Shaxs og`ishgan xulqining psixologik interventsiyasi
Shaxs og`ishgan xulqining interventsiyasi ijtimoiy-psixologik ta'sirning yana bir yo`nalishi hisoblanadi. Psixologik interventsiya – bu ijobiy o`zgarishlarni raqbatlantirish uchun shaxsiy borliqqa psixologik aralashuv. Shaxs deviant axloqi interventsiyasi bo`shashish yoki uning axloqidagi ijtimoiy moslashuvga to`sqinlik qiluvchi shakllarni bartaraf etishdan iborat.
Psixologik interventsiyaning farqli xususiyatlari umuman olganda shaxsning o`zi tomonidan o`zgarishga bo`lgan istak, uning psixolog bilan qamkorlik qilishga tayyorligi hisoblanadi. Voyaga yetmaganlarning og`ishgan xulqi qolatida tashabbus va rozilik bola manfaatlarining qonuniy vakillaridan chiqishi darkor.
Shaxs og`ishgan xulqi bilan ishlashda asosiy qiyinchilik, qoidadagiday, ijtimoiy-psixologik yordamning birinchi bosqichida odam o`z axloqining aniq ko`rinib turgan salbiy oqibatlariga qaramay o`zgarishlarga qarshilik ko`rsatishidan iborat. Bunday qollarda aralashuv uchun asos deviatsiya yetkazga zarar darajasi yoki shaxsning ijtimoiy moslashmaganligi darajasi bo`lishi mumkin. Masalan, giyohvand moddalarga tobe insonning yordam uchun murojaatiga sabab ko`pincha yoxud soqligi blilan jiddiy muammo, yoxud uning “ijtimoiy jarlik” vaziyatiga erishishi bo`lishi mumkin. Giyohvand moddalarni iste'mol qiluvchilar bilan birga yuradigan kasalliklar yaxshi ma'lum – gepatit, OIV-infektsiya, psixik buzilishlar. Ijtimoiy degradatsiya, o`z navbatida, kriminalizatsiyada, meqnatga layoqatning yo`qolishida, yakkalanishda, turar-joy va oilani yo`qotishda ifodalanadi.
Shunday qilib, deviant axloqda psixologik aralashuvning yetakchi vazifalari quyidagi tarzda ifodalash mumkin:
ijtimoiy moslashuv yoki soqayishga motivatsiyaning shakllanishi; – shaxsiy o`zgarishlarni raqbatlantirish; og`ishgan xulq aniq shaklining korrektsiyasi;
shaxsiy o`zgarishlar yoki soqayish uchun yoqimli ijtimoiy-psixologik sharoitlarni yaratish.
Ishning samaradorligi istalmagan axloq (masalan, giyohvand moddalarni iste'mol qilish qolati) ni kamaytirishning ob'yektiv belgilari bo`yicha bo`lganiday, sub'yektiv o`zgarishlar (masalan, soqlom turmush tarzini kechirishga istakning kuchayishi) bo`yicha ham baholanadi. Ijobiy o`zgarishlarning birmuncha muqim mezonlaridan biri shaxsning ijtimoiy moslashganlik darajasini ko`tarish bo`lib chiqadi.
Og`ishgan xulqning psixologik interventsiyasi qolatida psixologik ta'sirning ko`pincha psixoprofilaktik ishdagi barcha ma'lum usullaridan foydalaniladi. Psixologik interventsiyaning yetakchi usullari psixoterapiya, psixologik maslaqat berish, psixologik trening, organizatsiya terapyevtik yoki sanogenli muqitlar hisoblanadi.
Shaxs bilan psixologik ish olib borishning birmuncha ommaviy shakli psixoterapiya bilan uyqunlikda maslaqat berish hisoblanadi. Deviant axloq qolatida yordamning ajratilgan ikki shakli o`rtasidagi chyegaralarni farqlash amaliy jiqatdan juda qiyin. “Maslaqat berish” atamasi soqlom odamlar bilan ishlash uchun anchagina maqbul. Axloqiy deviatsiyaning murakkab xarakteri, uning oqriqli buzilishga o`tishga moyilligini inobatga olib, kelgusida psixoterapiya yoki maslaqab berish haqida gapirganda biz aynan ularning munosib birkmasini nazarda tutamiz.
Shaxsning yagona nazariyasi yo`qligida maslaqat berish (psixoterapiya) ning turlicha kontseptsiya va shakllari mavjud. Uchta yetakchi yo`nalish birmuncha rivojlanish va tan olishni oldi: psixoanalitik, kognitiv-axloqiy, gumanistik. Bu tarixiy modellar hayotga yuzlab modifikatsiyani berdi, buning oqibatida turlicha tasniflar paydo bo`ldi. Interventsiya maqsadiga bog’liq qolda psixoterapiyaning uch turi ajratiladi [18]:
qo`llab-quvvatlovchi psixoterapiya – mavjud qimoya kuchi va ancha yangi samarali axloq usullarini ishlab chiqishni qo`llab-quvvatlashni ta'minlash;
qayta o`rganuvchi psixoterapiya – axloqni o`zgartirishga intilish;
shaxsiy-rekonstruktiv – intrapsixik janjallarni anglash orqali ichki shaxsiy o`zgarishlarga yo`naltirilgan.
Klinik amaliyotda psixoterapiya usullarini simptom-markazlashgan, shaxsiy-markazlashgan va ijtimoiy markazlashganga bo`lish qabul qilingan. Psixoterapiya turlicha shakllarda amalga oshirilishi mumkin, masalan: guruhli, oilaviy yoki individual, uzoq muddatli yoki qisqa muddatli, muammolarni yechish yoki shaxsiy o`zgarishlarga mo`ljallangan direktiv yoki nodirektiv. Amaliyotda ko`pincha kombinatsiyalangan usullardan foydalaniladi. Bundan tashqari, asosiy psixoterapyevtik usullarning ko`plab modifikatsiyasi mavjud. Masalan, B. D. Karvasarskiy [22] taqriri ostidagi Psixoterapyevtik entsiklopyediyada yuzga yaqin psixoterapyevtik usullar yoritilgan, ularning real miqdori esa yanada ko`proq. Ko`pgina mualliflar ayni vaqtda mutaxassis shaxsining aqamiyatiga diqqatni tortgan qolda psixoterapiyaning taxminan teng ta'sir qiluvchi xilma-xil turlarini ta'kidlaydi.
Nazorat savollari va topshiriqlar
Shaxs og`ishgan xulqiga ijtimoiy-psixologik ta'sir ko`rsatishda komplekslilik tamoyilini ochib bering.
Og`ishgan xulq psixoprofilaktikasining maqsadlari, tamoyillari va shakllari qanday?
Psixoprofilaktikaning asosiy kontseptual modelini sanab bering.
Shaxs og`ishgan xulqining psixologik interventsiyasi nima degani?
Uning vazifalari, shakl va usullari qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |