OMMAVIY ISH TURLARI
Tabiatshunoslik bo’yicha ommaviy ishlar:
1. Sayohatlar.
2. Ko’rik tanlovlar.
3. Kinofilmlar namoyishi.
4. Mavzularga bag’ishlangan kechalar.
5. Har-xil bayramlar: “Gullar bayrami”, “Hosil bayrami”, “Qushlar bayrami”, “Mehrjon” bayrami, “Daraxtlar o’tqazish oyligi”.
Ommaviy tadbirlarning ahamiyati shundaki, sinfdan tashqari ishlarga ko’proq o’quvchilarni jalb qilish, ularga qatnashishiga qiziqish uyg’otish, bilimlarni kengaytirish, ular faoliyatini foydali-amaliy ishlarga yo’naltirish, tashkilotchilik qobiliyatlarini o’stirishdan iborat.
Bu tadbirlarin o’tkazish uchun oldindan puxta tayyorgarlik ko’riladi, dasturi tuzib chiqiladi, tashabbuskor bolalar tanlanib, ularning vazifalari bo’lib beriladi. Masalan; “Bahor keldi” bayramiga tayyorlanish uchun o’quvchilardan bir bahor to’g’risida axborot beradilar, 2-badiiy havaskorlar ishini, 3-ijrochilarni kiyim-kechaklarini, 4-devoriy gazeta-oynoma chiqarish bilan shug’ullanadilar.
Tadbir mazmuni bahor kelishini tasvirlash - kuzatishlar, adabiyotlardagi ma‘lumotlar, tabiatdagi bahorgi o’zgarishlarga qaratilgan bo’ladi. Xona yaxshi bezatiladi, uyushqoqlik bilan o’tkaziladi. Bu esa bolalarda tabiatni o’rganish va muhofaza qilish bo’yicha o’chmas tasavvurlar qoldiradi va hissiy ko’tarinkilik vujudga keladi.
Turli xil ko’riklar, (kechalar) o’tkazish.
Bu komandalar faoliyati buyicha o’tkaziladi, hay‘at a‘zolari komandalar chiqishlarini baholaydilar. (Rassomlar, topqirlar (topishmoq), she‘r, aytuvchilar, raqslar, boshqotirmalarni yechish ko’riklarni o’tkazishadi).
Tashabbuslik bo’yicha sinfdan tashqari adabiyotlar o’qish.
Sinfdan tashqari o’qish bolalarda kitoblarga muhabbat ruhini tarbiyalaydi, uni chuqurroq idrok qilishga imkon beradi, tafakkur va nutqni rivojlantiradi, atrof tabiatga to’g’ri munosabatni tarbiyalaydi.
O’qituvchi vazifasi bolalarga tabiatga oid kitoblar o’qishga ehtiyoj hosil qilishdir. O’qituvchi shunday kitoblarni tavsiya qilishi kerakki, ular bolalarga tabiatni kuzatishga tabiatshunoslik bilimlarini targ’ib qilishga qiziqish uyg’otsin. Buning uchun quyidagi uslublardan foydalanishi lozim:
1. Sinfdan tashqari mashg’ulotda kitob o’qishni boshlab, eng qiziqarli joyida to’xtash kerak, toki bolalar keyin nima bo’lishiga qiziqsin. So’ng kitob nomini doskaga yozib, mustaqil o’qishga tavsiya qilish:
2. “Buni o’qish qiziqarli”, “Tabiat to’g’risidagi kitoblarni o’qish” sarlavhasi ostida kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilish va muhokama qilinishini e‘lon qilish.
3. Kitob mazmuni bo’yicha bolalarni o’qishga xohishini oshirish uchun savollar tayyorlash.
4. O’qilgan kitoblar bo’yicha viktorina, tanlovlar o’tkazish.
5.Bolalar qiziqishiga qarab kitoblar tanlash va tavsiya qilish.
Kitoblar o’qib chiqilgach, bahs-munozara o’tkaziladi.
O’quvchilar oynoma, ro’znomalardan matnlar qirqib olib turli “O’simliklar olamida”, “Hayvonot dunyosida” nomli albomlar tayyorlaydilar, individual yozuvlar tayyorlaydilar.
Ilyos Muslim “Turnalar”, “May qo’ng’izi”, “Yosh gvardiya” (1967).
Yu.Dmitriev “Tabiat mo’‘jizalari”, T. “Yosh gvardiya” nashriyoti (1988).
Sinfdan tashqari ishlar bo’yicha adabiyotlar o’qish, sinfda o’zlashtirish darajasini oshiradi, bolalar tabiat sirlari bilan tobora yaqinroq tanisha boshlaydilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Grigor‘yants Aida Gaykovna. Tabiatshunoslikni o’qitish. Toshkent “O’qituvchi”1992.
2. Pakulova Vera Mixaylovna, Kuznetsova Vera Ivanovna, Metodika prepodavaniya prirodovedeniya. M. “Prosveshenie” 1990.
3. “Boshlang’ich ta‘lim” oynomasi. 1994 yil, 4-7 sonlari.
4. Grigoryants A.G., Sultonova G.A. 4-sinfda tabiatshunoslik darslari. Toshkent “CHo’lpon” 2003.
Do'stlaringiz bilan baham: |