo‘yilmalaridan garov sifatida foy-
dalanishi mumkin;
- kreditlarni naqd pul ko‘rinishida berishi mumkin;
- bir a ’zosiga berilgan kredit boshqa a’zosining depoziti asosida
uning kafolati bilan ta’minlanishi mumkin
Download 48,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish